Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Reja: Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni


Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar



Yüklə 124,5 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü124,5 Kb.
#146702
1   2   3   4
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining

4. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar.
Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigan mantiqiy amallardan biridir. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi ortasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshadi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) otishdan iborat mantiqiy amal bolib, bunda tor hajmdagi tushunchalar keng hajmdagi tushunchalarga boysunish munosabatida bolishi lozim.
Tushunchani umumlashtirish amali Eyler doirasi bilan qoyidagicha ifodalanadi.
D Sazan
S Baliq
V hayvon
A Tirik mavjudot
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran otishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha jins tushuncha deb qabul qilinib, undan hajmi keng tur tushunchaga otiladi.
Tushunchani chegaralash amalining sxemasi qoyidagicha:
D Tirik mavjudot
S hayvon
V Baliq
A Sazan
Tushunchalarni ta'riflash. Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo boladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bolgan tushuncha hamda aniqlovchi — aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bolgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: Ozbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika. Bunda Ozbekiston aniqlanuvchi qism, Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: Gnoseologiya grekcha soz bolib gnosis-bilish, logos-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish togrisidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, Gnoseologiya — bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini organuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yollari va usullari togrisidagi falsafiy ta'limotdir_. Real ta'rif aniq korinishida predmetlarning muhim belgilari togridan-togri korsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi.
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini korsatish orqali ta'riflash, 2) genetik ta'rif.
Yaqin jinsi va turini korsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini organuvchi fandir. Bunda fan mantiq tushunchasining yaqin jins belgisi bolsa, tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini organishi tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini korsatish orqali ta'riflashning qoyidagi simvollar bilan ifodalanadi: AqVs, bu yerda A — ta'riflanuvchi tushuncha, Vs — ta'riflovchi tushuncha (V—jins belgi, s — tur belgi).
Genetik (yunoncha genesis sozidan olingan bolib kelib chiqish, manba degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan predmetning kelib chiqishi, shakllanishini korsatish orqali ochib beriladi. Masalan, suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir.
Ta'riflashning qoyidagi qoidalari mavjud:
a) ta'rif teng hajmli bolishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bolishi kerak. Masalan, Talaba — oliy oquv yurtida oqiydigan kishi — teng hajmli ta'rif, Talaba — oqiydigan kishi — keng hajmli tushuncha, Talaba — pedagogika institutida oqiydigan kishi — tor hajmli tushuncha;
b) ta'rif aniq bolishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq sozlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, Materializm — idealizmga qarama-qarshi bolgan falsafiy ta'limot — ta'rif aniq emas. Chunki idealizm tushunchasining ozi ta'rifga muhtoj;
c) ta'rif aylanma bolmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning oziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir boladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan boladi. Masalan, Materialist — materialistik dunyoqarashga ega bolgan kishi — ta'rif aylanma shaklda;
d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bolmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa predmetga xos belgi orniga unda yoq belgi korsatiladi. Masalan, Norma — hukm emas. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, E'tiqodsiz — ma'lum bir oz qarash, maqsad va printsiplariga ega bolmagan kishi.
Bilish jarayonida ta'riflashga oxshash usullardan ham foydalaniladi va ularga qoyidagilar kiradi:
a) tushunchani unga qarama-qarshi bolgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, Oqibat — sababning natijasidir;
b) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi tashqi belgilarini korsatish orqali aniqlanadi;
c) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari korsatiladi.
d) tafovutlash
e) ostensiv ta'riflashda predmetni korsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim belgilari aniqlanadi.
Tushunchani bolish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bolish tarkibi bolinuvchi tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bolish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bolish a'zolaridan (bolish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil topgan. Bolinuvchi tushuncha — jins tushuncha, bolish a'zolari — tur tushuncha boladi. Masalan, Ta'lim tizimi (bolinuvchi tushuncha) bosqichiga (bolish asosi) maktabgacha ta'lim, orta ta'lim, orta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bolish a'zolari)ga kiradi.
Bolishning ikkita turi mavjud: 1) asos bolgan belgining ozgarishiga qarab bolish va 2) dixotomik bolish.
Asos bolgan belgining ozgarishiga qarab bolishda bolinuvchi tushunchaning ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning ozgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, Tushunchalar hajmiga kora yakka, umumiy, ayiruvchi, toplovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bolinadi.
Dixotomik bolishda bolinuvchi tushuncha ozaro zid bolgan ikkita tur tushunchaga ajratiladi. Masalan: oquvchilar a'lochi va a'lochi emaslarga ajratiladi. Dixotomik bolishda bolinuvchi tushunchaning barcha turlari korsatib otilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bolgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq boladi.
Tushunchani bolishning qoyidagi qoidalari mavjud:
a) bolish teng hajmli bolishi, ya'ni bolish a'zolari hajmlarining yigindisi bolinuvchi tushuncha hajmiga teng bolishi kerak. Masalan, Tafakkur shakllari tushuncha, hukm va xulosa chiqarishga bolinadi — bolish teng hajmli, Tafakkur shakllari tushuncha va hukmga bolinadi — bolish teng hajmli emas, chunki bolish a'zosi bolgan xulosa chiqarish tushirib qoldirilgan;
b) bolish bir asos boyicha amalga oshirilishi lozim, ya'ni asos qilib olingan belgi bolish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi lozim. Masalan, Dinlar xudolariga qarab kopxudolik (politeistik) va yakkaxudolik (monoteistik) dinlarga bolinadi. Agar shu holatda dinlarni kopxudolik (politeistik), yakkaxudolik (monoteistik) va jaxon dinlariga bolsak yuqoridagi qoida buziladi;
c) bolish a'zolari hajmi boyicha bir-birini istisno qilishi, ya'ni ular birga boysunish munosabatidagi tushunchalar bolishi kerak. Bu holatda bir asos boyicha bolinayotgan tushunchaning bolish a'zolari hajmiga kora bir-birini istisno qilishi lozim. Masalan, Kishilarni ma'lumotiga kora orta ma'lumotli, orta-maxsus ma'lumotli va oliy ma'lumotlilarga bolishda uning a'zolari bir-birini istisno qilib kelmoqda. Agar biz talabalarni birinchi kursda oqiydiganlar, tarix fakulteti talabalari va sirtqi bolim talabalariga bolsak yuqoridagi qoida buzilgan boladi;
d) bolish uzluksiz holda amalga oshirilishi, ya'ni jins tushunchaga eng yaqin bolgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmogi lozim. Masalan, Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarga bolinadi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ijtimoiy-iqtisodiy, saylash va saylanish huquqlariga bolinadi desak bolish uzluksiz bolmaydi. Sababi fuqarolarning saylash va saylanish huquqi siyosiy huquqlarga kiradi.
Klassifikatsiya tushunchalarni bolishning alohida turi bolib, predmetlarni ma'lum bir sinflarga ajratishdan iborat, unda har bir sinf boshqalariga nisbatan ozining aniq va qat'iy orniga ega. Klassifikatsiyadan maqsad bilimlarni sistemalashtirishdir. Klassifikatsiyalashda bolish turlaridan farqli ravishda tushunchaning bolish a'zolari ham oz navbatida bolinadi. Biologiyada hayvonlarning tiplarini bolish klassifikatsiyaga misol bola oladi. Mantiqda tabiiy va sun'iy klassifikatsiyalari farqlanadi. Tabiiy klassifikatsiyada bolish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisi olinadi. Sun'iy klassifikatsiyada esa predmetlarning biron-bir umumiy belgisi asos qilib olinadi Masalan, Davlatlarni boshqarish shakliga qarab bolish — tabiiy klassifikatsiya, alfavit boyicha bolish sun'iy klassifikatsiya hisoblanadi.
Yüklə 124,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə