A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

(P/E) = 44 * 5

220 so ‘m.
Shunday qilib investorlar aksiyalaridan 20 so‘m daromadni 
dividend ko‘rinishida yoki aksiyaiarni narxini oshishidan olishadi.
.\m aliyotda har xil nazariyalami ishlatish dividend siyosatini 3 
x.il asosiy ko‘rinishda shakllanishiga sabab bo‘ldi:
- Konservativ;
- Kompromiss;
- Agressiv.


Iqtisodiy kategoriya sifatida dividend moddiy ishlab chiqarish 
sohasida korxonalar faoliyati jarayonida yaratilgan daromadni aks 
ettiradi. Agar korxona ustavida tasdiqlangan bo‘lsa, foydaning bir 
qismi korxona xodimlari o ‘rtasida pul mukofoti yoki aksiyalar 
ko‘rinishida rag'batlantirish uchun taqsimlanishi mumkin.
Korporativ moliviy rejalashtirishni tashkil etishda axborot 
kontrolling tizimini tashkil etish va rivojlantirish muhim sanaladi. 
Ishimizning keyingi qismida axborot kontrolling tizimini joriy 
etishning amaliy jihatlari xususida to ‘htalib o ‘tamiz. Samarali 
boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘ladigan qayta 
ishlanuvchi axborotning miqdori beqiyosdir. Yirik masshtabdagi 
korporatsiyalami boshqarishdagi muammolar elektron hisoblash 
texnikasidan keng miqyosda foydalanishni va boshqaruvning 
axborot tizimlarini ishlab chiqishni taqozo etadi va bu vazifalar 
natijasida yangi matematik apparat va iqtisodiy-matematik usullar 
yaratish vazifasini qo‘yadi.
Korporatsiya axborot ta ’minotini tahlil qilishni tashkil- 
lashtirishga bir qator talablar qo ‘yiladi. Bular axborotning ana- 
litikligi, axborotni keng qamrovda ekanligi, uning birligi, tezkorligi, 
samaradorligi va h. Axborotning analitikligi shundan iboratki, 
axborot manbalarining qandayligi va ularning qaerdan olinishidan 
qat’iy nazar iqtisodiy axborot tizimi korporatsiya rahbarining 
talablariga mos kelishi zarur, y a’ni bu tizim iqtisodiy jarayonlam i 
har tomonlama o ‘rganish uchun asosiy omillar ta ’sirini aniqlash 
uchun va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda ichki 
manbalami aniqlash m aqsadida korxona rahbariga zaruriy vosita 
boMishi lozim. Shuning uchun axborot ta ’minotining barcha usullari 
doimiy rivojlanib borishi zarur.
Ushbu tizimlar korppratsiyalarda hisobga olish, rejalashtirish 
va statistika amallarini bajarishda hozirgi kunda amaliyotda keng 
qo ‘Hanib kelinmoqda. Korporatsiyalarda boshqaruvchi xodimlar 
doimiy ravishda hujjatlar shaklini, ularning tarkibini va aylanishini 
tashkil qilishni o'rganib chiqadilar hamda m a’lumotlarni to ‘plash va 
saqlashning yangi shakllarini tashkillashtiradilar. Ushbu barcha 
o ‘zgarishlarni hisobga olish va rejalashtirish amallari talablariga 
emas, balki boshqa holatlar bo‘yicha ham amalga oshiriladi. Bu 
o ‘zgarishlar boshqaruv yechimlarini topish uchun axborot ta ’minoti
58


/aruriyatini ifodalaydi. Iqtisodiy axborot tadqiq qilinayotgan 
jarayonlami to‘liq va haqqoniy tarzda aks ettirishi lozim. Aks holda 
tahlil natijalari amaldagi vazifalar natijalariga mos kelmaydi va 
korporatsiya analitiklari 
tomonidan taklif etilgan 
yeehimlar 
korporatsiyaga zarar keltirishi mumkin.
Axborot oqimini tashkil qilish bo‘yicha keyingi talab turli 
inanbalardan keluvchi axborotlar birligiga qo‘yi!adi. Ushbu tamoyil- 
dan axborotning turli manbalarini taqqoslash va ularni ikkilan- 
tirishni yo ‘qotish zaruriyati kelib chiqadi. Bu shuni ifodalaydiki, 
unda har bir iqtisodiy ko‘rsatkich faqatgina bir marta rasmiy- 
lashtirilishi zarur, 
olingan natijalardan esa, hisobga olish, 
rejalashtirish, nazorat qilish va tahlilda foydalaniladi. Tahlilning 
samaradorligidan natijalar bo‘yicha ishlab chiqarish jarayoniga 
tczkor ta ’sir etish imkoniyati mavjudligi namoyon bo‘ladi. Bunda 
axborot analitik xodimga zudlik bilan yetkazilishi zarur. Ushbu 
o'rinda axborotga boMgan keyingi talab, y a’ni tezkorlik talabi paydo 
bo‘ladi. Axborot tezkorligini oshirish ularni qayta ishlash, aloqa va 
h.k.larning yangi vositasini tatbiq qilish orqali amalga oshiriladi.
Axborot sifatiga boMgan talablar jism va tadqiqot sohasiga, 
vaqt bo‘lagiga, ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyatiga va bir qator 
boshqa turdagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilanadi. Axborot tizimi 
samarador bo‘lishi va m a’lumotlarni to‘plash, saqlash va ulardan 
foydalanishda minimal xarajatlar talab qilishi zarur. Istalgan 
iqtisodiy jarayonni kompleks tarzda tahlil qilish uchun keng 
qamrovli axborot talab etiladi. Axborot mavjud emasligida o ‘tka- 
zilgan tahlil to‘liq hisoblanmaydi. Axborotni keragidan ko‘pligi esa, 
uni qidirish, to‘plash va yechim qabul qilish jarayonini uzaytiradi. 
IJshbu talabdan axborotning foydali xususiyatlarini o ‘rganish 
zaruriyati paydo bo‘ladi va ushbu asosda zarur bo‘lmagan 
ma'lumotlarni yo‘qotish va zarur m a’lumotlarni kiritish orqali 
axborot oqimlarini takomillashtirish amalga oshiriladi.
Axborot tizimi yuqorida ko‘rsati!gan talablar asosida shakl- 
lanishi va takomillashib borishi zarur hamda korporatsiyalar 
boshqaruvining amaliyoti va samaradorligini oshirishda zaruriy 
■;hart bo‘lib hisoblanadi. Korxonaning samarador rivojlanishi uchun 
menejmentning barcha jabhalarini birlashtiruvchi boshqamvning 
kompleks tizimini yaratish zamr. Bunda, birinchidan doimiy menej-
59


mentni olib borish muammolari muhim bo‘Isa, ikkinchidan axborot 
tizimini tanlash va tatbiq qilish muammolari dolzarb hisoblanadi. 
Hozirgi paytda menejerlar faoliyatida yangi axborot texnologiyalari 
tushunchasini ifodalovchi ko‘plab vositalami ko‘rishimiz mumkin. 
Axborot texnologiyalari deganda, tashkiliy boshqaruv tizimiga 
tatbiq qilinuvchi m a’lumotlarni qayta ishlashning yangi vosita va 
usullari to ‘plami tushuniladi. B u texnologiyalar texnologik tizimlar 
bo‘lib, axborot mahsulotini maqsadga muvofiq yaratish, uzatish, 
saqlash va aks ettirishda ifodalanadi. Yangi axborot texnologiya- 
lariga o ‘tish sifat, xizmat k o ‘rsatish va ishlab chiqarish jarayonlari 
tezligi ko'rsatkichlariga nisbatan korporatsiyalar faoliyatini zudlik 
bilan takomillashtirishda o ‘zining yangi tatbig‘ini topmoqda.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə