Pedagogika fan sifatida



Yüklə 94,63 Kb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü94,63 Kb.
#163822
  1   2   3   4   5   6
ped1



Pedagogika fan sifatida.


  1. Pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.

  2. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.

  3. Pedagogik fanlar tizimi.

  4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  5. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.

  6. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish

Tayanch tushunchalar: Pedagogika predmeti, ijtimoiy tarbiya,bosqichlar- fanining vazifalari asosiy kategoriya fanlar bilan aloqa,fanlari tizimi,ilmiy-tadqiqot metodlar,didaktika,ta’lim nazariysi, ta’lim jarayoni, tamoyil-principle, onuniyat o`qituvchi,faoliyat-functi,ta’limning maqsadi,shakl,metod.


Pedagogika fanining predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo`lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o`rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o`rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o`qitish va tarbiyalashgaasosiy e’tiborni šaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
1-2.Xuddi bulutlar ustida ko`tarilgan soyabondek, olti asosiy tamoyil yangi ta`lim nazariyasidan shakllangan va yangicha uslubni sinf amaliyotida qo`llash imkoniyatiga ega. Ushbu kitobning asosiy mavzusi bo`lgan oltita tamoyil o`qitish amaliyotini o`zgartirish imkoniyatiga ega. Ular bugungi kunning eng zo`r g`oyalariga asoslangan bo`lib o`qituvchi va boshqaruvchilarga kundalik amaliyotda yo`riqnoma bo`lib xizmat qiladi.
Yangi pedagogikani boshqarish: o`qitishni o`zgartiruvchi oltita tamoyili mazkur samarali amaliyot yo`riqnomasini yaxshiroq tushunishga bag`ishlangan. Iltimos o`qish jarayonida mazkur tamoyillar va uslublarni sinfda, amailyotda qo`llang.
Bolalarni o`ylayshga undang
Fikr bu suyuqlik to`ldirishga mo`ljallangan idish emas, balki alanga olishi lozim bo`lgan olovdir.
Plutarx. Fizika o`qituvchisi Patrik Disley bilan oliy ta`lim maktabi fiziklar sinfida tezlanishni o`rganish jarayonida siz jezning jiringlashi va kichkina mashinachalarning gir aylanib sirpanib metal izlarga tushishi kabi hodisalar bilan tanishasiz. Mashina qo`yib yuborilgandan keyin arqondagi og`irlik mashinani pastga mashina uchun mo`ljallangan yo`lakka qo`yadi. Mashina yo`lak oxiriga yaqinlashishi bilan u sensori orqali o`tadi va kompyuter mashinaning tezligini yozadi.
Sinfxona o`rtasida jiringlash va mashinalarning urilishidan chiqqan uyg`unlashmagan tovushlar sekin-asta har bir testda ko`proq og`irlik qo`shadi va kompyuter eng katta tezlikni yozadi. Talabalar kompyuter qismlari atrofida yig`lishadi mashinalarni qo`yib yuborishadi keyin esa natijani ko`rish uchun darrov kompyuter ekraniga yuzlanishadi.Ajoyib fizika o`qituvchisi Disley erishilgan natijalarni kuzatar ekan talabalarining savollariga javob beradi va erishilgan yutuqlarni ko`radi.
Disley koinotdagi kuchlar haqida ma`ruza o`qiydigan dono o`qituvchi bo`lgandan ko`ra, texnologiyalardan mohirona foydalanishni o`rgatuvchi murabbiy bo`lishni afzal ko`radi. U boshqa fiziklarga o`xshamagan holda, faqatgina nazariy bilimlar bermasdan amaliyotda tajribalar o`tkazish orqali ya`ni modellashtirish ko`rsatmasi bo`yicha o`quvchilarda tushuncha hosil qiladi.Disley darslarini hal qilinishi lozim bo`lgan muammo yoki savol bilan boshlaydi va talabani savolga tushunganligini diqqat bilan kuzatadi.
Avvalgi tajribani boshlashdan avval uning sinfi obyektlarning harakatlanishini, yan`i tezlik va tezlanishni diqqat bilan o`rganishdi. O`quvchilar ushbu tushunchalarni o`zlashtirgandan keyin tezlanish sababchi bo`ladigan jarayonlarni o`rganishga o`tishdi: kuch va ko`plab murakkab tushunchalar. Talabalar guruhlarga bo`linib tezlanishni sodir bo`lishi haqida gipotezalarni ishlab chiqishadi va texnologiyalardan foydalanib tajribalar o`tirish yo`li bilan nazariyalarini amaliyotda sinashadi.
Talabalar tajribalarni yakunlashgandan keyin tezlashishning paydo bo`lishini ifodalovchi grafiklarini taxlil qilishadi va natijalarni hisoblash uchun matematik formulalar yozishadi. Keyin esa o`rganganlarini hayotga tadbiq qilishadi.Disley kitoblarga tayanib olib boriluvchi an`anaviy metodlardan ko`ra ushbu tajribaga asoslangan darslarning samarali ekanligini ta`kidlaydi. Aslida, Disleyning o`quvchilari mamlakatdagi boshqa ko`pchilik oliy ta`lim kollejlaridagi mashhur fiziklarga qaraganda fizikani yaxshiroq bilishadi.Uning muvaffaqiyati sirini yodda tuting: talabalar ilmiy jarayonlardan tushuncha hosil qilish uchun foydalanishadi. Ularning kashfiyotlari natijalarini analiz va sintez qilish bilishning yuqori darajasi hisoblanadi va talabalarda bilim hosil qilish uchun foydalaniladi.
Bunga qarama-qarshi o`laroq fiziklarning dars jarayonlari yuqoridagi uslubdan tubdan farq qiladi. Ularning sinfxonalarida turli xil tajribalar natijasida chiqadigan tovushlar o`rniga, xonada joylashtirilgan katta doskaga turli xil diagrammalar chizayotgan bo`rning tovushi yangraydi.
G`oyalar, fikrlar faqatgina nazariya tarzida tushuntiriladi va yangi-yangi tajribalar o`rniga faqatgina avalgi tajribalardan foydalaniladi. Ko`pchilik hollarda, talabalardan bilimni o`zlari o`tkazgan tajribalar orqali emas balki, kitoblardan, leksiyalardan, filmlardan olishlari kutiladi.1
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o`rgatuvchi», didasko «o`rganuvchi»)ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o`z mohiyatiga ko`raumumiy va maxsus kabi turlargaajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil etaolishi uchun zarur bo`lgan ma’lumotlarni berishga yo`naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o`zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo`ladi. Maxsus ta’lim – o`zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosidaamaliy ko`nikma hamda malakalarni shakllantirishgaxizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalgaoshirishiga ko`ra maktabgacha ta’lim, umumiy o`rta ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo`linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o`rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribaasosida yosh avlodni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo`nalishlarda tashkil etiladi.

Yüklə 94,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə