A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


M uzokara va muhokama uchun savollar



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

M uzokara va muhokama uchun savollar
1.Pul m ablag4lari oqimi deganda nirnani tushunasiz?
2. Korxonada pul mablag1'lari oqimini qanday baholash usullari 
mavjud?
3. Pul m ablag‘larini bashoratlash deganda nirnani tushunasiz?
4 .K orxona moliyaviy menejerining pul mablag‘lari oqimini 
boshqarishdagi asosiy vazifalariga nimaiar kiradi?


5. Moliyaviy faoliyatdaT keladigan pul mablag‘lariga nimalar 
kiradi?
6. Investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga nimalar 
kiradi?
7. Pul oqimi harakati asosida foizlarni hisoblashning qanday 
usullari mavjud?
8. Pul oqimining kelgusi qiymati qanday hisoblanadi?
9. Pul oqimining hozirgi qiymati qanday hisoblanadi?
10. Moliyaviy 
bashoratlashning asosiy metodlarini 
sanab 
bering.


VIII BOB. XARA JATLARNI OPTIMALLASHTIRISH VA
DAROMADLARNI MAKSIMALLASHTIRISH
MASALALARI
l-§ . Korxona daromad va xarajatlarining iqtisodiy mohiyati 
va 
shakllanish manbalari
Korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlari deyilganda, korxonaning 
daromad, xarajat, foyda va shu kabi ko‘rsatkichlari tushuniladi. 
Bevosita ushbu ko‘rsatkichlar korxonaning moliyaviy holati va 
barqarorligini ifodalovchi asosiy manbalar bo‘lib hisoblanadi.
Daromad ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining 
iqtisodiy 
kategoriyasidir. 
Daromad 
iqtisodiy 
kategoriya 
va 
moliyaviy yakun sifatida o ‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor 
munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida ko‘tariladi. Daromadni 
barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan qayta ishlab 
chiqarislmi, qiymat qonunini va x o ‘jalik yuritish usuli sifatida 
xo‘jalik hisobining obyektiv talabidir. Daromad iqtisodiy harakat- 
ning zaruriy sharti, maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida 
daromad deyilganda ko‘pincha biznes samaradorligining tadbir 
vositasi sifatida qaraladi. Daromad bu foyda va xarajatlar 
farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi 
o ‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi 
daromadni o ‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. 
Daromadlar va xarajatlarni, y a’ni daromadni aniqlash va o ic h ash - 
korxona o ‘z moliyaviyhisobotini tayyorlashda daromadlaniladigan 
kapital konseptsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog‘liq 
bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi. 
Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foyda aktivlarning oqimi 
yoki ko‘payishi shaklida o ‘sishi yoki passivlaming qatnashchilar 
kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o ‘sishiga olib keluvchi 
kamayishidir. Bugungi kunda bozor munosabatlari sharoitida


korxonalarning moliyaviy rejalashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil 
etishda korxonalar moliyasining eng asosiy vazifalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning daromadlilik darajasiga baho berish;
- korxonaning moliyaviy natijalari tarkibi, tuzilishi va dinamik 
o'zgarishlariga baho berish;
- biznes rejada belgilangan daromadlilik darajasiga erishil- 
ganligi va unga ta'sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish;
- daromadning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini 
tekshirish;
- daromadning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, 
xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning 
ta ’sir etishini aniqlash;
- korxonaning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga 
baho berish;
- soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan daromadning shakllanishiga 
va unga ta ’sir etuvchi omillarga baho berish;
- korxonaning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni 
o ‘rganish, hamda baho berish;
- so f foydani ko‘paytirish yo'nalishlarini belgilab berish;
- korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga 
ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
- korxonaning unnimiy rentabellik darajasini oshirish chora- 
tadbirlarini ishlab chiqish va hakozolar.
«А» korxonasining 2008-2011-yillardagi yalpi foyda xajmi 
o ‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lgan. 2008-yilda korxonaning yalpi 
foyda xajmi 1 374 mln.so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bunda asosiy 
faoliyatdan sof tushum 3595 mln.so‘mni va sotilgan mahsulot 
(tovar, ish va xizmat) laming tannarxi 2222 mln.so‘mni tashkil 
etgan. 2009-yilda ham korxonaning yalpi foyda ko'rsatkichi o‘sish 
tendentsiyasiga ega bo‘lgani holda 1 177 mln.so‘mni tashkil etgan.



Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə