Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va ilmiy tadqiqot metodlari


Bolalar ijodi qay shaklda o’rganiladi?



Yüklə 36,36 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü36,36 Kb.
#162900
1   2   3   4   5   6
1-маъруза-

Bolalar ijodi qay shaklda o’rganiladi?Bolalar ijodini o’rganishda maktab o’quvchilarining o’ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Bunda o’quvchilarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari ularning dunyoqarashi va ma’naviyatini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi.
Bu usul orqali o’quvchilar orasidan yetishib chiqayotgan iste’dodli , iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib boriladi. Bolalar ijodini quyidagi jarayonlarda ham aniqlash mumkin: fan olimpiadalari, mavzular bo’yicha konkurslar; maktablar bo’yicha ko’rgazmalar; musobaqalar; sayohatlar va boshqalar.
Ilmiy tadqiqotda test, so’rovnomalar usuli yetakchi usul sanaladi. So’rovnoma - anketa usuli qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o’quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
Test sinovlarini o’tkazishdan maqsad oz vaqt ichida o’quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash va baholashdir. Test savollarining o’rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlarini o’stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuliga nimalar kiradi?
Bu usul orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi. Maktab hujjatlari deyilganda, o’qituvchi va o’quvchilarning soni, o’quvchilarning shaxsiy hujjatlari| sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Eksperiment - tajriba-sinov usulining ahamiyati qanday?
«Eksperiment» so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma’nosini anglatadi. Eksperimental tajriba ishlari, asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 1. Tabiiy eksperiment, 2. Laboratoriya eksperimenti, 3. Amaliy tajriba.

Yüklə 36,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə