Pedagogika va ijtimoiy ish


Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari –



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə109/389
tarix01.04.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#84937
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   389
2 5217818457805951399

2. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini to‘g‘ri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me’yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar hisoblanadi. Odatlar bolalikdan tarkib topib, keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.

O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular

atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.

Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati o‘sadi, axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.



Odatlantirish tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisi bo‘lib, harakatlarni ko‘rsatib berish va tushuntirishni talab etadi.

Tarbiya amaliyotida mashq qilishning bir necha xili mavjud: 1) faoliyatda mashq qilish; 2) kun tartibi mashqlari; 3) maxsus mashqlar.




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   389




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə