21
2-BOB. EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT
TA’MINOTI
2.1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati
2.2. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash
2.3.Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy
ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar
2.1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati
Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini o‘rganish
muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va
hodisalar vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘ladi. Iqtisodiyotda barcha
iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o‘rganish
natijasida u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning
hozirgi holati va
kelajakdagi o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash
mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti
subyektlarining
iqtisodiy
faoliyati
tahlili
va
rejalashtirishni
takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar va
ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi aloqalar o‘z mohiyatiga ko‘ra
stoxastik bo‘lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy
subyektlar faoliyatini
statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish
jarayonini o‘rganishda asosiy o‘rin egallaydi. Bu modellar ishlab
chiqarish
tendensiyalari
va
qonuniyatlarini
aniqlash
uchun
moslashgandir.
Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va
jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas.
Shunga ko‘ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik
modellashtirishni
qo‘llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo‘ladi. Odatda,
iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llash samaradorligining asosiy
shartlaridan biri uning real ko‘rinish va jarayonga aynan mos kelishi
hisoblanadi.
Iqtisodiy-statistik
modelashtirishni
noaniq
bo‘lishligining
sabablari quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin:
22
1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko‘rsatkichlari, omillar
va obyektlar majmuining noaniqligi.
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi.
3. Modelli – ko‘rsatkichlar va dalillar o‘rtasida bog‘lanish
shakllaridan noto‘g‘ri foydalanish.
Iqtisodiy-statistik
kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlar ko‘rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch
kelamiz.
Shu nuqtai nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini,
chiqish axborotiga o‘zgartirgich sifatida qaraladi.
Ekonometrik modellarni tuzishda muhim bosqichlaridan biri
modelda qatnashadigan omillar va ko‘rsatkichlarni tanlashdir.
Ko‘p hollarda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarga juda ko‘p omillar
ta’sir etmoqda. Shu jumladan, ularning hammasi modelda qatnashishi
mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Ko‘rsatkichlar va omillarni to‘liq
qator sifatida quyidagicha
tasvirlash mumkin:
)
,...,
/
,...,
/
,...
,
(
}
1
(
}
1
(
2
1
n
m
m
k
k
x
x
x
x
x
x
x
f
y
1)
Birinchi omillar guruhi
)
,...,
,
(
2
1
k
x
x
x
–bu modelga kiritiladigan
o‘zgaruvchilar
2)
Ikkinchi
omillar
guruhi
)
,...,
,
(
2
1
m
k
k
x
x
x
–
modelda
qatnashmaydi, lekin ulardan har
biri tadqiqotchi tomonidan
kuzatilayotgan statistik jamlanmada u yoki bu qiymatlarda nazorat
qilinadi
3)
Uchinchi
omillar
guruhi
)
,...,
,
(
2
1
n
m
m
x
x
x
–
tasodifiy
o‘zgaruvchilar, ular tadqiqotchi tomonidan nazorat qilinmaydi,
lekin
"𝑦"
ning o‘zgarishiga ta’sir etmoqda.
Agar birinchi guruhga soni bo‘yicha ko‘p bo‘lmagan, lekin
"𝑦"
ning o‘zgarishiga kuchli ta’sir qilgan omillar qirsa, ushbu ekonometrik
model ahamiyatli deb hisoblanadi.
Bundan tashqari, qolgan omillardan ko‘proq soni 2
chi guruhga
va kamroq soni 3 chi guruhga kirgani maqsadga muvofiqdir.