Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Reja: Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni


Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari



Yüklə 124,5 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü124,5 Kb.
#146702
1   2   3   4
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining

3. Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari.
Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo boladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bolgan tushuncha hamda aniqlovchi — aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bolgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: Ozbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika. Bunda Ozbekiston aniqlanuvchi qism, Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: Gnoseologiya grekcha soz bolib gnosis-bilish, logos-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish togrisidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, Gnoseologiya — bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini organuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yollari va usullari togrisidagi falsafiy ta'limotdir_. Real ta'rif aniq korinishida predmetlarning muhim belgilari togridan-togri korsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi.
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini korsatish orqali ta'riflash, 2) genetik ta'rif.
Yaqin jinsi va turini korsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini organuvchi fandir. Bunda fan mantiq tushunchasining yaqin jins belgisi bolsa, tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini organishi tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini korsatish orqali ta'riflashning qoyidagi simvollar bilan ifodalanadi: AqVs, bu yerda A — ta'riflanuvchi tushuncha, Vs — ta'riflovchi tushuncha (V—jins belgi, s — tur belgi).
Genetik (yunoncha genesis sozidan olingan bolib kelib chiqish, manba degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan predmetning kelib chiqishi, shakllanishini korsatish orqali ochib beriladi. Masalan, suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir.
Ta'riflashning qoyidagi qoidalari mavjud:
a) ta'rif teng hajmli bolishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bolishi kerak. Masalan, Talaba — oliy oquv yurtida oqiydigan kishi — teng hajmli ta'rif, Talaba — oqiydigan kishi — keng hajmli tushuncha, Talaba — pedagogika institutida oqiydigan kishi — tor hajmli tushuncha;
b) ta'rif aniq bolishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq sozlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, Materializm — idealizmga qarama-qarshi bolgan falsafiy ta'limot — ta'rif aniq emas. Chunki idealizm tushunchasining ozi ta'rifga muhtoj;
c) ta'rif aylanma bolmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning oziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir boladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan boladi. Masalan, Materialist — materialistik dunyoqarashga ega bolgan kishi — ta'rif aylanma shaklda;
d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bolmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa predmetga xos belgi orniga unda yoq belgi korsatiladi. Masalan, Norma — hukm emas. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, E'tiqodsiz — ma'lum bir oz qarash, maqsad va printsiplariga ega bolmagan kishi.
Bilish jarayonida ta'riflashga oxshash usullardan ham foydalaniladi va ularga qoyidagilar kiradi:
a) tushunchani unga qarama-qarshi bolgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, Oqibat — sababning natijasidir;
b) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi tashqi belgilarini korsatish orqali aniqlanadi;
c) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari korsatiladi.
d) tafovutlash
e) ostensiv ta'riflashda predmetni korsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim belgilari aniqlanadi.
Tushunchani bolish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bolish tarkibi bolinuvchi tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bolish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bolish a'zolaridan (bolish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil topgan. Bolinuvchi tushuncha — jins tushuncha, bolish a'zolari — tur tushuncha boladi. Masalan, Ta'lim tizimi (bolinuvchi tushuncha) bosqichiga (bolish asosi) maktabgacha ta'lim, orta ta'lim, orta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bolish a'zolari)ga kiradi.
Bolishning ikkita turi mavjud: 1) asos bolgan belgining ozgarishiga qarab bolish va 2) dixotomik bolish.
Asos bolgan belgining ozgarishiga qarab bolishda bolinuvchi tushunchaning ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning ozgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, Tushunchalar hajmiga kora yakka, umumiy, ayiruvchi, toplovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bolinadi.
Dixotomik bolishda bolinuvchi tushuncha ozaro zid bolgan ikkita tur tushunchaga ajratiladi. Masalan: oquvchilar a'lochi va a'lochi emaslarga ajratiladi. Dixotomik bolishda bolinuvchi tushunchaning barcha turlari korsatib otilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bolgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq boladi.

Yüklə 124,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə