Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi


IV bob. g`ozirgi zamon o’`zbek matematiklari qayoti va



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə30/33
tarix22.03.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#180549
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi-fayllar.org

IV bob. g`ozirgi zamon o’`zbek matematiklari qayoti va 

ijodidan namunalar 

ªori Niyoziy Toshmuqammad Niyozovich 

ªori Niyoziy Toshmuqammad Niyozovich (02.09.1897-17.03.1970) - o’`zbek


pedagogi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1943), O’zbekiston Fan-
lar akademiyasi birinchi prezidenti (1943-1947) O’zbekistonda xizmat ko’`rsatgan fan
arbobi (1939), Davlat mukofoti laureati (1952). 
ªori Niyoziy Peterburgdagi “Krug samoobrazovaniya” nashriyoti tabiatshu-

noslik bo’`limini (1911-1915) sirtdan muvaffaqiyatli bitirib, boshda Far¼ona shaxar


xazinasida blanka to’`ldiruvchi va sudda tarjimon bo’`lib ishladi. So’`ngra (1917) res-
publikada birinchi o’`zbek maktabini tashkil qildi. O’zbek tilida darslik etishmasligi-
dan rus pedagoglari maslaxati bilan yangi maxalliy maktablar uchun “Tabiatdan bir 
parcha”(1919) darslik, qo’`llanma va metodik maqolalar yoza boshladi.
ªori Niyoziy SAo’U fizika – matematika fakulьtetida (1926-1929) 

o’`qiyotganida o’`zbek tilida birinchi bo’`lib matematikadan shu universitetda dars


bera boshladi. Xar bir darsga puxta tayyorlanib ilmiy, metodik maqolalar, 
qo’`llanmalar yoza boshladi. Texnikum va oliy o’`quv yurtlari uchun “Tekislik analiti-
kasi” (1928), “Trigonomatriya va uning kosmografiyaga tatbiqi” (1929), “Sistemali 
qisob” qo’`llanmasi (1932; 4- nashri), “Simstemali trigonametriya kursi” (1973) kabi
darslik va qo’`llanmalar yozdi. Ko’`pgina asarlari qayta-qayta nashr etilib, mazmun 



83


va sifati yaxshilanib bordi.Bunga analitik geometriyadan qo’`llanma va darsliklar
(1928, 1967), “Differentsial va integral qisob” (1939) kabi kitoblar misol bo’`la oladi.
ªori Niyoziy o’`z ustida tinmay ishlab bilim darajasini kengaytirdi. O’zi o’`qigan 

universitetda o’`qituvchi (1926-1931), professor (1931) va rektor (1931-1933) bo’`lib


ishladi. O’rta Osiyo Paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti, Toshkent davlat ppe-
dagogika instituti, SAo’U va boshqa Oliy
o’`quv yurtlarida (1934-1936) – oliy matematika kafedralarini boshqardi va lektsiyalar 
o’`qidi. O’zbekiston maorif xalq komissari (1937-1943) O’zbe-
kiston fanlar akademiyasi prezidium a’zosi (1946-1960), fan tarixi jaqon Akademiya-
sining muxbir a’zosi (1968-1970) bo’`ldi.
ªori Niyoziy matematika – pedagogika adabiyot va publitsistika, falsafa va axloqqa 
oid ommabop kitoblar va maqolalar yozdi. O’zbek madaniyati uzoq tarixiy taraq-
qiyotga egaligini va xozirgi davrda gullab-yashnayotganini o’`z asarlarida etarli tas-
virlay oladi.ªadimgi qo’`lyozmalar va bir qancha arxeologik qazilmalarni tadqiq etish
natijasida yaratgan “Ulu¼bek va uning ilmiy merosi” (1950), “Bosib o’`tilgan yo’`l qa-
qida muloqazalar”(1967, 1970), “O’zbekiston xalqlari tarixi” kabi asarlarida o’`zbek
xalqi o’`tmishida yaratgan boy madaniy merosini oddiy, ravon va tushunarli tilda 
yozdi. “Xayot maktabi” (1964,1966) kitobida O’zbekistonda fan va madaniyat qurili-
shida aktiv ishtirok etgan olimlar, jamoat arboblari va shaxsan o’`z meqnat faoliyati-
ga doir ma’lumotlardan esdalik sifatida foydalandi.
ªori Niyoziy 1917 yilda Far¼onada birinchi boshlan¼ich maktabini ochdi va 
unda dars berdi. 1920 yil ªo’`qonda pedagogika texnikumi ochdi va 1925 yilgacha
unga direktorlik qildi. U 1925 yil O’rta Osiyo davlat dorilfunining fizika matematika 
fakulьtetiga o’`qishga kirdi va uni 1929 yili tugatdi . Dorilfununda o’`qib yurganida
quyi kurs studentlariga dars xam berdi. ªori – Niyoziy yangi tipdagi maktablar uchun 
o’`zbek tilida darsliklar, o’`quv qo’`llanmalar va metodik ko’rsatmalar: “Tabiatdan bir
parcha” (Far¼ona, 1919), “Ochiq qavoda amaliy mash¼ulot” (Samarqand, 1927), 
“To’¼ri chiziqli trigonometriya” (Toshkent, 1929) va “Trigonometriyaning sistema-
tik kursi” (Toshkent, 1930) va shu kabi boshqa asarlar yozdi. 
ªori-Niyoziy birinchi bo’`lib “Ruscha-o’`zbekcha matematika terminlari
lu¼ati”ni tuzdi va o’`zbek tilida oliy matematikaning boshlan¼ich bo’`limlari – anali-
tik geometriya, differentsial va integral qisob, differentsial tenglamalar darsliklarini
yaratdi. Uning 1928 yili arab alifbosida “Analitik geometriya asoslari”, 1931 yili “Te-
kislikda geometriya”, 1932 yili “Fazoda analitik geometriya” va “Matematik analiz
asosiy kursi” nashr etildi.
ªori-Niyoziy ajoyib pedagog edi. Uning shogirdlaridan bir gruppasi far¼onalik
“13 ªaldir¼och” nomi bilan mashxur. Ulardan yirik mutaxassislar etishib chiqqan. Bu-
lardan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi T.Z.Zoqidov, Nizomiy nomidagi
Toshkent Davlat Pedagogika institutining professori R.K.Otajonov va boshqlar.
ªori-Niyoziy ijodida matematika, astronomiya, fan, madaniyat va maorif tarixi
katta o’rin tutadi. 1950 yili Moskvada rus tilida uning “Ulu¼bekning astronomiya 
maktabi” nomli monografiyasi bosilib chiqdi. Unda Ulu¼bek astronomiya makta-




84


bining vujudga kelishi tarixi, bu maktab va Ulu¼bekning rasadxonasida olib borilgan
kuzatishlar, rasadxonaning asosiy quroli – sekstantning tuzilishi, ishlash printsiplari-
ni batafsil bayon qilgan.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə