Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/38
tarix28.11.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#134409
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

Gipomneziya
-xotiraning pasayishi bo'lib, charchash vaqtida og'ir 
kasallikdan so'ng paydo bo'ladi. Kishi sog'aygach xotira joyiga keladi. 
To'liq
amneziya
(qandaydir vaqt orasida ro'y bergan voqealar esdan 
chiqib qoladi) Qarilikdagi psixozlarda, miyaning og'ir shikastlanishida, 
karbon oksidi bilan zaxarlanganda kuzatiladi. 
Amneziyalarni-retrograd va anteregrad turlari bor. 
Retrograd
-kasallik, shikastlanishdan oldin bo'lgan voqealar esdan 
chiqib ketadi. 
Anteregrad amneziya-kasallikdan keyin bo'lgan voqealar esda 
qolmaydi. 
Paramneziya
(esga tushurishning buzilishi). 
Paramneziyaning konfabulyasiya va soxta reminissensiya turlari 
farqlanadi. 
Konfabulyasiya
-xaqiqatda bo'lmagan voqea va faktlar xotirada 
nomoyon bo'lib, bemorlar atrofidagilarni aldash istagisiz amalga oshiradilar. 
(alkogolizmli bemorlar, psixozlarga uchraydi). 
Soxta reminissensiya (noto'g'ri xotiralar) konfabulyasiyadan 
barqarorligi bilan farq qiladi. 

Tafakkurning buzilishi inson aqliy faoliyatiga qanday 
ta'sir ko'rsatadi? 
 
Tafakkurning asosiy tasniflari quyidagilar: 



15 
1.
Sur'at, tezlik 
2.
Izchillik (grammatik va mantiiqiy) 
3.
Sobitqadamlik. 
4.
Samaradorlik. 
Tafakkurning buzilishi faqat bosh miyaning organik shikastlanishida 
va psixik bemorlarda emas balki bir qator samatik kasalliklarda ham
uchraydi. 
Aql buzilishining asosiy formalari oligofreniya (aqlning tug'ma 
o'smay qolganligi) va demensiya (ortirilgan aqliy zaiflik) dir. 
Oligofreniya turli darajada ifodalanadi. U og'irlik darajasi jixatidan 
debillik, imbesillik, idiotiyaga bo'linadi. 
Debillik
- oligofreniyaning yengil darajasi. Debillikda maxsus 
maktabda ta'lim oluvchilarni ayrim qobliyatlari saqlanib qoladi. 
Umumlashtirish va abstraksiyalash qobliyati pasaygan bo'ladi. 
Debillar tashabbussiz bo'lib jismoniy mexnatga qobil bo'ladi. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə