Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi


«8- mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» tadbirini guruhlarda o‘tkazish



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix13.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#110080
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi

9. «8- mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» tadbirini guruhlarda o‘tkazish. 
Har bir talaba o‘z guruhida «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» tadbirini tarbiyaviy 
saotlarda o‘tishi, kuzatishi, tahlil qilinishi kerak. Shu bilan birga bu sana guruhlar bilan 
birgalikda ham o‘tkaziladi. Uning ssenariysi muhokama etiladi. Adabiy-badiiy bu kechada 
o‘quvchilar bilan birga talabalar ham turli chiqishlar bilan ishtirok etishlari lozim. 
10. «21- mart – Navro‘z umumxalq bayrami»ga bag’ishlangan tadbirda faol ishtirok 
etish. 
Navro‘z bayramiga talabalar o‘z o‘quvchilari bilan birga katta tayyorgarlik ko‘radilar. 
Yangi yil kirib kelishi kuniga bag’ishlangan ushbu adabiy-badiiy kechada bu bayramning 
xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, qadriyatlarimizning qayta tiklanayotgani, 
sumalak pishirish tarixi va hodisalar haqida qiziqarli chiqishlar tayyorlashlari kerak. 
11.
O‘zbek adabiyotining taniqli adiblaridan biri A.Qodiriy tavalludi munosabati 
bilan o‘tkaziladigan tadbirda faol ishtirok etish. 
Bunda eng avvalo metodist - o‘qituvchilar rahbarligida mazkur kechaning ssenariysini 
tuzib oladilar. A.Qodiriy asarlarining namunalaridan berilgan holda devoriy gazeta chiqaradilar. 
A.Qodiriy ijodi namunalaridan ko‘rgazma tayyorlaydiloar. Kechaga taklifnomalar tayyorlanib, 
universitet ped.amaliyot rahbariyatiga, fakultet dekanatiga, o‘zbek tili va adabiyot o‘kitish 
metodikasi kafedrasi mudiri va a’zolariga tarqatiladi. 


- A.Qodiriy hayoti va ijodi bo‘yicha qisqacha ma’ruza tayyorlanadi. 
- A.Qodiriy asarlaridan kichik sahna ko‘rinishlari talabalar tomonidan tayyorlanadi. 
- O‘qituvchilar va talabalar ishtirokida adibning so‘z ustasi ekanligini ko‘rsatuvchi turli 
namunalar, raqslar, qo‘shiqlar ijro etiladi. 
Kelgan mehmonlarning ayrimlariga so‘z beriladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə