Pedagogika va ijtimoiy ish



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə110/389
tarix01.04.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#84937
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   389
2 5217818457805951399

Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy va jamoa faoliyatini tashkil etish, o‘zaro munosabatni yo‘lga qo‘yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, u bilan bog‘liq istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatadi. Maxsus mashqlar xulqiy ko‘nikma, malakalarni hosil qiladi.

Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.

Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari, tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi (to‘xtatuvchi), o‘quvchini ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   389




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə