Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə22/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. O’rta
asrning buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, xususan o’zbek
xalqining ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning
farovonligi yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. Mirzo Muhammad Haydarning
yozishicha, Navoiyning har yilgi daromadi o’n sakkiz ming “shohruhiy” dinorga
teng bo’lgan. Bu mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, shu jumladan
jamoat qurilishlariga sarf etgan. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo’yida
bir qancha binolar: “Ixlosiya” madrasasi, uning qarshisida “Xolisiya” xonaqohi,
Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomi, va ular
qoshiga toshhovuz qurdiradi. Binokorlik ishlari Hirotning qator mohir me’mor,
muhandis, banno va naqqoshlari tomonidan bajariladi. “Ixlosiya” madrasasi va
“Xolisiya” xonaqohida bir necha ming kishi istiqomat qilib, fan, adabiyot va san’at
bilan mashg’ul bo’lgan. O’sha davr tarixchisi Xondamirning yozishicha “Xolisiya”
xonaqohida har kuni zaifa saqlab qolish, fursat boy berilgan davrlarda esa istiqlol
uchun xalqimiz birdamlik bilan oyoqqa turdi, “yo hayot, yo mamot” shiori ostida
qahramonona kurashdi.
Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. Mudarris kerakki,
g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars
berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa,
nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni
boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa,
nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol
qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga
qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”.
“Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir
kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm va
adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima etsin.
Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday kishiga
yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga
uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga)
qulluq qilsa arziydi.
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə