Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va ilmiy tadqiqot metodlari


Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari



Yüklə 36,36 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü36,36 Kb.
#162900
1   2   3   4   5   6
1-маъруза-

Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari

Pedagogikaning ob’ekti asosan o’quvchilar hisoblansa, predmeti esa, o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi.
Pedagogika fanining maqsadi:

  • Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini xal qilish;

  • Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va Dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;

  • Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;

  • Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;

  • Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal qilish;

  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish.

Pedagogika fanining vazifalari:

  • Sharq va G’arbda xalq yaratgan xalq og’zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or g’oyalarini o’rganib, tahlil kilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish;

  • Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniklash;

  • Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi darv xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chikish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga amal qilish;

  • Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak O’qituvchilarga urgatish;

  • Xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib bo’lajak O’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish.

Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor haratiladi:

  • Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.

  • Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.

  • Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.

  • Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.

  • Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

  • Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.

  • Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro

aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish.

  • O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.

  • Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy

metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.

  • Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va

xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.

  • Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida

yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Tarbiya - deb tarbiyachi o’zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi.

  • Ta’lim –o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar

bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.

  • Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar

ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

  • Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

  • Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning

avtomatlashtirilgan shakli.

  • Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan

bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

  • Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon

bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

  • Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarga

muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o’ylab ko’rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo’lgan mehnatining o’ziga xos turidir.

  • Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning

pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo’naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o’z-o’zini taraqqiy ettirishidir.


  1. Yüklə 36,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə