Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari va ilmiy tadqiqot metodlari


Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari



Yüklə 36,36 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü36,36 Kb.
#162900
1   2   3   4   5   6
1-маъруза-

Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari.
Har qanday fan fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmuni tushuniladi. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’gri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.
Pedagogik kuzatish usuli qanday qo’llaniladi? Kuzatish usuli ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu usul ancha murakkab bo’lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo’llaniladi.
Tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo’ladi.
Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o’rni qanday? Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o’qituvchilari va o’quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi.

Yüklə 36,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə