Pedagogika va psixologiya


O`smirlardagi nizoli vaziyatlar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə6/6
tarix22.05.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#111863
1   2   3   4   5   6
KARIMOVA NOZIMA KURS ISHI

2.2. O`smirlardagi nizoli vaziyatlar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi
O’smirlar oiladagi noto’g`ri tarbiya, xususan nosog`lom munosabatlarning zarbasiga duchor bo’ladilar. Ushbu munosabatlarga nisbatan shaxsiy mulohaza, o’ziga xos “reaktsiya” zamirida ularning ruhiyati va ma`naviyatida turli xil kechinma, intilish, xohish, istak, hadiksirash hislari o’z ifodasini topadi.
Ular uchun mashg`ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o`smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli 8 o`zlashtirishlari, qiziqishlarini orttirishlari o`qituvchining o`quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog`liq. Bilim o`rganish ehtiyojlari asosida astasekinlik bilan o`quv fanlariga nisbatan qat`iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o`qishning yangi motivlari yo`zaga keladi. Bu motivlar o`smirning hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog`liq bo`ladi. Aynan o`smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo`ladi. Bilim o`smirlarga alohida bir quvonch bag`ishlaydi va uning tafakkur qilish layokatini rivojlantiradi. O`smirlarning o`quv materiallarini faqat mexanik xotiraga asoslanishlari halaqit berishlari mumkin. Bu davrda o`quvchilarga beriladigan o`quv materialining hajmi katta bo`lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo`li bilan o`zlashtirishi qiyin. Buning uchun o`quvchi o`quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari o`zgaradi. Lekin bu o`zgarish bolaning o`ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o`zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada bo`ladi. O`smirlik davrida bolani anglashi va o`z-o`zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi, o`yin faoliyati astasekin. kamayib, yangi faoliyatlar yo`zaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O`smirlik davrida o`z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va o`zini-o`zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so`z bilan aytganda, o`smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi. G`azab, qo`rquv va shu kabi boshqa emotsiyalar insonni o`rab turgan muhitga moslashish funksiyalarini bajaradi. G`azab odamlarda ham, hayvonlarda kabi to`siqlarni yo’qotishga, maqsadga erishishdagi, dam olishdagi yoqimli taassurotlarni olishdagi va boshqa to`siqlarni yengishga yo’naltirilgan. Shuning uchun har qanday agressiyani ko`rsatish qonunbuzarlik hisoblanmaydi.
G`azab - ma’lum bir holatdagi reaksiya va u odam uchun xatarli holatda kerak bo`ladi. Agar g`azab “kuchayib“ borsa, unda u sharoitdan ustunroq bo`ladi, 9 doimiy xavotirlanish bilan olib borilib, u normal hisoblana olmaydi. Normadagi stressorning uzoq muddatda ta’siri unga moslashishga olib keladi, bunda agressivlik, yuqori hayajon, qo`rquv va nevrotik simptomlarni kelib chiqishi o`zini boshqarish tizimining “buzilishi” hisoblanadi. B.Spok fikricha, bir yoshli bolaning onasiga go`dakka nisbatan yoqimsiz harakat qilgani uchun tipirchilashi yoki tushirib qoldirishi, ikki yoshli bolaning boshqa bolani urishi, uning qum o`ynayotgandan o`yinchog`ini tortib olgani uchun kurakchasi bilan boshiga tushirib qolishi oddiy hol hisoblanadi. Barcha g`azabning reaksiyalari holatli (ya’ni sharoitga qara b) va adekvatli, lekin ular buzilishiga “o`tib ketishi mumkin”. Har qanday buzilish o`zining boshlanishini aniq bir ko`rinish (situatsiya) dan oladi.
Buzilishda g`azab ta’sirining «o`sib boorish» sharoitlari quyidagilardan iborat: - Ota-onalarning doimiy agressiv hatti-harakatlari, bolaga salbiy ta’sir qiladi, bularni qaytarib ularning agressivdiklarga „kasallanib“ qoladi (o`rganib qoladi). Bu degani bolaning o`zini emotsional boshqarish sistemasi uning otaonalari emotsional boshqarish tipida ko`riladi; - Bolani yaxshi ko`rmaslik ko`rinishi uyda himoyachining yo’qligi, xatar va atrofdagi olamni dushmanligi kabi sezgilar shakllanadi. - uzoq muddatli va tez-tez bo`lib turadigan frusratsiyalar, bunda ularning asosi bo`lib ota-onalar va qandaydir muhitlar sabab bo`ladi; ota-onalar tomonidan bolani kamsitish, haqorat qilish. Bu frustratsiyaning alohida bir ko`rinishi, bu bola shaxsini shakllantirishda juda muhim hisoblanadi, hatto diagnostika va korreksiya jarayonida alohida ko`rib chiqish zarur.
Balkim, bular shaxsiy komplekslarini “ochib” berar, bunda har bir ota-ona shaxsini stabilizatsiya qilish kerak, psixologik yordam kerak. Bolalar muammosi doimo oilaviy muammo keltirib chiqaradi (ya’ni bir oila a’zosi qiyinchiligi bu barcha guruhnikidir).
Bolaga alohida uni o`rab turgan odamlarga yordam bermasdan amaliy yordam berib bo`lmaydi. Bu yerda bola shaxsi rivojlanishi buzilishini to`g`rilash usullari ko`proq ko`rib chiqilsa, bu degani unga “yordam berish” mumkin emas degani, lekin katta odam shaxsi bilan ishlash jarayonining murakkabligi bilan belgilanadi. Bu muammo eslatmaslikni, lekin uzoq vaqt, jiddiy qarashni talab qiladi. To`rtinchidan, ota-onalarni, bolalarga tug`ilishgacha bo`lgan vaqt va uni tug`ilgandan keyin birinchi oylaridagi munosabatini bilib olish shart. Agar bola boshidan kutilmagan bo`lsa (bola “noiloj” yoki “tasodifan” tug`ilib qolgan holat), unda oldindan aniq kelishilgan ota-onalar bilan birga qarorga kelishi kerak (ya’ni, verballashtirilgan taxmin qilingan emas, “o`ylanilgan”). Misol uchun, bola unga kerak emas, kutilmagan bo`lsa ham, u haqda baribir qayg`urish kerak. Bolani tan olmaslik bahonasini o`rganib chiqish ota-onaga unga nisbatan munosabatini o`zgartirishi mumkin. Agar ota-onalar bola tug`ilishini hohlasalarda, unga nisbatan bo`lgan munosabatlarini u “agressiv”, quloq solmaydigan, chidab bo`lmaydigan holda bo`lgan vaqtdan o`zgartirgan bo`lsalar, unda ota-onalar g`ururini tushirmasdan, bola o`z xatti-harakati bilan faqat ularning (ota-onalarning) harakatiga javob berayotgannini ko`rsatib o`tish kerak. Agressiv bola bilan olib boriladigan korrektsion ishlar Agressiv xatti-harakatni umuman yomon deb hisoblab bo`lmaydi. Kritik (frustrasiya) holatda paydo bo`lganda u himoya funktsiyasini, ba’zida hal qiluvchi holatdan chiqib ketish funktsiyasini bajaradi. Ko`pincha bolada agressiv xattiharakat bolani o`tish davrida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, bolani yashashi qiyinlashdi. Har qanday qiyin holatda bola yosh krizisi paytida qiyinroq o`tkazadi, shuning uchun undan xatti-harakatidan agressiv elementlarni ko`payishini kutish mumkin. Bu oddiy bolaga ham, emotsional buzilishdagi bolaga ham tegishlidir. V.V.Lebidinskiy va boshqalar ta’kidlab o`tdilarki, bolaning aniq agressivligi davrida, atrofdagilar bilan garmonik munosabatni u tomondan buzilishi qaysiki normal affekt rivojlanishida kuzatilgan, asosan yosh affekti va shaxsiy krizislar kechinmalari bilan to`g`ri keladi. Affektiv buzilish holatida agressiya odatiy hol, deyarli xulq-atvorning birlamchi formasi bo`lib qoladi. Biroq, bolaning xulqatvorning birlamchi formasi bo`lib qoladi.
Biroq, bolaning xulq-atvoridagi agressiyaning borligi doim u bilan bo`lgan munosabatda katta qiyinchiliklar tug`dirsa-da, agressiv tendentsiyalarni faqatgina salbiy baholash mumkin emas. Shuni esda tutish kerakki, ular (tendensiyalar) bolaning affekt rivojlanishi davridagi aktivligini oshishi fonida qonuniy kattalashib beradi. Odatda bu psixokorreksion ishning ajralib bo`lmas bosqichidir, bulardan kattalarning yordami bilan o`tib, bola uni o`rab turgan reallik bila n yanada adekvat formalarni egallashi mumkin. Shuni aytib o`tish mumkinki, agressiya o`zining kelib chiqiishi dinamikasi bo`yicha ko`pincha bolani yaqin atrofdagilari bilan bo`lgan o`zaro munosabatlari usullaridan o`zgacha qiyinlashuv ko`rsatkichida ko`rinadi.
Bolada agressiyani to`g`rilash, ya’ni korrektsiya qilish, uning sabablarini, kelib chiqishini bilishdan boshlash kerak. Agar agressiya emotsional-motivatsion sohada buzilish signali bo`lib hisoblanmasa, unda korreksion harakatlar uni (agressiyani) yo’qotishga qaratilgan bo`lmay, balki uni yumshatishga va boladagi agressiv xulqatvordan kelib chiqadigan yomon asoratlarni oldini olishga qaratilgan bo`lishi kerak. Bundan tashqari bu holatda ota-onalarni bolaning agressiv reaksiyalarini adekvat ravishda qabul qilishga tayyorlash kerak. Boshqa holatlarda, agar agressiya shaxsning emotsional-motivatsion sohasining buzilishida ko`rinsa, psixolog yoki tarbiyachilarning harakati bolaning agressiv harakatini mustahkamlanmasligiga yo’naltirilgan bo`lishi kerak. Korrektsion metodlarni qo`llash sabablari xarakteriga bog`liq bo`ladi. Metodini tanlash konkret holat va konkret bolani hisobga olish bilan o`tkaziladi. Buni quyidagi korreksion metodlarni ko`rib chiqishda hisobga olish kerak:
Agressiv tenlentsiyalarni tan olmaslik, atrofdagilarni unga ahamiyat berishini bilmaslik; 2. Agressiv xatti-harakatga o`yin qo`yish va unga yangi ijtimoiy yondashishni tadbiq qilish, ma’noni emotsional to`ldirish. Bu bilan bola uchun agressiv tendentsiyalarni atrofdagilar bilan bo`lgan munosabatda asoratsiz kuchayishida qulaylik tug`iladi (misol uchun “qaroqchilar” o`yinida agressiv bolaga qaroqchi va boshqa rollarni berish maqsadga muvofiq). 3. Bolaning agressiv harakatini ta’qiqlash (bolaga agressiyani ko`rsatishga ruxsat bermaslik); 4. Psixologni o`yin holatida agressiv harakatlarni, qaysiki, ularning asosida ko`pincha qo`rquv yotadigan, o`ylab topish yoki “cho`zish” uchun aktiv ishtirok ettirish kerak; 5. Psixodrama affektiv keyingi katarsis-emotsional holatni yo’qotishi, yechimini Tayanish tushincha: Xavotir, xavf, ta’zyiq, emotsional holatlar, uyatchanlik, taqlika, stress, nevrotik xavotir, ob’yektiv havotir, kognitiv havotir, havotirlanishning oldini olish va korrektsiya qilish bosqichlari. Shaxs uchun turli narsalar xaqida tashvishlanish qobiliyati xosdir, bu esa uning hayotga befarq munosabatda emasligidan dalolat beradi. Biroq bu tashvishlanish ba’zida noadekvat shaklda bo`ladi, ya’ni shaxs asoslanmagan holda bu holatni boshdan kechiradi. Psixik holat sifatida xavotirlanish tushunchasining ko`p qirraliligi shundan kelib chiqadiki, turli xil tadqiqodchilar “Xavotirlanish” tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar. Ch.D.Spilberger (1968) fikriga ko`ra, xavotirlanish konsepsiyasining noaniqligi va ko`p qirraliligining asosiy sababi. Bu atama odamda ikki asosiy ma’noda foydalaniladi. Lekin ular bir-biri bilan bog`liq. Shu bilan birga turlicha tushunchalar sifatida qo’llanishadi. Ko’pincha “havotir” terminini yoqimsiz ichki emotsional bezalgan holat sifatida qaraladi. Bu holat esa zo’riqish, notinchlik, g`amginlikni his qilish tariqasida fiziologik jixatdan avtonom nerv sistemasining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Havotirlanish holati inson muayan qo`zg`atuvchini o`zida xavf, ta’zyiq, ziyon elementlari sifatida idrok qilishi natijasida kelib chiqadi. Havotirlanish holatini insonda vujudga kelishi mumkin bo`lgan stress darajasi funksiyasi dekvaqt va intensivligi bo`yicha o`zgarib boradi. Shuningdek, “havotirlanish” atamasi insonning bu holatini boshdan o`tkazish moyilligi kabi, nisbatan barqaror individual farqni ifoda etishi uchun ham ishlatiladi. Bunda xavotirlanish shaxs xislati ya’ni shaxs xavotirlanishi ko`rinishida bo`lib, u bevosita xulq-atvorida namoyon bo`lmaydi. Shaxs xislati sifatidagi shaxsiy xavotirlanish holati qanchalik tez-tez va intensiv ravishda yuzaga kelishiga qarab aniqlash mumkin. Xavotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o`rab turgan dunyoni xavf-xatar, qo`rqinch, tahlika tariqasida idrok qilishiga moyilik bo`ladi. Emotsional holatga o`tuvchi xavotirla nish bilan shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatidagi xavotirlanish o`rtasida konseptual farq mavjud. Bunday farqni Kettall va Sheyer (1961) ham o`z tadqiqotlarida aniqlab bergan edilar. Hozirgi davrgacha muommoning ushbu tomoniga yanada ko`proq e’tibor qaratib kelinmoqda. Xavotirlanishni holat hamda xususiyatga ajratish Kettall va Spilberger ishlarida yaqqol aks ettirilgan. Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham markaziy o`rinlardan birini egallaydi. Olimning fikricha bilimlarni nazorat qilish jarayonida namoyon bo`ladigan xavotirlanish bunday vaziyatda shaxsning xavotirni his qilish moyilligi kabi individual farqda o`z aksini topadi. Xavotirni holat va xususiyatga ajratish Bekning stressga nisbatan sezgirlik kabi shaxs xislati psixosamatik simptomlarining rivojlanishida muhim omil ekanligi haqidagi taxminida ham kuzatiladi. Bekning takidlashicha, xavotirlanish holati bilan bog`liq bo`lgan psixofiziologik buzilishlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Demak, ko`pchilik tadqiqodchilar aynan stress xavotirlanish holatini yuzaga keltiradi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari xavotir va boshqa emotsional holatlarining faollashuvida kognetiv omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xavotirlanish holatining yuzaga kelishidan xavfni kognetiv baholash birlamchi bo`g`in hisoblansa, xavfni kognetiv tarzda ortiqcha baholash bunday holatlarning intensivligi hamda vaqt jihatidan barqarorligini baholaydi
Stress - xavfni idrok qilish xavotir holati. Vujudga kelgan xavotirlanish stress vaziyatlarini ortiqcha baholash jarayoni bilan kechadi. Vaziyatni ortiqcha baholash esa stress kechinmalarini yumshatish imkonini beruvchi muayyan mexanizmlarni tanlashga yordam beradi. Shuningdek, u xavotirlanishni hosil qiluvchi shaxsni vaziyat chegarasidan tashqariga chiqish, undan qochish mexanizmlarini faollashtiradi. Agar stressdan qochish yoki uni bartaraf etish imkoni mavjud bo`lmasa, xavotirlanish holatini kamaytirish vazifasini bajaruvchi psixologik himoya mexanizmlari ishga tushadi. Bu mexanizmning tarkibiy qismlari yengish, inkor etish proektsiya va shu kabilar xavotirni keltirib chiqaruvchi idrok etishini buzub ko’rsatadi. Xavotirlanish holati reaktsiyalarining quyidagi yo’nalishlarini hosil qiladi. Xavotirlanish holati kognetiv ortiqcha baholash himoya mexanizmlari. Psixolog Z.Freyd bo`yicha ob’yektiv havotir tushunchasi o`z ichiga tashqi dunyodagi xavfning real vaziyatini qamrab oladi. Bu vaziyat shaxs tomonidan tahlika xavf-xatardek idrok etiladi. Xavfni idrok etish esa, emotsional reaksiya hosil qiladi. Nevrotik xavotir obyektiv xavotirdan shu bilan farq qiladiki, xavfxatar manbai tashqi dunyoda emas, balki shaxsning o`zida, uning ichki dunyosida mavjud bo`ladi. Freydning ta’kidlashicha, bu xavf-xatar manbai bolalikda boshdan kechirilgan agressiv mayllardir. Xavotirlanishni jarayon sifatida tavsiflashda nafaqat stress va xavotir holatini aniq farqlang, shu bilan birga tahlika xavf-xatar tushunchasini psixologik reallik sifatida qarash ham ahamiyatlidir. Xavotir tushunchasi stress reaksiyalarini keltirib chiqaruvchi stimul sharoitlarni, emotsional reaksiyalarni hosil qiluvchi omillar, shuningdek, motor harakat o`zgarishlar bilan o`zaro munosabatini belgilash uchun qo’llanilishi lozim. Y.L.Xanin “stress” terminini muayyan vaziyatda qo`zg`atuvchining xususiyati bilan bog`liq bo`lgan obyektiv xavfning kuchli yoki uning tarqalish darajasini ifodalash uchun qo’llashni taklif etadi. “Stress” termini faqat muayyan psixologik va jismoniy xavf darajasi bilan xarakterlanuvchi atrof muhit sharoitlarini ifodalashda foydalaniladi.
Obyektiv ravishda stress holatidek qabul qilinadigan sharoitlar ko`pchilik kishilar tomonidan tahlika xavf-xatar tarzida baholanadi. Bu vaziyatning subyektiv baholanishiga bog`liq bo`ladi. Ba’zida stress holatiga tegishli bo`lmagan vaziyatlar subyekt tomonidan tahlika xavf deb baholanishi mumkin. Stress tushunchasiga qarama-qarshi tahlika terminini shaxs tomonidan jismoniy yoki psixolgik xavf vaziyatini sub’ektiv baxolashda qo’llanilishi lozim. Vaziyatni tahlika xavf-xatar tariqasida baholash shaxsning individual xususiya tlari, qobiliyatlari, malakalar shaxs xislatlariga, shuningdek, o`xshash vaziyatlardagi holatini boshdan kechirish shaxsiy tajribasiga bog`liqdir. Xavotirlanish holati ko`proq mehnatning u yoki bu turlariga insonning yaroqliligining muayyan taraflarida ko`rinadigan bir omil hisoblanadi va uning qurshagan atrof voqeliklari tez o`zgaruvchan sharoitga moslashishida katta rol o`ynaydi. Bizning nazarimizda xavotirlanish holatining o`rganilish zarurati shundaki, kasb tanlash inson hayotida ahamiyatli bosqich hisoblanadi. Ushbu tanlashning to`g`riligi faqatgani shaxsning jismoniy sifatlari munosibligi bilangina emas, balki uning psixik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Kasb tanlash holatining o`zi havotirlanish holatini keltirishi mumkin. Uning noto`g`ri tanlanganligi-insonning shaxsiy qobiliyatlari va sifatlariga nomunosibligi ushbu kasbning o`zlashtirilishida to`siq bo`ladi, kasbning uzoq muddatda egallanishi yoki uning o`zgarishida jamiyatga olib keladigan iqtisodiy zarar haqida aytilganda, ayrim holatlarda nevrotik buzilishlarga olib keladi. Taxminimizcha, havotirlanish - bu haydovchilik, harbiy va boshqa bir qancha kasblarga moslashishda asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. Xavotirlanish holati asosan ishchining xulq atvorida, stress vaziyatlarda uning mehnat faoliyati va eksperimental sharoiti natijasida hikoya qilinadi.
Xavotirlanish muammosini yechishda ikkiga bo`linib o`rganiladi. - xavotirlanish muammosini qamrab olish, uni yomon holatlardan oldini olish; - xavotirlanishni yo’q qilish. Xavotirlanishni oldini olish va korreksiya qilish 3 bosqichda amalga oshiriladi. 17 1. O`quvchiga o`zining hayajonini yashirishni, xavotirlanishni boshqarish bo`yicha harakat va metodlarni o`rganish. 2. O`quvchining funksional va operatsional imkoniyatlarini kengaytirish, undagi kerakli bilim, ko`nikmalarni shakllantirish. 3. O`quvchining shaxs xususiyatlarini qayta qurish, birinchi navbatda o`zo`ziga baho va motivatsiyasini o`zgartirish. Bir vaqtning o`zida o`quvchining otaonasi, o`qituvchilari bilan ham ish olib borish kerak, chunki ular ham korreksiyani o`zlariga tegishli qismini amalga oshirish uchun zarur. Xavotirlanishni korreksiya qilish usullari: Xavotirlanish belgilarini qayta interpritatsiya qilish. Ko`pincha o`quvchilarda xavotirlanishni birinchi belgilari namoyon bo`ladi. Insonning nimadir qilishga tayyor bo`lishi belgilari foydaliligini ularga tushuntirish kerak. Bu mashqlar o`quvchiga “aylanma g`ildirakdan chiqib ketishiga” yordam beradi. “Aniq emotsional holatga yo’llash”. O`quvchiga xayolan xavotirlanishi, his-hayajonini, emotsional holatini bitta musiqa yoki rang, peyzaj, qandaydir imo-ishora bilan bog`lash taklif qilinadi. Xotirjam, o`zini bo`sh ushlashni-boshqa musiqa bilan, ishonch, yengib chiqishni uchinchi musiqa bilan bog`lash taklif qilinadi. Qattiq hayajonda birinchisini, keyin ikkinchisini va oxirida uchinchi musiqani takror eslash tavsiya etiladi. 1. “Yoqimli xotiralar”. O`quvchiga butunlay tinch holatda bo`lgan vaqti bo`shashganlikni, ko`proq his qilishini tavsiya etiladi. 2. “Rollarni ishlatish”. Qiyin vaziyatda o`quvchiga taqlid uchun obrazni, masalan taniqli aktyor roliga kirishi va uning obraziga tushishni xayol qilishi tavsiya etiladi. Bu usul o`spirinlarga mos keladi. 3. Ovoz va imo-ishoralarni nazorat qilish. O`quvchiga qanday qilib ovoz yoki imo-ishoradan insonni emotsional holatini aniqlash mumkinligi tushuntiriladi. Ishonchli tovush va tinch imo-ishora insonni tinchlantirishi va unga ishonch berishi aytib o`tiladi. Bunda oyna oldida, tomoshabinlar oldida mashq qilish samara beradi.
4. “Kulish”. Yuz mushaklarini nazorat qilishni o`rgatish. O`quvchiga yuz 18 mushaklarini bo`shashtiruvchi bir qator mashqlar beriladi va nerv mushak zo`riqishdagi kulishning ahamiyati tushuntiriladi. 5. “Nafas”. Ritmik nafas olishning ahamiyati tushuntiriladi va nafas olish orqali zo`riqishni qoldirish mumkinligi ta’kidlanadi. M:nafas olishni nafas chiqarishga qaraganda 2 marta uzunroq, qattiq zo`riqish holatida chuqur nafas chiqarishni 2 marta uzunroq va undanda kuchli zo`riqishda chuqur nafas chiqarib nafasni 20-30 sekun d ushlab turish. 6. “Repititsiya”. Psixolog o`quvchida xavotirni keltirib chiqaradigan holatni yuzaga keltiradi. M: O`quvchi doska oldida javob bermoqda, psixolog esa jahldor o`qituvchining rolini ijro etadi va bu holatni kuzatadi. Psixolog rollarni ijro etayotganida bolani ogoh qilmay birdaniga gapirish ohangi, harakatlarini o`zgartirishi mumkin. Be’mani holatga olib kelish. Psixolog bilan muhokamada va boshqa tinch holatida o`quvchiga qattiq hayajon qo`rquvni o`ynash taklif qilinadi. Topshiriqni qayta bayon qilish. Xavotirlangan odamlar biron bir faoliyatni bajarish uchungina emas, balki tashqi tomondan ko`rinishi uchun ham xavotirlanishadi. Shu bilan ularga o`z xulqatvori maqsadini bayon qilishga o`rgatish lozim. O`zidan butunlay chalg`ib, m: doska oldida javob berayotib “Men yerning tortishish qonuni to`g`risida gapirish o`rniga men qanday qilib bo`lsa ham javob berishim kerak, men 5 olishim kerak” degan iboralar bilan almashtiriladi. Oldindagi qiyin sinovlarga bardosh berishni o`quvchiga o`rgatish kerak. Bu va boshqa usullar “ochiq xavotirlanish” sezadiganlar uchun ko`p natija beradi. O`quvchilar bilan ishlashda xavotirlanishning yashirin formasi uchraydi. (ko`pchilik bunday o`quvchilar men xavotirlanmayman deyishadi, ammo ular har doim omadsizlikni boshidan kechiradilar va boshqa odamlarning muomalasini ko`taradi.) O’smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda «Ideal Men», «Axloqiy Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.0‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.O‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi,men endi «katta bo‘lib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko‘rsatgan.Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bog‘liq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon boiadi: ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo‘polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va b. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. O‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo boiadi. O‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy4 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bog‘liq.Sog‘lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0‘smirlarda ko‘p uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq.0‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq ravishda o‘smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratishadi.0‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarishlarga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi. Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishiga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan illyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. O‘smirlik egotsentrizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afsona - bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda tengdoshlari bilan o‘z hissiyotlarini bo‘lishish, ular bilan yaqin ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin.Men konsepsiyasi- o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi.0‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini,o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0‘smirlarning o‘zi bilan bog‘liq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bog‘liq.Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchiliklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bog‘liq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsatiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi.0‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholashga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. O‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi.0‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muammosi bilan bog’liq. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shaxsiy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi.
Tadqiqotda ilgari surilgan nazariy masalalar hamda amalga oshirilgan amaliy tajribalar uning natijasini aniqlashni taqozo etadi. Yakuniy tajriba-sinov ishlari 2012-2013 yillarda Qarshi tumanidagi 25–o‘rta umumta’lim maktabida olib borilib, unda jami 8 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va 63 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan 32 nafari tajriba guruhi o‘quvchilari va 31 nafari nazorat sinfi o‘quvchilari edi. Shakllantiruvchi tajriba bosqichida ham tajriba-sinov ishlari ta’kidlovchi tajriba jarayonida foydalanilgan metodlar yordamida muallif tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib borildi. Amaliy ishlarda maktab tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning darajalari, ularning amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish holatlari aniqlandi. Bu holat quyidagicha izohlanadi: 1. Mavjud nazariy-pedagogik bilimlarning o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining pastligi. (Ayniqsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida nazariy bilimlarning yetishmasligi) 2. Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligining yuqori darajada emasligi. 3. O‘qituvchilarga tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga oid nazariy, amaliy va metodik yordamning zaruriyati mavjudligi. Tajriba-sinov ishlarining asosiy bosqichida, sinf rahbarlari bilan birgalikda (tajriba sinfida) ko‘pgina texnologiyalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etdik. Tadbirlar tahlilining ko‘rsatishicha, texnologiyalashtirilgan tadbir natijasida o‘quvchilarda quyidagi sifat (xislat)larning barkamol shaxs qiyofasida aks etishi muhim ekanligi qayd etildi: - vatanparvarlik va milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usiga egalik; - davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ga nisbatan chuqur hurmat bildirish; - millat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish hamda ularning taqdiri uchun mas’uliyatli bo‘lish; - ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat; - ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy qadriyatlarning ahamiyatini chuqur anglash va ularni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazishga g‘amxo‘rlik qilish; - halol, rostgo‘y, mehr-shafqatli bo‘lish; - g‘ayratli, tashkilotchi va tashabbuskor bo‘lish; - faoliyatda qat’iyatli, xushmuomala va tartibli bo‘lish; - mustaqil va o‘z nuqtai nazarini erkin ifodalay olish; - muomala madaniyatini egallay olish; - vaqtdan unumli foydalana bilish. Bundan tashqari o‘quvchilar bilan “Ona tabiat qo‘yniga” sayohat mashg‘ulotini ham tashkil etdik. Bunda o‘quvchilar “Tabiatdagi bahoriy o‘zgarishlar”, “Tabiatning ham joni bormi?”, 59 “Qushlar nima deydi?”, “Gul go‘zallik ramzimi?”, “Tabitani asrash uchun nima qila olaman?” kabi savollarga javob oldilar. Sayohatdan so‘ng o‘quvchilarning tasurotlari davra suhbati asosida xulosalandi. Sayohatdan o‘quvchilarning taasurotlari bir olam bo‘ldi.5 Ayniqsa, ularning ona tabiatga nisbatan munosabatlari tubdan o‘zgardi, desak adashmaymiz. Bolalar o‘z javoblarida tabatning ham joni bor ekanligi, unga ozor bermaslik lozimligini qayta-qayta takrorladilar. Tajriba-sinov ishlarining asosiy qismi bahor oylariga to‘g‘ri kelganligi bois boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan “Navro‘zi olam”, “Gullar bazmi”, “Qushlar bayrami” kabi tadbirlarni tashkil qildik. Ushbu tadbirlarni yil boshida sinf rahbari bilan kelishgan holda uning ish rejasiga kiritdik. Har bir tadbirni boshlanishdan bir oy oldin tadbir yuzasidan material to‘plashga kirishdik. Tadbir ishlanmasini tuzishda albatta uni texnologiyalashtirishga alohida ahamiyat qaratdik. Bu borada o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini ham inobatda oldik. Ayniqsa, tadbirni tashkil etishda o‘quvchilarning yosh xususyaitlari va ularning imkoniyatlari darajasini alohida yodda tutdik. O‘quvchilar bajara oldigan rollar, turli boshqotirma va boshqa o‘yinlarni ularning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda tanladik. Shuni alohida yodda tutish kerakki, tadbir jarayonida ko‘plab pedagogik texnologiya shakllaridan foydalanish mumkin, ammo tadbirlar ommaviy shaklda o‘tishini hisobga olganda ko‘proq guruhlarda ishlash metodlarini tanlash maqsadga muvofiq. Biz yuqoridagi boblarda ta’kidlaganimizdek, tarbiyaviy tadbirlarda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda faollik, ishchanlik, qiziquvchanlik, maqsad sari intilish, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, guruh sha’nini himoya qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shubhasiz biz tashkil etgan tadbirlarda ham o‘quvchilarda ushbu ijobiy sifatlar shakllanganligi kuzatdik. Yuqorida qayd etilgan sifatlar tajriba-sinov ishlari davrida tajriba guruhiga biriktirilgan respondent-o‘quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli tashkil etilishiga erishildi. Mazkur fikrni tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi. Tajriba natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar respondent-o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovlar, testlar, ertaliklar, sayohat natijalarilarni tahlil etish asosida hosil qilindi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda o'smirlar bilan ishlashning asosiy yo'nalishlari ayniqsa, o'smirlar va ota-onalar o'rtasidagi ziddiyat manbai bo'ladi. O'smirlar bilan har bir shaxsning, shu jumladan ota-onaning o'ziga nisbatan huquq va majburiyatlari muammosini muhokama qilish muhimdir. Voyaga etganlik tuyg'usining individual namoyon bo'lishiga kattalar, ayniqsa ota-onalar bolada qanday xulq-atvorni rivojlantirish zarur deb hisoblaganligi va shunga ko'ra, ular unga qanday munosabatda bo'lishlari va qilishlari muhim ta'sir ko'rsatadi. Shunday qilib, itoatkorlik, “kattalar”ga to‘liq bo‘ysunish talabi boshqa odamlarga moslashish, ularning xohish-istaklariga “moslashish” qobiliyatini rivojlanishiga olib keladi.Bunday adaptiv munosabat shakllangan o‘smir kattalardan mustaqilligini tan olishga intiladi. , bir vaqtning o'zida ularga o'zini qarama-qarshi qo'yadi.Bunday o'smirlar ko'pincha o'zlarini tengdoshlari guruhiga aylantiradilar, ular ilgari kattalar talablariga bo'ysunganlari kabi, guruh talablariga to'liq bo'ysunib, ularning xohishlariga "moslasha boshlaydilar". Shaxsning shakllanishida o'smirlik yoshi, o'zining ijtimoiy va biologik rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Ulkan hayot yo'lining mana shu muhim bir qismida, katta yoshdagi o'smir o'z oldiga kim bo'lish, nima, qanday va nima uchun erishish kabi masalalarni hal etishga to'g'ri keladi. Masalalarni qanday qo'yishni va jamiyat bilan uyg'unligi shaxsning kelajakdagi keng istiqboliga bog'langan holda, uning faolligi, barqarorligi, ma'naviy pokligi, maqsadga yo'nalganligi, betakrorligi, ijtimoiy va psixologik jihatdan mazmundorligi jamiyat uchun ham qimmatlidir. O'smirlik davrining qiyin davr bo'lishi ko'p jihatdan o'smir ruhiyatidagi o'zgarishlarni hisobga olmagan holda nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish sababli namoyon bo'lishi mumkin.
ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.I.A. Karimov Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma`naviyat, 2008.
2.Adizova T.M. O`quvchilarning shaxslararo munosabatlarini psixologik diagnostikasi va korrektsion ishlari.- Toshkent, TDPU, 1997.
3.Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi halq merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.
4. Nishonova Z.T. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. Toshkent. Nizomiy nomli TDPU, 2004 y
5. Nishanova Z., Qurbonova Z., Abdiev S., To`laganova SH. Psixodiagnostika. O`quv qo`llanma. -Toshkent , 2008. 7.Davletshin M.G., To`ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2002.
6.Jalilova S. “Shaxs va shaxslararo munosabatlarni o`rganishning proektiv metodikalari”, Toshkent, Nizomiy nomli TDPU, 2006.
7.Kamilova N.G. Muammoli o`smir: tashxis, tadqiqot metodlari. O`quv qo`llanma. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2004.
8. Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.
9. G`oziyev E. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik, 1- kitob Toshkent «Universitet» nashriyoti , 2002.
10. G`oziyev E., Holmuhammedov M., Ibroximov X. Psixologiya metodologiyasi. Psixolog mutaxassisligi uchun o`quv qo`llanma. Toshkent M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, 2002.
11. Internet kutubxona: 1. www.google.uz 2. www.psy.ru 3. www.ziyonet.uz 4. www.doc.uz
12. https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston-yoshlariga-yaratilayotgan-yangi-imkoniyatlar-renessans-poydevori


1 https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston-yoshlariga-yaratilayotgan-yangi-imkoniyatlar-renessans-poydevori

2 Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi halq merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.

3 Jalilova S. “Shaxs va shaxslararo munosabatlarni o`rganishning proektiv metodikalari”, Toshkent, Nizomiy nomli TDPU, 2006.

4 Kamilova N.G. Muammoli o`smir: tashxis, tadqiqot metodlari. O`quv qo`llanma. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2004.

5 G`oziyev E. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik, 1- kitob Toshkent «Universitet» nashriyoti , 2002


Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə