Pedagogika va ijtimoiy ish



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə113/389
tarix01.04.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#84937
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   389
2 5217818457805951399

Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi va buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.

Ogohlantirish – sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan tarbiyaviy usul.

Hayfsan berish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, unga hayfsan e’lon qilish mumkin.

Uyaltirish – o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan sub’ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va b.) oldida baho berish usuli. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim. Biroq, hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi.

Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi kerak, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya’ni, birgina usulni qo‘llashga asoslanishi, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi zarur. Jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasligi, jazo berish chog‘ida o‘quvchilar o‘z ayblarini sezmshm shart. O‘quvchilarga jamoada muhokama qilish, jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Jazo tarbiyalanuvchini jismoniy va ruhiy azoblamasligi, tahqirlamasligi, sha’nini еrga urmasligi kerak.

Tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda metodlar bilan birga tarbiyaviy ta’sirga ega usullardan ham foydalaniladi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   389




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə