A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

Pul oqim lari=sof foyda

amortizatsiya.
Pul oqimining shunday tushunilishi korxona faoliyatining 
;isosiy moliyaviy maqsadlariga mos keladi:
- likvidlikni ta ’minlash;
- foyda olinishiga erishish;


-
o ‘z kapitali miqdorining yetarlicha bo‘lishini ta’minlashga 
erishish.
Korxona pul mablag‘larini boshqarishning eng birinchi vazi- 
fasi korxonaning likvidligini ta ’minlashdir. Likvidlikni ta ’miniab 
turish naqadar jiddiy ahamiyatga ega ekanligini bankrot deb e ’lon 
qilish va faoliyatini to‘xtatish havfiga olib borishi mumkin bo‘lgan 
to‘lovlarni o ‘z vaqtida bajarmaslik kabi xatarlar mavjudligi nuqtayi 
nazaridan namoyon bo‘ladi. Barcha strategik va operativ qarorlami 
ushbu mutanosiblikni ta’miniab turishga mos keladimi yoki yo‘qmi 
degan nuqtayi nazardan ко‘rib chiqish, so‘ngra yakuniy qarorlar 
qabul qilish zarur.
Shu bilan birga moliyaviy resurslarni pul m ablag‘lari ko'rini- 
shida band qilib qo ‘yish m a’lum bir y o ‘qotishlarni ham keltirib 
chiqaradi. Shartli ravishda qandaydir qatnashish mumkin bo‘lgan, 
lekin qatnashilmagan investitsion loyihadan olinishi mumkin 
bo‘lgan foyda bilan baholash mumkin. Shuning uchun korxona 
mablag‘larini taqsimlayotganda bir-birini istisno qiluvchi quyidagi 
ikki holatni hisobga olishimiz zarur: korxonaning likvidliligi; 
faoliyat rentabilligi.
M oliyaviy menejer pul mablag4lari oqimini shunday bosli- 
qarishi lozimki, bunda korxona rentabilligi maksimal darajada 
bo‘lishi ta ’minlanishi lozim. Shuningdek, korxona likvidliligini 
ta’minlash ham u qadar qimmatga tushmasligi zarur. Moliyaviy 
menejer rentabillik va likvidlilik ko ‘rsatkichiarining maqbul 
balansini topishi va ta ’minlashi zarur.
Yuqorida ta’kidlab o ‘tganimizdek, korxonaning pul oqimlari 
uch faoliyat turi bo‘yicha guruhlanadi: joriy, investitsion va 
moliyaviy. Pul oqimlari joriy faoliyatining ustuvor yo‘nalish 
ekanligini ta ’kidlab o ‘tishimiz zarur. Yildan-yilga joriy faoliyat bo‘- 
yicha ortib boruvchi pul oqimi korxona faoliyati muvaffaqqiyatining 
eng birinchi sharti va uning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi 
bosh omildir. U joriy faoliyatdan olingan tushumlar nafaqat oddiy 
balki kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni ham tashkil etish uchun 
yetarli ekanligini bildiradi.
Mol-mulklar sotib olinishi, qarzlaming qaytarilishi va ular 
bo‘yicha hisoblangan foizlarning to ‘lanishi asosan joriy faoliyat


hisobiga moliyalashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu an’anani 
ta’miniay olgan korxona reytingi doimo yuqori bo‘ladi.
Korxonada pul mablag'Iari oqimini byudjetlashtirish - bu 
korxona pul m ablag‘lari doiraviy aylanish jarayonini operativ 
boshqarish yoki muntazam tartibga solish va tahminlashtirishning 
tadbirlari hamda vositalari yig‘indisidir. Mazkur holatda tor 
ma'nodagi, y a’ni umumiy pul mablag‘lari oqimining tarkibiy qismi 
sifatidagi tushuncha haqidagi fikr yuritilishi, yoki moliyaviy 
hisobotlaming xalqaro standartlariga mos pul mablag'lari oqimi 
io‘g ‘risidagi 
hisobotda aks 
ettirilgan keng m a’nodagi 
pul 
mablag‘lari oqimi haqida fikr yuritilishi mumkin. Pul mablag‘lari 
oqimi tor m a’noda korxona bog‘langan joriy aktivlariga xizmat 
ko‘rsatishni xususiyatlovchi jam i pul mablag‘lari oqimining tarkibiy 
qismini aks ettiradi. Bu xususiyat mazkur masalani ko‘pchilik 
mualliflar tomonidan korxona aylanma kapital ini boshqarish 
muammosi sifatida o ‘rganilishiga asos bo‘ldi.
Xalqaro moliyaviy amaliyotda bog‘langan resurslarni ikki 
mezon asosida kobrib chiqish lozimligi ta’kidlanadi:
- korxona q u w ati bilan bog‘liqlik;
- davriylik (vaqt oralig‘i) bilan bogiiqlik.
Birinchi mezonning tasnifi yuqorida ta’kidlanganidek, ishlab 
chiqarish quvvatlarining (takror ishlab chiqarish imkoniyatlarining) 
uzluksiz ish faoliyatini ta ’minlapsh uchun qanday resurslar zarur- 
ligini aniqlash imkonini bersa, ikkinchi ko‘rsatkich bog‘langan 
resurslarning qanchalik eng kichik miqdori ushbu faoliyatni ta ’- 
minlash uchun etarli boMishi mumkinligini aniqlash imkonini 
beradi.
Korxonaning moliyaviy oqimlarini joriy boshg'arish uning 
joriy pul oqimlarini boshqarish demakdir.
Korxona oldida har kuni quyidagi savollar turadi:
- bugungi kechiktirib bo‘imas harajatlarni nima hisobidan va 
qanday yo‘1 bilan to ‘lash kerak;
- bugun hosil bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘larini qachon, 
qayerga va qanday shartlar bilan yo'naltirish kerak.
Amaliyotda har qanday korxona faoliyatida ham moliyani 
boshqarishni alohida bir faoliyat turi - joriy, investitsion, moliyaviy


faoliyat turlari bo‘yicha pul oqimlarini boshqarish bilan bir xil 
bo‘ladi deb ayta olmaymiz. Birinchi qarashda alohida bir faoliyat 
turi 
bo‘yicha 
moliyaviy 
oqimlarni 
boshqarish 
korxonaning 
moliyaviy menejmenti vazifalarini ancha soddalashtirganga o ‘xshab 
ko‘rinadi. Alohida bir faoliyat sohasining daromadlilik darajasi 
haqida etarlicha aniq tushunchaga ega bo‘lsak-da, bu ko‘rsatkichga 
jiddiy ta ’sir o ‘tkazuvchi qator omillar mavjudki, ularni hisobga 
olmasdan chiqarilgan har qanday hisob-kitoblar noto‘g ‘ri bo‘ladi. 
Pul mablag‘lari oqimining joriy boshqarishda qarorlar qabul 
qilinishiga ta ’sir qiluvchi asosiy omillar qatoriga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin:
- korxonada qaysidir faoliyat turini ustivor deb belgilangan- 
ligi: joriy faoliyat hamisha ustuvor deb belgilanadi, investitsion va 
moliyaviy faoliyat esa, faqatgina joriy faoliyatni moliyaiashtirish 
uchun yetarli darajadagina amalga oshiriladi. Shuning uchun ham - 
«asosiy faoliyat», y a’ni korxonaning sotuv bozoridagi o ‘rnini va 
raqobatchilar orasidagi mavqeini belgilab beruvchi faoliyat termini 
qo‘llaniladi.
- korxonada alohida moliyaiashtirish tartibini talab qiluvchi 
strategik maqsadlar ta ’minlanganligi: a) oldindan aniq bo‘lmagan 
vaqt momentida (masalan korxonaning doimiy talablariga ustuvor 
yo‘nalishi asosiy faoliyatni moliyaiashtirish bo‘lganligiga qaramay 
korxonani qiziqtirgan mahsulot uchun texnik hujjatlar sotib olish 
uchun bugungi davrda pul ajratilishi zarur); b) oldindan aniq 
bo‘lgan vaqt davomida;
- mol yetkazib beruvchilar va haridorlar bilan bo‘lgan o ‘zaro 
munosabatlardagi 
kutilmagan 
o ‘zgarishlar: 
masalan, 
doimiy 
hamkoming bankrotlikka uchrashi kabi;
- pul oqimi barqaror emasligi farqi.
K o‘pdan-ko‘p qarama-qarshi omillar ta'siriga uchrab turuvchi 
pul mablag‘lari oqimini samarali budjetlashtirish faqatgina ushbu 
omillar ta ’sir kuchini to‘g ‘ri baholagan holda maqbul qaror qabul 
qilingandagina mumkin bo‘ladi. Shuning uchun budjetlashtirish 
uslubiyotiga asos qilib, xo‘jalik faoliyatini turlarga ajratmagan 
holda, uning uzviy va uzluksizli tamoyili asos qilib olingan. 
Moliyaviy 
mablag1 larning 
doiraviy 
aylanishida 
b a’zi 
pul


mablag‘lari hosil bo‘Isa va ulardan foydalanishning samarali 
yo‘llarini qidirib topish zaruriyati vujudga kelganda yoki zudlik 
bilan qoplanishi zarur bo'lgan to‘lovlar zarurati kelib chiqqandagina 
faoliyatni turlarga bo‘lish mumkin bo‘ladi.
Pul mablag‘larini boshqarishning asosiy tushunchalaridan biri 
pul oqimi sikli tushunchasidir. Pul oqimi tsikli bu - vaqtning 
shunday bir qismiki, uning davomida pul mablag‘larini aylanma 
mablag‘larga jalb qilinishi, ushbu aktivlarni ishlatilishi natijasi 
sotilishi va sotishdan olingan tushumning kelib tushishi amalga 
oshiriladi. Siklning yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketligi, ularning har 
biri uchun sarflanuvchi vaqt interval i ham siklning klassik tizimini 
bildiradi.
Lekin amaliyotda ushbu siklni tashkil qiluvchilaming ketma- 
ketligi ham, ularning har biriga sarflanuvchi rejalashtirilgan vaqt 
intervali ham buzlishi yoki boshqacha qilib aytganda rejadan chetga 
chiqishi mumkin. Buning natijasida pul oqimini qo'shimcha 
kapitalni jalb etish hisobiga to ‘Idirish zaruriyati yoki hosil bo‘lgan 
pul oqimini ortgan qismini boshqa yo‘na!ishlarda ishlatish zaruriyati 
yuzaga keladi.
Pul oqimi harajatlarining real hayotdagi qarama-qarshi 
natijalarining uchrab turish imkoniyati mavjudligining o ‘zi korxona 
moliyachilarini pul oqimi tsiklini ongli boshqarishga majbur etadi.
Pul oqimi birinchi tsikli sxemasi klassik tsiklning 
mazmunini ifodalaydi va uning ko‘rsatkichlari aylanma aktivlar 
alohida 
qismlarini 
mukammallashtirish 
(me’yorlashtirish) 
jarayonida hisoblangan:
- ishlab chiqarish zahiralari m e’yori - 30 kun;
- i ayyor mahsulotning ornbordagi me’yori - 30 kun;
- i nuddati o ‘tmagan debitorlik qarzi me’yori - 90 kun;
- pul m ablagiari qoldig‘i me’yori 10 kunlik tushum 
miqdorid i;
- qisqa muddatli kreditorlik qarzining o ‘rtacha davomiyligi -
90 kun.
Tsiklning har qaysi tarkibiy qismlari bir kunlik tushum 
ko‘lamid<\ hiscblangan. Bu narsa shu bilan izohlanadiki, siklning


barcha tarki’oiy qismlari korxonaning bog‘langan aktivlari kabi 
tushum hisobiga qayta shakllantiriladi.
Shunday qilib, pul oqimini boshqarish pul oqimi tsiklini 
minimallashtirishga va mos ravishda aylanma m ablag‘larga jalb 
qilingan kapital miqdorini minimallashtirishga yo‘naltirilgan.
Ushbu boshqarishning algoritmi quyidagi bosqichlardan iborat 
bo‘ladi:
1. Tashkil topgan pul oqimi tsikli sxemasini qurish.
2. Pul oqimi tsiklining har bir tashkil etuvchilarini tahlil etish.
3. Siklining har bir tashkil etuvchilarini optimallashtirish 
mexanizmlarini ishlab chiqish.
4. Pul oqimlari siklini qayta tashkil etish.
5. Pul oqimlari tsiklining har bir tashkil etuvchilarini va 
umuman siklning o ‘zini optimal ko‘rsatkichlarini ta ’minlash va 
ushbu darajada ushlab turilishini nazorat qilib borish.
Ushbu algoritmni amalga oshirilishini ta ’minlash ko‘plab 
sohadagi korxona mutaxassislarini jalb qilish zaruratini keltirib 
chiqaradi, lekin bunda asosiy o ‘rinni moliyachilar egallaydilar. 
Hozirgi sharoitda ushbu algoritmdan foydalanishga ko‘r-ko‘rona 
yondoshuv pul oqimlari siklini ongli boshqaruvdagi malakava 
mahoratning etishmasligidan ham xavfliroq b o iish i mumkin.
Korxona pul m ablag'lari oqimini tartibga solishning bosh 
vazifasi — korxona ixtiyorida uning likvidliligini ushlab turish uchun 
zarur bo‘lgan mavjud pul mablag‘lari miqdori va ortiqcha pul 
mablagTarini ularning foydaliligini ushlab turish maqsadida 
maqbullashtirishni ta’minlashdan iborat. 
Bunday maqbullash- 
tirishning ahamiyati biznes - siklning pasayishi davrlarida, y a ’ni 
korxona ishchan faolligi kamayishi holatlarida yanada ortadi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə