Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


-MAVZU: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə16/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

4-MAVZU: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA
MOVARAUNNAHRDA TARBIYA, MAKTABVA PEDAGOGIK FIKRLAR
RIVOJI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
4.1. Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
rivojiga ta’siri. So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
4.2 Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat
barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan
hissasi.
4.3 Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik
xizmatlari. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
4.4. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari.
4.5. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqiy Jaloliy”
asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni.
Tayanch so’z va iboralar: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat, so’fiylik,
anda, aust, donolik, adolat, shijoat, iffat
4. 1. Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga
ta’siri.
Movarounnahr mo’g’ul urug’lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz
bergan katta o’zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo’jalik
va madaniy hayotdagi o’zgarishlar mo’g’ullarning etnik xususiyatlarini ham
o’zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy
o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda
xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida
kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning
ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli darajada etib
kelmagan bo’lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik
hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan
«Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm
ahli tahsil ko’radi.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə