Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari
. Har bir fanning 
mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini 
yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy
12
tushunchalari bo‘ladi. Shuningdek, pedagogika fanining ham asosiy 
tushunchalari – kategoriyalari mavjud.
Kategoriya 
– (
yunoncha: kategoriya – ko‘rsatma, dalil, tushuncha

pedagogikada ta’lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohi-
yat-mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa 
o‘rta si dagi, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik, 
iqtiso diy-ekologik va boshqa munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy 
tushun chadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi 
va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi. Kategoriyalar orqali inson 
borliqni va tevarak-atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqea-
hodisalarni o‘rganadi. 
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha 
kategoriya
 deb ataladi. 
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini 
ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan 
jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar 
sirasiga quyidagilar kiradi: 
shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), 
bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, 
rivojlantirish.
Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri 
“didaktika”
kategoriyasidir. Miloddan oldingi III–II asrlarda qadimgi 
Yunonistondagi maktablarda ta’lim beruvchi kishini “didaskal” deb 
atashgan. “Didaktika”– yunoncha “didaktikos” so‘zidan kelib chiqib, 
“o‘qitish”, “o‘rgatish”, “bilim berish” ma’nolarini anglatadi.
Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan “didasko”, o‘qi-
tuvchi o‘rnida “didaskal”, o‘quvchiga nisbatan “didaskale” atama la ri 
qo‘llanilgan. Ammo “didaktika” termini o‘zining dastlabki 
ma’ no -
sidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va maz-
muni ancha boyigan va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining 
faoliyatini emas, shu bilan birga o‘quvchining faoliyatini, ta’limiy 
texnologiyalar, ta’lim metodlarini ham qamrab oladi. 
Pedagogika ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlash ti ra-
di, ta’lim mazmuni va tarbiyaning kelgusidagi istiqbollari, yo‘l la ri va 
usullarini ko‘rsatib boradi. Pedagogika fanida umumiy katego ri yalar 
bilan bog‘langan asosiy tushunchalardan biri 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə