A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


-rasm. Kompaniyalar aylanma mablag Harming doiraviy



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

6.1-rasm. Kompaniyalar aylanma mablag Harming doiraviy
aylanishi,
Kompaniyalarda aylanma aktivlami boshqarish deyilganda, 
aylanma aktivlami doiraviy aylanishining barcha bosqichlari yoki 
sikllaridagi jarayonlarni boshqarishni tushunish mumkin. Aylanma 
aktivlami boshqarish nuqtai nazaridan ishlab chiqarish, moliyaviy 
va operatsion tsikllarning mohiyati, ularning aylanma aktivlami 
doiraviy aylanish jarayonida aynan qaysi bosqichiaa ishtirok etishi,


ularning o ‘zaro bog‘liqliklari kabi savollarga oydinlik kiritib olish 
lozim.
Korxonalaming ishlab chiqarish sikli, mahsulot ishlab chiqa- 
rishga xizmat qiluvchi yoki bevosita ushbu jarayonda foydalani- 
ladigan aylanma aktivlarning to‘J.iq aylanishini, xomashyo, material 
va yarim tayyor mahsulotlami korxonaga kelib tushgan davrdan 
boshlab, ularni tayyor mahsulot holatiga keltirishgacha bo‘lgan 
davrni ifodalaydi. Korxonada ishlab chiqarish siklining davomiyligi 
quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi.
ITS = AD (xz) + AD (tich) + AD (tm)
Bu yerda:
ITS - korxonalarda ishlab chiqarish siklining davomiyligi (pro- 
doljitelnost), kun hisobida;
AD (xz) - xomashyo va material zahiralarining aylanish davri
kun hisobida;
AD (tich) - tugallanmagan ishlab chiqarishning aylanish davri, 
kun hisobida;
AD (tm) - tayyor rnahsulotlarning aylanish davri, kun hisobida.
Moliyaviy sikl - bunda mahsulot yetkazib beruvchilarga olin­
gan xomashyo, materiallar va boshqa turdagi aktivlar uchun 
lo‘lovlar amalga oshirilgan davrdan boshlab, realizatsiya qilingan 
yoki yuklab j o ‘natilgan tovar, mahsulotlar uchun pul mablaglarini 
kelib tushishgacha bo ‘lgan davr tushuniladi. Boshqacha aytganda 
moliyaviy sikl, korxonalaming pul mablag‘larini to‘liq aylanish 
davrini xarakterlaydi, bu jarayon korxonalar tomonidan kreditorlik 
qarzlarni to ‘lash davridan boshlab debitorlik qarzlarini undirib 
olingan davrni o ‘z ichiga oladi hamda quyidagi tenglama yordamida 
hisoblanadi:
MTS - ITS + AD (dq) - AD (kq)
Bunda:
MTS - korxonalarda moliyaviy siklning (pulni aylanish tsikli) 
davomiyligi, kun hisobida
ITS - korxonalarda ishlab chiqarish siklining davomiyligi, kun
hisobida;
AD (dq) - debitorlik qarzlarini o ‘rtacha aylanish davri, kun 
hisobida;


AD (kq) - kreditorlik qarzlarini o ‘rtacha aylanish davri, kun 
hisobida.
Operatsion sikl - korxonalarda aylanma aktivlarning umurniy 
summasini to ‘liq aylanish davrini xarakterlaydi va quyidagi formula 
yordamida hisoblanadi.
OTS = ITS + AD (dq)
Bunda:
OTS - korxonalarda operatsion siklning davomiyligi, kun hiso­
bida;
AD (dq) - debitorlik qarzlarini aylanish davomiyligi, kun 
hisobida.
Korxonalarda operatsion sikl bir birlik mahsulot ishlab chiqarish 
uchun unga zaruriy xomashyo, material va boshqa turdagi foyda- 
laniladigan aktivlami sotib olingan kundan boshlab uni realizatsi- 
yasidan pul mablag1 larni real kelib tushish oralig‘idagi davrni va 
jarayonlarni o ‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi keltirilgan formulalardan shu narsani aytish mum- 
kinki, korxonalarda moliyaviy va operatsion tsikllaming qisqarti- 
rilishi, moliyaviy resurslami boshqarishning ijobiy tendentsiyalar 
bilan rivojlanishini ta ’minlovchi muhim omillardan biri sanaladi 
hamda ushbu natijalarga erishishda quyidagi ishlami amalga 
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish, (bir birlik mahsulotni 
ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish);
2. Ishlab chiqarilgan mahsulotlami omborlarda uzoq saqlanib 
qolishini oldini olish, marketing siyosatini to ‘g ‘ri tashkil qilgan 
holda mahsulotlami iste’rnolchilarga sifatli va o ‘z vaqtida etib 
borishini ta ’minlash;
3. Debitorlik qarzlarini aylanish davrini tezlashtirish, y a’ni 
realizatsiya qilingan mahsulot va xizmatlar uchun pul mablag‘larini 
o‘z. vaqtida va to‘liq kelib tushishini ta ’minlash va buning hisobiga 
ishlab chiqarish jarayonini yanada takomillashtirish;
4. Kreditorlik qarzlarini aylanishini sekinlashtirish, moliyaviy 
menejer tomonidan bu turdagi ishlami amalga oshirishda yanada 
ko'proq m as’uliyat bilan harakat qilishni talab qiladi, chunki kredi­
torlik qarzlari ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lib ketishi korxonaning


moliyaviy natijalariga va barqarorlik holatiga salbiy ta’sir 
koVrsatadi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə