Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi


MAVZU: SHAXS VA SHAXSNING PATOLOGIYASI



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix28.11.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#134409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

MAVZU: SHAXS VA SHAXSNING PATOLOGIYASI 
Reja: 
1.
Tibbiyot psixologiyasida shaxs tushunchasi 
2.
Ong va uni buzilishlari. 
3.
Xarakter patologiyasi. 
4.
Shaxs psixogigiyena va psixoprofilaktika. 
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar. 
- shaxs – muayan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror bir turi bilan 
shug'ullanadigan ongli individ 
- ongli faoliyat – oliy psixik funksiyalardan biri 
- obnubilyasiya – (lotincha «nubes» ma'nosi bulut) ongning yengil 
darajasida buzilishi 

Somnolensiya 
(lotincha 
uyquchanlik) 
mudroqqa 
o'xshash 
uyquchanlik holati 
- koma – es-hushning batamom yo'qolib qolishi 
 
Shaxsni o'rganish nima uchun kerak? 
Shaxs muammolari bilan psixologlar sotsiologlar, iqtisodchilar
pedagoglar, xuquqshunoslar, shifokorlar va talaygina boshqa mutaxassislar 
shug'ullanadilar. 
Shaxsni ijtimoiy tahlil qilganda, «Odam» va «Shaxs» tushunchalarini
farq qilinadi. Odam tushunchasi tabiiy, ijtimoiy tushuncha, shaxs
tushunchasi, esa ijtimoiy tuguncha xisoblanadi. Shaxs jamiyat
taraqqiyotining maxsulidir. U ajralgan holda emas, balki ijtimoiy hayotning 
tarkibiy qismidir. Shaxsning ongi o'z qobiliyati haqida tushunchasi, 
xususiyatlari va jamiyatdagi mavqei uning ixtiyoriga bog'liq bo'lmay, balki
odamning jamiyatdagi mavjud munosabatlariga bog'liq bo'ladi. 




Nima uchun odamlar ruhiy kasal bo'ladilar? 
Ongli faoliyat oliy psixik fuksiyalardan biridir. 
Ongni evolyutsion - fiziologik aspektda bosh miya va butun 
organizmning murakkab integral yuqori faoliyatini ta'minlochi markaziy 
nerv sitemasining xolati deb ta'riflash to'g'ri bo'lar edi. 
Yuqori darajada uyushgan xayvonlarda bu psixik faoliyatdir. 
Psixoijtimoiy aspektda ongli faoliyat psixik faoliyatdan ajralmasdir. 
Ong hamisha nima haqidadir bilim berishdan iborat, u faoliyat Bilan 
bevosita bog'liqdir. Har - hil ruxiy kasalliklarda ong, es xush buzilishi 
mumkin. Ruxiy kasalliklardan tashqari es-xush aynishiga sabab bo'ladigan 
ta'surotlar bor kalla va miyaning shikastlanishi, intoksikasiyalar, kuchli ruxiy 
jarayonlar kuchli istma bilan o'tadigan yuqumli kasalliklar (tepkili terlama, 
bezgak, zotiljam va boshqalar). 
Es-xushning aynishi bir necha sekunddan tortib bir necha oyga 
cho'zilishi mumkin. (Esning kirarli-chiqarli bo'lib turishi, ambulator 
avtomatizm, isterik letorgiya va boshqalar). 
Es-xush aynishining ongning yo'qolishi, buzilishi, to'xtashi tipidagi 
xillari quyidagilar: obnubilyatsiya (lotincha nubes ma'nosi bulut) ongning 
eng yengil darajada buzilishi, ong bir necha daqiqa xiralashib tuman 
bosgandek bo'lib qoladi tevarak atrofdagi vaziyatni bilish, tanish buzilmaydi, 
obnubilyasiyadan keyin amneziya bo'lmaydi. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə