Pedagogika



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə28/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Biologik omillar .Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o’xshashlik, xususiyatlarning o’tishi tushuniladi. Irsiyatga ko’ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg’u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o’tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo’yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham o’tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko’zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko’ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo’la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo’lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog’liq.

Ota-onadan bolaga o’tuvchi bir qator kasalliklar mavjud-qon kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika o’rganadi.

Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo’lib tug’ilayogan bolalar soni ko’paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og’ir kechadi. Shuning uchun ularga o’qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug’ullanishadi. Bu bolalar o’z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. SHuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə