Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Reja: Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni


Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni



Yüklə 124,5 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü124,5 Kb.
#146702
1   2   3   4
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining

2. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni.
Mantiq arabcha sozdan olingan bolib soz, fikr, aql ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi orta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qollanilgan. Mantiq yunoncha logika atamasiga mos keladi. Logika logos sozidan olingan bolib soz, fikr, nutq, aql ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan.
Kundalik muomalada mantiq atamasi turli orinda biz tomonimizdan kop qollaniladi. Masalan: fikrlar mantigi, gap mantigi, hatti-harakat mantigi, narsalar mantigi, voqealar mantigi kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qollaniladi.
Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi
Birinchidan, bu soz ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va ozgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bogliq bolmagan holda mavjud bolgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u narsalar mantigi deb ham ataladi.
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bogliqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular ortasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini organuvchi fanga aytiladi. Biz organayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k ora an'anaviy mantiq (Aristotel mantigi) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qollanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bolinadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qollanilishi sababli bu yonalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.
Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qollaniladi. Dialektik mantiq hodisalar ozaro aloqadorligi, ozgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga otishdan foydalanadi.
Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bogliqdir. Chunki mantiq fanini organish ob'ektini tafakkur tashkil etadi.
Bilish — bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (korish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) — predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi.
Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bolgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur oz navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni oz ichiga oladi. Tafakkurning oziga xos xususiyatlari qoyidagilardan iborat.
1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli olaroq tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga kora oqituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz.
2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy boladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qollaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini organadi.
3.Tafakkur til bilan uzviy bogliq. Inson miyasida xosil bolgan har qanday fikr til yordamida soz va gap shaklida moddiy korinish oladi. Til yordamida kishilar oz fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega boladi.
4.Tafakkur — voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qollab inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol oynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi.
Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bolgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur predmet va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi kopgina predmetlarni umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi.
Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bogliqdir. Hissiy bilish yordamida qolga kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr oz mazmuni va shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda boladi. Tafakkur shakllari keyingi mavzularda atroflicha organiladi. Biz bu orinda ularga qisqacha xarakteristika berib otamiz. Alohida predmetlar yoki ularning yigindisi turli mazmuniga kora tushuncha shaklida fikr qilinadi. Masalan, inson tushunchasi oz mazmuniga ong va tafakkur, mehnat qilish qobiliyati, nutqga ega ijtimoiy mavjudotni oladi. Turli xil mazmunga ega tushunchalar bir xil shaklga ega boladi. Tafakkurning hukm shaklida predmetlar ortasidagi munosabat va ularni belgilari ifodalanadi. Bu aloqa va munosabatlar tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, qalam oquv qurolidir, qalam va oquv quroli tushunchalarining aloqadorligi tasdiqlanmoqda. Hukmda tushunchalar munosabatini mantiqiy boglovchi ifodalaydi. Hukmlarning umumiy sxemasi: S-P dir va S-P emas shaklida boladi. Shunday qilib hukm tasdiq yoki inkor shaklida tushunchalar aloqadorligini ifodalash usulidir.
Xulosa chiqarishda esa bir yoki bir necha hukmlardan (asos) yangi hukm (xulosa) hosil qilinadi. Bir xil shakldagi xulosa chiqarishda xulosa bir xil usulda hosil qilinadi. Masalan, talaba oquvchidir va oqituvchilar bilim olish bilan shugullanadi degan hukmlardan Talaba bilim olish bilan shugullanadi degan xulosa chiqaramiz. Xulosa chiqarish asos hukmlarning mazmunan mantiqiy aloqadorligiga asoslanadi. Mazmunan mantiqiy aloqadorlikga ega bolmagan hukmlardan xulosa chiqarib bolmaydi. Shunday qilib barcha tafakkur shakllariga xos bolgan jihat fikr elementlaridagi aloqadorlikdir — tushunchada belgilar, hukmda tushunchalar, xulosa chiqarishda hukmlar. Tafakkurda fikr mazmuni va shakli uzviy aloqadorlikda boladi.
Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida korishda biz fikr va fikrlash tushunchalarini qolladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha ozaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga otishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato boladi. Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini togri qurilishiga bogliq. Tafakkurning mantiqiy togriligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni — bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy aloqasidir. Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir.
An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda alohida toxtab otiladi.
Mantiq fanini organish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bogliq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xosh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?
Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar ortasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri togri va qaysi notogriligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini organish esa fikrlashning togri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni ozlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni korsatish imkoniyatini ham beradi.
Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bolishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qol keladi. Sababi oqituvchining asosiy vazifalaridan biri oquvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga oqituvchining asosiy vazifalaridan biri oquvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud — tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari oz ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng foydalanadi.

Yüklə 124,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə