Pedagogika va ijtimoiy ish



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə114/389
tarix01.04.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#84937
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   389
2 5217818457805951399

Тарбия усуллари – бу тарбиялаш, педагогик таъсир кўрсатиш хусусиятига эга ҳатти-ҳаракатлар мажмуи бўлиб, улар ёрдамида шахснинг қарашлари, мотивлари, ҳаракатларини ўзгартириш

мақсадида унинг хулқига ва позициясига ташқи таъсир кўрсатилади


Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, har qanday tashqi ta’sir ham tarbiya jarayonida ijodiy o‘zgarishlarni hosil qilishga xizmat qilmaydi. Qachonki, tarbiyaviy xarakterga ega tashqi ta’sir tarbiyalanuvchi (o‘quvchi) shaxsining ichki intilishlari bilan o‘zaro mos kelsagina, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Tarbiya usullarining bir necha turlari mavjud. Biroq, ular orasida keng ommalashgan va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tarbiya usullari ham mavjud. Ular quyidagilardir (24-rasm):


Ijobiy vaziyatni yanada mustahkamlovchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi (ota-ona, o‘qituvchi, mas’ul shaxs)lar o‘rtasidagi munosabatning yaxshilanishini ta’minlaydi. Bu turdagi tarbiya usullari sifatida tarbiyalanuvchi bilan birgalikda ma’lum faoliyatni tashkil etish (o‘yinchoqlarni birga yig‘ishtirish, bolaga uning uchun murakkab sanalgan ishni bajarishda ko‘maklashish, bolani o‘ylantirayotgan muammolar bilan qiziqish, unga katta ishonch bildirib, muayyan topshiriq berish kabilarni aytish mumkin. Bu jarayonda bolaning ko‘nglini ko‘taradigan, unda o‘ziga nisbatan ishonchni hosil qildiradigan jumlalar (“Balli!”, “Barakalla!”, “Yasha!”, “Juda zo‘r! Menga senga ishongandim!”, “Bilaman, sen buni uddalaysan!”, “O‘ylaymanki, bu sen uchun qiyin emas!”, “Bu ishni birgalikda bajarishimizga nima deysan!” kabilar)ni ham qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Bola tomonidan biror bir ishning muvaffaqiyatli bajarilgani uchun uni rag‘batlantirish, m: kichik yoshdagi bolalar uchun shirinliklar va o‘yinchoqlar, o‘rta maktab yoshidagi bolalar uchun o‘quv qurollari yoki o‘yinchoqlar, katta yoshdagi bolalar uchun qimmatbaho bo‘lmagan, ular yoqtirgan rangdagi, rusumdagi kiyimlarni, qiziqarli kitoblarni, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda maishiy buyumlar, sovg‘a qilish tarbiya jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi samimiy munosabatni yanada mustahkamlaydi. Bolalarda ijobiy his-tuyg‘ularni shakllanishiga yordam beradi, ularni bundan-da yaxshi bo‘lishga undaydi.

Salbiy vaziyatni yanada kuchaytiruvchi tarbiya usullari tarbiyalanuvchi va tarbiyachilar o‘rtasidagi shunday ham yomon, salbiy munosabatni yanada yomonlashtiradi. Bu kabi tarbiya usullari sirasida tarbiyalanuvchining salbiy xatti-harakatlari uchun uni koyish, do‘q-po‘pisa qilish, jazolash keng qo‘llaniladi. Ko‘pchilik ota-onalar ijobiy va salbiy vaziyatlarni kuchaytiruvchi tarbiya usullaridan ketma-ket foydalanadi. Tarbiya usullarini samarali qo‘llashda eng muhimi – vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, bola holatini tushunishga harakat qilish sanaladi. Umuman, imkon qadar salbiy vaziyatni yanada kuchaytiradigan tarbiya usullaridan foydalanmaslik ma’qul. Chunki, bu kabi usullar bolaning ota-ona, o‘qituvchilardan ko‘ngli sovishiga olib keladi. Bordi-yu, bola salbiy harakatlarni sodir etganda ham unga o‘z xatolarini anglashga imkon berish, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishini ta’minlash pedagogik jihatdan to‘g‘ri yondashish hisoblanadi.

Ayrim ota-onalar bolalarni tarbiyalashda salbiy vaziyatni kuchaytiruvchi tarbiya usullarini qo‘llashda aniq bir jazolovchi vosita: xona burchagi, “jazolovchi stul” yoki bola yolg‘iz qoldiriladigan (yo‘lakdagi yoki hovlidagi) joyni belgilab oladi. Bu еrda bola yolg‘iz qolib o‘z xatolari, kamchiliklari to‘g‘risida o‘ylab oladi. Jazo “joyi”dan ozod qilingach, bola o‘z kamchiliklarini, salbiy xatti-harakatlarini to‘g‘rilashga va’da beradi.

Ikkinchi guruhga kiruvchi ota-onalar esa bolaning salbiy xatti-harakatlari uchun jazo maqsadida jarimalardan foydalanadi. Bolaning noto‘g‘ri xatti-harakatlari uchun qo‘llaniladigan jarimalar – multfilmlarni ko‘rish, shirinliklarni iste’mol qilish, kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaslik uchun taqiq bo‘lishi mumkin.

Uchinchi turdagi tarbiya usullari bola, tarbiyalanuvchini ishontiradigan suhbatlar sanaladi. Ushbu usulni qo‘llash uchun tarbiyalanuvchilarning yoshlarini chegaralab bo‘lmaydi, aksincha, bu kabi suhbatlar barcha yoshdagi balog‘atga еtmaganlar uchun birdek samarali bo‘ladi. Ishonch hosil qiladigan suhbatlarning bolani o‘z xatti-harakatlarini tushuntirishga, ular yuzasidan izoh berishga undashga xizmat qilishi muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, ota-onalar, o‘qituvchilarning kichik yoshdagi bolalar bilan suhbatlashishda “Mening o‘ylashimcha, bu ishing to‘g‘ri emas, o‘zing bu haqida nima deysan?”, “Ayt-chi, seningcha shu ishing to‘g‘rimi?”, “Agar bordi-yu, shu ishni men qilgan bo‘lsam, sen nima degan bo‘larding?”, “Agar Komil bunday qilganida sen xafa bo‘lmagan bo‘larmiding?” kabi savollar asosida bolani o‘z xatti-harakatlari yuzasidan o‘ylab ko‘rishga undash maqsadga muvofiqdir. Bu o‘rinda bolaga uning harakatlari mazmunini anglatish bilan birga, to‘g‘ri xatti-harakat qanday bo‘lishini tushuntirish, buning natijasida atrofdagilarning qanchalik xursand bo‘lishlarini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar hech qachon samarasiz bo‘lmaydi. Biroq, suhbat chog‘ida bolaga zo‘rlik qilinsa, bosim o‘tkazilsa, bu haqidagi ma’lumotlar bolaning miyasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Hatto bir necha yillar o‘tgandan keyin ham bola bu haqida o‘ylaydi.

K.D.Ushinskiyning fikriga ko‘ra, o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarni hosil qilishda pedagogik faoliyatni quyidagicha tashkil etish tarbiyalovchi xarakterga ega usullardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi:

1) tarbiya vazifalarini aniqlashtirish va o‘quvchilarda u yoki bu faoliyat turiga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltirish;

2) faoliyat usullarini yoritish va ularni tegishli bilimlar bilan qurollantirish (ongni rivojlantirish);



3) qo‘yilgan vazifalarni hal qilish bo‘yicha amaliy harakatlarni tashkil etish;

4) namoyish qilingan harakatlarning o‘quvchilar tomonidan dastlabki qabul qilinishini tashkillashtirish (harakatlar namunasi orqali);

5) faoliyat va xulq-atvor usullarini takomillashtirish va mustahkamlash bo‘yicha mashqlarning izchil bajarilishini ta’minlash;

6) o‘quvchilarga mashqlarni takomillashtirish yuzasidan talablar qo‘yish;

7) o‘quvchilarni ogohlantirish va ularning xulq-atvorlarini nazorat qilish.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   389




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə