Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə28/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

5.4. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki
qo’llanma sifatida.
Munis o’z davrining etuk murabiy shoiri sifatda bolalarning savodxonligini va
husnixatni yaxshilash yo’lida ko’p izlanadi va yoshlarga husnixatdan talim berib,
“bilgancha surib qalamni har yon, talim ishin aylar erdi oson” deydi. “Bilimning
eshigi alifbe” deganlaridek, Muis ham talimdagi muvaffaqiyatlarning garovi savod
ekanligini tushungan va shuning uchun “umumiy arqom” yozuv ilmini yaratshga bel
bog’lagan.
Munisning “Savodi talim” asari ana shu tarzda 1804 yil 6 dekabrda vujudga
keladi. Mazkur risola nazariy malumotlar va mashqlarni o’z ichiga olgan. Risola ikki
qismdan tarkib topgandir. U “Savodi talim”ning nazariy qismida o’zigacha mavjud
bo’lgan bolalarga xat-savod o’rgatuvchi risolalarning barcha nuqson va
kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan o’zi yaratayotgan risolani bir-biri
bilan taqqoslab, eski risolaning o’sha kungi talablarga javob bera olmasligini ilmiynazariy jihatdan asoslab beradi. Risolaning ikkinchi qismida arab alifbosidagi har
bir harfning yozilish uslubini marifiy-didaktk nuqtai nazardan sodda qilib
tushuntrishga harakat qiladi.
5.5. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob as-solihin” asari –
yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob as-solihin” (“YAxshi kishilar
odobi”) asari kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan
turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Asar turkiy tlda yozilgan
bo’lib, muqaddima, ett bob va xotmadan iborat. Asarning muqaddimasida uning
maqsadi sifatda insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi takidlanadi va u odob
qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan odobli va toza bo’lmasa, nafaqat
o’ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va quyidagi masnaviyni
keltradi:
Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi,
Balki butun dunyoga o’t qo’yadi.
“Odob as-solihin” asarida bayon etlgan botniy va zohiriy qoidalar:
1. Salomlashish va ruxsat so’rash odobi.
2. Muloqot odobi.
3. Uxlash va yo’l yurish odobi.
4. Suhbatlashish odobi.
5. Er-xotn odobi.
6. Tozalik qoidalari.
7. Mehmon kutsh odobi.
8. Ziyofat va ovqatlanish odobi.
9. Safar qoidalari.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə