Pedagogika


Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə36/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni

Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o’rganiladi. SHu nuqtai nazardan inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o’zaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, o’zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo’lgan ko’cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o’zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. SHuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o’zgartiradi va o’z o’rnida muhit ham inson oldiga o’z talablarini qo’yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo’ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi.

Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqe’larni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug’ma maqomlar bo’lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo’yicha diplomga ega bo’lgan shaxs erishishi mumkin. YUqoridagi maqomni qo’lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo’lamiz.

Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu maqomdagilar holatiga ko’ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir.

Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin.

Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo’ladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi: o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin.

Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog’chasi va maktabda sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq o’zlashtir ishi lozim.

Yana bir muhim ijtimoiy rol-o’z vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. Shu bilan birga bola o’zlashtirishi mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak bo’ladi. Katta shaharlar ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’irlik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.

Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi.

Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo’lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish sodir bo’ladi. Anglash sohasida o’z “men”i obrazini shakllantirish, o’zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash ro’y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.

Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha

Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o'z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o'yin, o'qish, sport turlariga qamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir- birini to'ldirib bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi-bu qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi.

Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi omillarni ham o'rganadi. Inson hayoti davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv-funktsional faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.

Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib, bunda nasl- irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.

Biologik faktorlar. Biologik faktorlar deganda asosan, irsiyat nazarda tutiladi. Irsiyat deganda esa gen orqali ota-onalardan farzandlariga o'ziga xos xususiyatlarining o'tishi nazarda tutiladi. Irsiyat orqali bola organizmiga, nerv sistemasiga, hissiy organlariga ega bo'ladi. Bu insonni boshqa insonlardan ajratib turadigan tashqi faktorlardir. Irsiyat haqida gapirganda irsiy kasalliklar haqida unutmaslik lozim. Irsiy kasalliklarni tibbiy genetika o'rganadi. Lekin ushbu kasalliklar bolaning ijtimoiylashuvi jarayoniga ta'siri ijtimoiy tuqilishiga tashqi faktorlar ham ta'sir o'tkazadi. Masalan, havoning yoki suvning ifloslanishi sog'lom bolaning dunyoga kelishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday shaxslar uchun jamiyat bilan “muloqatga” kirishishga yordam beruvchi maxsus metodikalar mavjud.

Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Turli davrlardagi preformizm, bixeviorizm, progmatizm, biogenetiklar oqimlari shaxsning shakllanishida biologic omilning roliga ortiqcha baho berishgan, rivojlanishni naslga bog'lashgan. Irsiyat mavjud va biologik omillarni inkor etib bo'lmaydi. Lekin irsiyatni mutlaqo o'zgarmas deb tushunmaslik kerak. Rivojlanishga naslning ta'siri deganda ota-onaga, ajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik takrorlanishni tushunmoq kerak. M-n, tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terming rangi kabilar. Nerv faoliyati ko'rinishlari (xolerik, sangvinik, flegmatik, melonxolik) kabi fiziologik xususiyatlar ham tug'ma o'tishi mumkin. Insonga xos xususiyatlar ham tug'ma o'tishi mumkin,lekin inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki layoqat bilan tug'iladi. Layoqat o'z holicha rivojlana olmaydi, uning uyg'onishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi va ularning rivojlanishiga alohida ta'sir qiladi. Boladagi irsiy belgilarning o'sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog'liq buladi. «Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, hatti-harakat bo'lmaydi. (Hindistondan topilgan Kamola, Amola hayoti bunga misol bo'la oladi)»

Ijtimoiy faktorlar . Individning shaxs sifatida shakllanishiga bitta irsiyatning o'zi kamlik etadi. Ijtimoiy faktor orqali individning ijtimoiy subyektga aylanishi insonning ijtimoiylashuvi, uning jamiyat bilan integratsiyaga kirishishi orqali amalga oshiriladi. Shaxsning ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi makro-(katta), mezo-(o'rta) va mikro (kichik) faktorlar mavjud.

Mezofaktorlarga milliy sifatlarning shakllanishi, xududiy sharoitlarning ta'siri aholi tipi singarilar kiradi.

Mikrofaktorlarga oila, ta'lim muassasalari, tengqurlari guruqlari kiradi.

Makrofaktorlarga esa insonning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi umumbashariy jarayonlar(ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mamlakat va jamiyat

hodisalari)kiradi.

Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o'tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. U oilada, maktabgacha muassasada va maktabda ta'lim -tarbiya oladi. Inson kamolotida ta'lim - tarbiya yetakchi o'rin tutadi. Bola o'qish, yozishni, maxsus bilim, malaka, ko'nikmalarini egallaydi, ularda ilmiy dunyoqarash shakllanadi.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə