Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi


Talabalarning ochiq darslarini kuzatish



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix13.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#110080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Pedagogik amaliyot hujjatlari jamlanmasi

12. Talabalarning ochiq darslarini kuzatish. 
Pedagogik amaliyotning oxirgi to‘rt haftasi «Ochiq darslar» haftaligi deb e’lon qilinadi. 
Bunda har bir talabaning ochiq darsga alohida mas’uliyat bilan yondashishi, turli dars usullaridan 
foydalanishi, yangi pedagogik texnologiya talabalariga javob beradigan darajada darsga 
tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi. Metodistlar har bir dars oldidan doimgiday ochiq dars reja–
konspektlari, tayyorlangan ko‘rsatma qurollari, bukletlar, tarqatmalar, test va hokazolarni ko‘rib 
chiqish, tavsiya, maslahatlar berish va imzolashi shart. 
13.Pedagogik amaliyotni yakunlashga tayyorgarlik ko‘rish.
Talabalarning pedagogik amaliyot davomidagi ish qog’ozlarini birma-bir ko‘zdan kechirish, 
har biriga alohida – alohida ball qo‘yish, amaliyotchiga ma’muriyat, o‘qituvchilar 
tomonidanberilgan tavsifnoma bilan tanishish, hisobotlarini ko‘rib chiqish. 
O‘quv yurti jamoasi bilan birgalikda pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlab anjuman 
o‘tkazish, o‘qituchilarning amaliyotchilar, ularning faoliyati haqidagi fikr-mulohazalarini 
eshitish. 
14. Institut talabalarining olgan amaliy bilimlari natijasiga bag’ishlangan metodik 
yakunlovchi konferensiya

Pedagogik amaliyot davrida institut talabalarining olgan amaliy bilimlarini kafedrada 
namoyish etishi, ya’ni ularning amaliyot davrida olib borgan faoliyati haqida (namunaviy ish 
qog’ozlari, ochiq darslar ishlanmalari, tarbiyaviy-ma’naviy ishlar namunalari va hokazo) 
namunaviy hujjatlarni ajratib olish va ko‘rgazma tashkil qilish. 
Pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlangan konferensiya o‘tkazish. Konferensiyada 
institut bo‘yicha pedamaliyot rahbari, fakultet rahbariyati, kafedra mudiri, o‘qituvchilar, metodist 
– rahbarlar va barcha talabalar ishtirok etadi. 
Konferensiyada pedagogik amaliyot yakuniga bag’ishlangan hisobot, olib borilgan ishlar, 
namunaviy o‘tilgan ochiq darslar, o‘zlarining faolligi, intizomi bilan ajralib turgan talabalar, bir 
so‘z bilan aytganda barcha yutuq va kamchiliklar haqida ro‘y-rost suhbatlashib, kelgusidagi 
rejalar haqida kelishib olinadi. 



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə