Pedagogik faoliyatda kreativlikning roli



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.12.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#97776
1   2   3   4
 
 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
 
Special issue
 | 2022 “Innovative Research Methods and Methodologies on XXI Century”
 
Analytical Journal of 
Education and Development
135 
Kreativlikni о„rganishga nisbatan fundamental qarashlari bilan mashhur bо„lgan olim Muni-
Shteyn kreativlikning tо„rtta aspektini ajratib kо„rsatadi. Bular 
kreativ shaxs, kreativ jarayon, 
kreativ muhit, kreativ mahsulot
.
Ushbu keltirilgan kreativlik aspektlari xususida batafsil tо„xtalib о„tamiz. 
Rakurs-kino sanʼatida bir joyda turgan yoki harakatdagi kinokamera orqali bir obʼyektning turli 
tomonlardan suratga olinishi.
Kreativ shaxs – muammolar yechimini topishga noan‟anaviy yondashuvga, nostandart yechimlar 
topishga, mavjud stererotiplardan chekinishga qodir bо„lgan va buning uchun ichki 
motivatsiyaga ega bо„lgan shaxs.
Kreativ jarayon – shaxsga kreativ tafakkur yuritish va muammolarning nostandart yechimini 
topish jarayoni. Bu jarayonda foydalaniladigan metod va metodikalar, vositalar. 
Kreativ muhit – kreativlikni namoyon etish uchun yordam beruvchi yaratilgan shart-sharoit
muhit, stimul beruvchi vaziyat va insonlar, tashkiliy tadbirlar.
Kreativ tafakkur – bu nostandart va noan‟anaviy fikr yuritish shakli hisoblanadi[2].
Kreativ tafakkur atrof-olamdagi narsa va hodisalarga о„zgacha qarash – kreativ idrokdan 
boshlanadi. Kreativ idrokning sodir bо„lishi esa shaxs psixologik holatiga bevosita bog„liqdir. 
Keyingi etapda idrok etilgan ma‟lumotlar inson miyasida sodir bо„ladigan nostandart 
kombinatsiyalar (umumlashtirishlar, analiz, sintez, abstraksiyalash, selektiv insayt va shu 
kabilar) asosida nostandart xulosalar, yechimlar va qarashlar yuzaga keladi[4].
Turli xil kompetensiyalar bilan bog„liq bо„lgan kreativlik quyidagicha klassifikatsiyalangan: 

anglanmagan kompetentsizlik (bilmasligini bilmaydi); 

anglangan kompetentsizlik (bilmasligini biladi); 

anglangan kompetentlik (qanday ishlashni biladi, ammo chuqur о„ylab ish yuritadi va 
jarayonni doimiy nazorat qiladi); 

anglanmagan kompetentlik (ishni о„ylab о„tirmasdan, avtomatik tarzda amalga oshiradi).
Inson miyasi duch keladigan barcha jarayonlar, albatta, yuqoridagi kompetentlik darajalaridan 
birida amalga oshadi.
Kreativlik esa kompetentlikning beshinchi darajasi – anglangan yuqori kompetentlik darajasida 
amalga oshadigan jarayondir. Ya‟ni kreativ shaxs fikriy jarayonlarni bemalol boshqara oladi va 
kompetentlikning turli darajalariga о„zgartira oladi. Masalan, kreativ shaxs bir xil muammolarga 
duch kelganda anglangan kompetentlik asosida ularni bir xil usul bilan hal etishi yoki о„z 
navbatida anglangan kompetentsizlik darajasiga о„tib, ikkinchi muammoni stereotiplarga 
tayanmasdan, yangi bir samaraliroq usulini izlay boshlaydi. Anglangan yuqori kompetentlik bu 
muammo yechimiga absolyut darajada yangi bо„lgan rakursda qaray olish qobiliyatidir. Aynan 
ana shu anglangan yuqori kompetentlik kreativ yondashuvda hal qiluvchi vazifani bajaradi. 
Patti Drapeau nuqtai nazariga kо„ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har 
tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash bolalardan topshiriqlar, masala va 
vazifalarni bajarishda kо„plab g„oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir 
tomonlama fikrlash esa birgina tо„g„ri g„oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda 
masala yuzasidan bir va kо„p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bо„lmaydi. Binobarin, bir 
va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya‟ni 
topshiriqni bajarish, masalani yechishda bola yechimning bir necha variantini izlaydi (kо„p 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə