Pedagogika va ijtimoiy ish


Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə33/219
tarix13.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127640
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   219
Pedagogika va ijtimoiy ish

Nemis pedagogi Georg Kershenshteynerning pedagogik nazariyasi: 1. Maktab bolalarning ikkita ehtiyojini qqqonoqtirishi zarur: idrok etish va ijod qqilish. 2. Nafaqat so’z, kittob yordamida, balki amaliy tajriba vositasida o’rganish zarur. 3. Ko’pchilik bolalarning qo’l mehnati – ularning har tomonlama rivojlanish maydoni. 4. “Faqat kitob emas, balki ijjodiy ish bolalarni uyqu va lanjlikdan xalos ettuvchi”. 5. Mehnat maktabida o’qitishning asosiy metodi: ximiya, fizika fanlari bo’yicha laboratoriyalarda, metal, daraxtlarga ishlov beradigan amaliy mashg’ulotlarda, jonli buurchaklarda, rasm chizish sinflari, еr maydonchalaridagi musttaqil ishlar. 6. Maktab ishida “ma’naviy umumiylik” uning ijtimoiy ahamiyati. Asari:”Kelajak makttabi–mehnat maktabi”.
Djon Dyuining pedagogik kontseptsiyasi. XX asr boshlarida, chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi masalalari bo’yicha pragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g’oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyui (1859-1952 yillar) maktab ta’limining o’z kontseptsiyasini yaratishga ko’p urindi. Bu yo’nalishlar vakillari (Dj.Dyui, G.Kershenshteyner) o’qitish bu o’quvchining “tajribasini qayta tashkil etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.
O’qitishni Dyui kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang’ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o’quv kurslari kerak emas”, “O’qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o’qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida o’qitish – maktabda asosiy metod”. Shunday qilib, Dyui maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o’qishni tor hamda o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat hisoblaydi. Asari: “Makttab va jamiyat”.
Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish. Bilimlarni formallashtirish metodlari: amaliy va ijodiy ishlar, tajriba, illyustratsiya, ganjkorlik, o’yin, ashula aytish, sport, raqs tushish. Asari: “Harakat maktabi”.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə