Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə17/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. So’fiylar inson ma’naviyruhiy komillikka erishish yo’llarida to’rt bosqichni o’tishi kerak, deydi.
Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini,
taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shariat qonun bo’lib, bu qonun vujudni va
qalbni tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o’ylash, xilvat,
ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya’ni tariqat – fano,
o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo’l, faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi –
xudo ekanini, o’zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash.
Bunda odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo’lib
ko’rinadi, shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo’ladi.
To’rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so’fiy xudoning dargohiga erishadi,
vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo’la
oladi.
4.2. Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat
barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi.
Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga
bag’ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shuhrat
topadi. Bu asar shaxsan Temurning og’zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda
davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi (yo’nalishi)
va vazifalari, (vazir va qo’shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi)
mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshliqlarining burchi va
vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko’rsatgan
alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi.
Amir Temur umr bo’yi quyidagi o’n ikki tamoyilga amal qilgan:
o Har erda va har vaqtda islom dinini qo’llab-quvvatlagan.
o Davlat ishlarini kengash asosida boshqargan.
o Salatanat ishlarini murosayu madora orqali yurgizgan.
o Davlat ishlarini qonun-qoida va tuzuklarga asoslanib boshqargan.
o Amirlar va sipohiylarga hurmat ko’rgazgan.
o Adolat va insofga tayangan.
o Fuqarolarga izzat-hurmat ko’rgazgan.
o Azmu jazm bilan ish tutgan.
o Raiyat ahvolidan doimiy ogoh bo’lgan.
o Turku tojik, arabu ajamning turli toifalariga hurmat ko’rsatgan.
o Do’stlarni unutmagan va ularga yordam bergan.
o Har joyda sipohiylarni hurmat qilgan.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə