Pedagogika fan sifatida


Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 94,63 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü94,63 Kb.
#163822
1   2   3   4   5   6
ped1

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo`lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo`lib, uning umumiy mohiyatini to`laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o`rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa– shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g`oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo`lga qo`yish, o`quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashgaxizmat qiladi.
3. Sosiologiyaijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo`lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o`rin tutuvchi nazariy g`oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishdaalohida o`rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go`zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo`nalishlarni aniqlashgaxizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o`quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatgaolinishi uchun boshlang`ch asoslarni beradi.
7. Gigiena– o`quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to`g`ri shakllantirishda nazariy vaamaliy g`oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatgaolish, shuningdek, xalq pedagogikasi g`oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo`naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o`quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to`g`ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo`layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishgaamaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o`qitish hamda tarbiyalash muammolarini o`rganishda ko`maklashadi.

Yüklə 94,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə