Pedagogika va psixologiya p65



Yüklə 57,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/43
tarix23.01.2023
ölçüsü57,48 Mb.
#99050
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

Mavzu yuzasidan savollar
1. Tarbiya jarayonida tarbiya qoidalarining ahamiyati qanday?
2. «Tarbiyaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi» deganda nimani tushunasiz?
3. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasining hozirgi kun- 
dagi ahamiyati qanday?
4. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’min- 
lash nima uchun zarur deb o‘ylaysiz?
5. Tarbiya usullariga nimalar kiradi? O‘zbek xalq pedagogikasida 
qanday usullar qo‘llanilgan?
6. Tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash usullariga qo‘yilgan talablar 
to‘g‘risida fikr bildiring.
1.7. M a’naviy-axloqiy tarbiya. Komil inson.
Mustaqil fikrlashni tarbiyalash
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat 
poydevorini barpo etishda erkin fuqaro m a’naviyatini shakllan­
tirish masalasi biz uchun g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega. Hayoti- 
mizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng k o ‘lamli
39


islohotlarimizning samaraliligi, avvalo, xalq m a’naviyatini tik- 
lashdan iborat. Yuksak madaniyatli xalq, inson bugungi kun va 
kelajak haqida fikr yuritadi, qayg‘uradi. Z otan, mustaqil yosh 
mamlakatim izning kelajagi u chun m a’naviyati yuksak, barka­
mol insonlar zarur, bu borada m a’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘rni 
beqiyosdir. Axloqiy ta ’rbiya haqida so‘z borganda axloq nim a 
ekanligini bilib olish kerak.
Axloq, xulq va atvor so‘zlari arabcha so‘z b o ‘lib, ular o ‘zbek 
tilida ham o ‘z m a’nosida ishlatiladi. Axloq ijtimoiy ong shakl- 
laridan biri, ijtimoiy qoida b o ‘lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayot- 
ning istisnosiz ham m a sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini 
tartibga solish funksiyasini bajaradi.
Axloq — ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir 
kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib qoidalarining 
yig‘indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, meh- 
natga b o ‘lgan munosabatlarda axloq nam oyon b o ‘ladi.
Quyidagi donolarimiz bisotidan keltirilgan jum lalarni o ‘qing 
va mushohada qiling:
«Axloq ilmi insonlarni yaxshi xulqlarga chaqirib, yom on xulq- 
lardan qaytarmoq uchun yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon 
xulqlarning yomonligini bayon qiladurgan, bildiradurgan bir ilmdir».
«H ar kim axloq ilmini bilib amal qilsa, bu dunyoda aziz, 
oxiratda sharofatlik bo‘lur».
«Agar bir kishining o ‘zidan, ishidan, so‘zidan boshqa kishilar 
ozor topm asalar, yaxshi xulq deyilur, agar ozor topadurgan 
b o ‘lsalar yom on xulq deb atalur».
«Axloq insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yom onlikdan 
qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon 
xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan 
kitobni axloq deyilur».
40


Bolalar suvga o ‘xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda b o ‘lsa, 
o ‘sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday m uhitda b o ‘l- 
salar o ‘sha muhitning shunday odat va axloqini qabul qiladilar. 
Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar 
ko‘proq yaxshi va yomon axloqni o ‘z uylaridan, ko‘chadagi o ‘r- 
toqlaridan, maktabdagi o ‘quvchilardan qabul qiladilar.
Axloqiy tarbiya mazmuni, asosan, quyidagilarda o ‘z ifodasini 
topadi:
1. Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu 
xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, 
baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning m aqsadlarida 
Vatan boyliklarini ko‘paytirish, m ustahkam lash va himoya qi- 
lishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon b o ‘ladi.
2. M ehnatga axloqiy m unosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy 
m unosabat shaxsning m ehnat jarayonida nam oyon b o ‘ladigan 
yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy 
va jam oa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi.
3. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Bu shaxsning jamoat- 
chilik, ko‘pchilik manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishidir.
4. Shaxsning o ‘ziga, o ‘z xulqiga axloqiy m unosabatni tarbiya- 
lashi — bu o ‘quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iborat.
Insonning m a’naviyati uning odobi, xulqi, m adaniyatidan 
tashkil topadi. M a’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va 
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi.
Sifat — alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi 
kategoriya.
Fazilat — alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli b o ‘lgan 
ijobiy axloqiy sifat majmuyi. Odamning inson sifatida shakllana 
borishi jarayonida uning kamolot darajasi odob, axloq, mada- 
niyat, m a’naviyat elem entlarining un d a qanchalik mujassam- 
lashganligi bilan belgilanadi. Shu o ‘rinda bu kategoriyalarning 
mohiyati ustida to ‘xtalib o ‘tish joizdir:
Odob — har bir insonning o ‘zi bir inson yoki jam oa bilan 
b o ‘lgan muloqotida ham da yurish-turishida o ‘zini tuta bilishi.
Axloq — jam iyatda qabul qilingan, jam oatchilik fikri bilan 
m a’qullangan xulq-odob normalari majmuyi.
M adaniyat — jamiyat va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati 
jarayonida to ‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi.
M a’naviyat — inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, 
intellektual fazilatlar majmuasi.
41


M ushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql 
ongni sayqallaydi, ong esa m oddiy va m a ’naviy m anbaga ay- 
lanadi. Shu tarzd a inson sekin-asta takom illashib, kom illikka 
erishib boradi.
Milliy istiqlol mafkurasining m a’naviy, m adaniy va yuksak 
axloqiy-ruhiy qadriyati shundaki, u ham m a vaqt har qanday sha- 
roitda kishini halollikka d a’vat etadi. Zotan, uning siyosiy aha- 
miyati va m a’naviy qadriyati ham xuddi shu bilan belgilanadi.
Tarbiyada vijdon eng oliy m a’naviy-insoniy sifatdir. Vijdon 
tushunchasi, insonning vijdoniy sifati, uning ongi, qalbi, aqli va 
irodasiga bog‘liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy kechinm ala- 
rida yaxshilik va yomonlik doimo kurashda b o ‘ladi. Agar inson bi- 
ror m a’naviy vaziyatda o ‘z qalbiga quloq tutib, irodasini ishga solsa, 
g ‘arazgo‘ylik, mansabparastlik, m olparastlik kabi g‘ayriinsoniy 
illatlardan ustun chiqib, oqilona ish ko‘rsa, uning vijdoniy sifati 
yuqoriligini ko‘rsatadi. Inson qalbida g‘ayriinsoniy illatlarning us­
tu n b o ‘lishi aslida m a’naviy kasallikdir.
Yoshlarda mustaqil fikrlay olish va o ‘zining shaxsiy, to ‘g‘ri 
xulosasini chiqara olish fazilatini tarbiyalash, mustaqil fikrlash 
komillikning asosiy belgisidir. Komillik uch bosqichdan iborat:
1. Jismoniy salomatlik.
2. Axloqiy poklik.
3. Aqliy yetuklik.
Bu bosqichlarni shakllantirishda m ustaqil fikrlash yetakchi 
ustuvor o‘rin egallaydi. Mustaqil fikrlash sarchashmasi fahmlash, 
ya’ni anglashdan, fikr yuritishdan boshlanadi.
Anglash — biror bir g ‘oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib 
yetish.
Tafakkur — inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar 
majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotga qo‘llash.
Amaliyotda qo‘llash hayotda bir necha bor qo‘llangan, o‘zining 
ijobiy hosilasini bergan ishonchli m uam m olar yechim i bilan 
solishtirib, xulosa qilish so‘ng tafakkur saviyasiga tayanib, yagona 
yechimini tanlash va undan amaliyotda foydalanishdir.
Inson mustaqil fikrlash orqali voqelikni umumlashtirib, bilvosita 
va bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o ‘rtasidagi ichki, murak- 
kab bog‘lanishlar, m unosabatlar, xossalar, xususiyatlar ham da 
mexanizmlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, 
qonuniyat va voqealarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi 
ham da oqibatini oldindan ko‘rib turish imkoniyatiga egadir.
42


Fikr — inson faoliyati, uning o ‘zligini, kuch-qudratini, o ‘za- 
gini tashkil qiluvchi m a’naviy-insoniy sifat.
Yoshlarimiz m a’naviy-m a’rifiy tarbiyasiga, ayniqsa, biz pe- 
dagoglar ko‘proq m as’ulmiz. Bu vazifani muqaddas bilib, amaliy 
faoliyatimizda hayotga tatbiq etaylik. Barkamol avlod musta- 
qilligimizning kafolatidir.

Yüklə 57,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə