Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix28.11.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#134409
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

Imbesillik
-aqli zaiflikning o'rta darajasi. Imbesillning nutqi
kambag'al va duduqlanib gapiradi. Amalda ularni o'qitib bo'lmaydi. 
Idiotiya
- Aqli zaiflikning og'ir darajasidir. Bunda bemorlar psixikasi 
va nutqi amalda butunlay yo'q bo'ladi. 
Demensiya
- orttirilgan aqli zaiflik, globar (yalpi, bir-biriga o'tgan) va 
uchoqli (lakunar) aqli zaiflikka bo'linadi. 
Yalpi aqli zaiflikda aqLiy qobiliyat qo'pol ravishda buziladi Xotira 
keskin buziladi. Globar demensiya bosh miyaning og'ir shikastlanishi, insult, 
gipertoniya, keksa yoshda avj olishi mumkin. 
Lakunar (qisman) aqli zaiflikda aql qisman izdan chiqadi, biroq fikriy 
jarayonlar sekinlashadi xotira pasayadi. 
Lakunar zaiflik qarilik oldidan 
og'ir somatik kasalliklarda uchraydi. 
 
 
Nutq inson hayotida qanday ahamiyatga ega? 
Nutq - til vositalaridan foydalanadigan o'ziga xos insoniy faoliyat 
normasidir. Til esa kishilarning bir-birlari bilan muomala qilish vositasidir. 



16 
Nutq odatda tovush, ovoz bilan talaffuz etiladi; ba'zan odam tovushsiz 
nutq, shivirlashdan foydalanadi. 
Gohida esa ovoz nerv tizimining funksional kamchiliklari tufayli 
vaqtincha yo'qolib qoladi. Nutqning shu tariqa izdan chiqishi afoniyalar deb 
ataladi. 
Yozuv layoqatining buzilishi agrafiya deyiladi. Bu ko'proq bosh miya 
turli bo'limlari: optik zona, nutq zonasi, xarakat zonasidagi o'choqli shikastlar 
munosabati bilan kelib chiqadi. 
Yozish layoqatining o'ziga xos tarzda buzilishi klinikada «yozuv 
spazmi» deb ataladigan bo'ldi. 
Nutq buzilishi afaziya deyiladi. Odatda afaziya bosh miya 
qobig'ininng nutq zonalari kasallik tufayli o'choqli, lokal shikastlanishi 
tufayli sodir bo'ladi. Nutq yagona funksional sistema bo'lib, uning barcha 
tomonlari bir-biri bilan bog'liqdir. 
Afaziyalarning bir necha turlari ajratib ko'rsatiladiki ularda ko'pgina 
umumiy va bir-biridan farq qiladigan hususiyatlar bo'ladi. 
Afaziyalar motor, sensor, amnestik, semantik afaziyalarga ajratiladi. 
Motor afaziya-so'zlarni talaffuz qilishga qobiliyatsizlik yoki bu 
qobiliyatning sezilarli ravishda pasayishidir. Bemorlar bir necha so'z yoki 
bo'g'inlarnigina ayta oladilar. 
Bunday buzilish chap yarimsharning peshona burmasining quyi 
bo'lagi shikastlangan o'choqda bo'ladi –Brok markazi. 
Sensor afaziyada kasal o'ziga qarata aytilgan nutqni yaxshi tushuna 
olmasligi bilan bir qatorda uning mustaqil nutqi izdan chiqadi, lekin eshituv 
layoqati bir qator saqlanib qolgan bo'ladi. Sensor afaziya bilan og'rigan 
bemorlarda motor afaziya bilan og'rigan bemorlarga nisbatano'zlariga 
qaratilgan nutqni tushinish ko'proq yomonlashgan bo'ladi. Sensor afaziya 
uchun nutq beqarorligi xarakterlidir. 
Amnestik afaziyada asosiy yomonlashuv predmetlarning normalarini 
unutib qo'yishdan iborat bo'ladi. (Nutq uchun yetakchi bo'lgan yarim 
sharning orqa bo'yin qismi shikastlangan bo'ladi) Bemor suratda 
tasvirlanagan qilichni miltiq deb ataydi. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə