Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi


Reja:  1. Sezgi va idrokdagi buzilishlar



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/38
tarix28.11.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#134409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

Reja: 
1. Sezgi va idrokdagi buzilishlar.
 
2. Xotira patologiyasi. 
3. Tafakkur taraqqiyotidagi buzilishlar. 
4. Nutq faoliyati buzilishlari. 
Tayanch tushunchalar 
 
Gipesteziya – sezgi buzilishi turi (kam ta'sirchanlik) 
Gipomneziya – xotiraning pasayishi 
Oligofreniya – aqlning tug'ma o'smay qolganligi 
Demensiya – orttirilgan aqli zaiflik 
 
 
 
Nega odamlar turlicha sezadilar? 
 
Sezgilarning buzilishi analizatorlar perifirik bo'limlarining faoliyati 
izdan chiqqanida hammadan ko'p ma'lum bo'ladi. Sezgilarning buzilishi juda
xilma-xildir bular: 
Giperesteziya (o'ta ta'sirchanlik), gipesteziya (kam ta'sirchanlik), 
anesteziya (sezuvchanlikning yo'qolishi), paresteziya (lovullash, sanchib 
og'rish, tortishish). 
Bunday buzilishlar nerv tolalarining xususan tomir innervasiyasining 
organik va funksional buzilishlarida ro'y berishi mumkin. Sezgilar orasida 
eng ko'p azob beradigani og'riqdir. Og'riq shakllanishida qobiq, shuningdek 
qobiqosti xosilalari ishtirok etadi. 
Og'riqning 
signal 
ahamiyati-xavf 
solayotgan 
kasallikni 
ogoxlantirishdir. 
Ayrim patologik xolatlarda ayniqsa, psixik va asab kasalliklarida idrok 
qilish akti buzilishi mumkin. 



14 
Murakkab bilish jarayonlarining buzilishi agnoziyalar deb ataladi. 
Kurish, eshitish va taktik agnoziyalar farqlanadi. Ular tomir kasalliklari, 
travmalar, shish jarayoni va boshqa patologik xolatlarda bosh miya 
qobig'ining lokal shikastlanishida paydo bo'ladi. 
Bosh 
miya organik shikastlanganda, kam 
xolllarda 
esa 
zaxarlanishlarda va somatik kasalliklarda derealizatsiya tipidagi idrok 
buzilish ro'y berishi mumkin. 
Bu murakkab patologik xolat bo'lib, bunda ongning o'ziga xos 
buzilishi bilan boruvchi idrok buzilishi kuzatiladi. Turli kasalliklarda 
xotiraning ayrim jarayonlari; esda saqlash, esga tushirish buzilishi mumkin. 
Buzilishning eng ko'p uchraydigan turlari gipomneziya, amneziya va 
paramneziya. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə