Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tibbiyot pedagogikasi
– bo‘lajak shifokorning faoliyatini 
to‘g‘ri tashkil etish, uning maqsadi, mazmuni, vazifalarini belgilab 
beruvchi, davlat ta’lim standartlarida ko‘rsatilgan talablar asosida


11
ushbu jarayonni tashkil qilish, uni boshqarish kafolatlangan natijaga 
erishishini ta’minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fandir. 
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni 
o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika 
va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Tibbiyotda pedagogikani o‘qitishdan
maqsad
– bo‘lajak 
shifokorlarda psixologik va pedagogik kasbiy kompetentlikni shakl-
lantirish, talabalarning kelgusidagi shifokorlik faoliyatida insonpar-
varlik tamoyillariga rioya qilishga o‘rgatish, shaxsiy, umum madaniy 
hamda maxsus kompetentlik qirralarini takomillashtirishdir.
Pedagogikaning metodologik asosi jamiyatning taraqqiyot bos-
qichlaridagi o‘qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-
qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va shifokor-
pedagoglarning ta’lim-tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini va ularning 
rivojlanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Demak, mustaqil 
fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, 
o‘z yurti, o‘z xalqiga fidoyi, Vatan taraqqiyotiga xizmat qilishga 
tayyor shifokorlarni tayyorlash masalasi – tibbiyot pedagogikadagisi 
bosh masala sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan, 
tibbiyot 
pedagogikasi
– jamiyat va shaxs munosabatlarini tizimlashtiradigan 
tarbiya va ta’lim muammolarini o‘rganadigan fan sifatida maydonga 
chiqib, unda hozirgi zamon fani va metodologiyasining quyidagi 
umumiy masalalari yoritiladi:
Ш fan tarixi va taraqqiyoti;
Ш fan haqidagi asosiy konsepsiyalar;
Ш hozirgi zamon fanidagi asosiy dolzarb muammolar va ularning 
yechimini topishda zarur bo‘ladigan metodlar, usullar va vositalar.
Boshqa fanlar kabi pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari 
asosida paydo bo‘ldi va jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy 
rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta’lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy 
hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki ta’lim-tarbiyaviy 
ishlarni olib bormasdan turib, jamiyat rivojlanishini, barkamol insonni 
tarbiyalashni tasavvur qilish qiyin.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə