Pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs sifatlari va tasavvurlarini o`rganishning natijalari



Yüklə 144,98 Kb.
səhifə6/7
tarix31.12.2021
ölçüsü144,98 Kb.
#81638
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi kichik

2.2 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs sifatlari va tasavvurlarini o`rganishning natijalari

Tadqiqotimizda kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq atvor tasavvurlarini , ularning milliy an`ana va urf-odatlarga nisbatan munosabatlarini

anketa va kuzatish metodlari yordamida o`rganishni davom ettirdik. Ular xulqatvorining qay darajada shakllanganligini aniqlash uchun mukammal, standartlashgan, amaliyotda qo`llanilgan, mashhur Timoti Lirining «Xarakter

xususiyati» deb nomlangan testidan foydalandik. Bu test inson xarakter xususiyatlarining qay darajada rivojlanganligini, o`z-o`ziga nisbatan munosabatini baholashga yordam beradi. Bu test yordamida insonning xarakter

xususiyatlari 8 ta bo`limda to`la, batafsil aniqlanadi va ular quyidagilardan

tashkil topadi.

1. Ustunlilik-hokimlikka intilish.

8 va undan past ballar to`plagan o`quvchi o`ziga ishonadigan, yaxshi maslahatchi bo`la olish, tashkilotchilik va murabbiylik, yo`lboshchilik hislatlarini namoyon qiladi. 8 balldan yuqori ball olgan o`quvchi tanqidni

yoqtirmaslik, o`z imkoniyatlarini yuqori baholash, donishmandlarcha gapirish,

boshqalar ustidan xukmronlik qilish, buyruq berish ehtiyojining kuchliligi kabi

hislatlarni namoyon qiladi.

2. Mustaqillik-xudbinlik.

8 va undan past ballarni yiqqan o`quvchilarda o`ziga ishonch, mustaqillik,

kurashuvchanlik xususiyatlari namoyon bo`ladi. 8 dan yuqori ballarga ega

bo`lgan o`quvchilarda esa o`ziga bino qo`yish, o`zini boshqalardan ustun

qo`yish, boshqalar fikrini mensimasdan va o`z fikrini to`g`ri, deb tasdiqlash

hislatlari mavjuddir.

3. Talabchanlik-tajovuzkorlik.

8 ballgacha ko`rsatgichga erishgan o`quvchilarda samimiylik, to`g`riso`zlik, maqsadga erishish yo`lida sobitqadamlilik ustunlik qiladi. 8 balldan yuqori o`rinni egallaganlarda esa haddan tashqari qaysarlik, o`jarlik, o`zini tuta olmaslik kabi hislatlari mavjudligi kuzatiladi.

4. Ishonchsizlik-shubxalanuvchanlik.

8 ballgacha ko`rsatkichni egallagan o`quvchilarda fikrlash va faoliyatni aniqligi, shubxalanish, kelisha olmaslik illatlari kuzatiladi. 8 balldan yuqori

darajada esa qasoskorlik, tanqidni yoqtirmaslik, atrofdagilarga ishonchsizlik

bilan qarash kabi hislatlar namoyon bo`ladi.

5. Uyatchanlik-yuvoshlik.

8 balldan kam to`plagan o`quvchida kamtarlik, uyatchanlik, boshqalar vazifasini o`z zimmasiga olish kabi xususiyatlar kuzatiladi. 8 balldan yuqorida

esa batamom bo`ysunuvchanlik, o`zini pastga urish, aybdorlik xissasining

yuqoriligi ko`zga tashlanadi.

6. Ishonuvchan-tobelik.

8 ballgacha boshqalarning yordami va ishonchiga muhtojlik, tan olinishga nisbatan muhtojlik, 8 balldan yuqorida esa to`la tobelik, faqat boshqalar fikri

bilan ish yuritish kabi hislatlar ko`zga tashlanadi.

7. Rahmdillik-hamkorlik.

8 ballgacha boshqalar bilan hamkorlik qilish, atrofdagilarga nisbatan samimiy bo`lish kuzatilsa, 8 balldan yuqorida esa o`ta kelishuvchanlik, o`z

do`stligini haddan ziyod bildirib turish, boshqalarmanfaati yo`lida tinimsizligini

namoyish qilish kabi hislatlar uchraydi.

8. Xushmuomalalik-fidoyilik.

8 ballgacha har doim yordam berishga tayyorlik, javobgarlik xissining yuqori darajadaligini ko`rsatadi. 8 balldan yuqori ball to`plagan o`quvchilar esa ko`ngilchanglik, o`ta javobgarlik, o`zgalar manfaati uchun kurashish, altruizm

hislatlarining namoyon bo`lishi tavsiflanadi.

Qo`llanilgan metodika qisqa tavsifnomalar tizimi ko`rinishiga ega. Ular

bo`yicha har bir sinaluvchi o`ziga, o`z «Men»ga baho beradi. Ushbu kuzatish jarayonidagi shaxsning «men»i uning obrazidir. Undagi 128 ta savol tavsifining har biri o`zining tartib raqamiga egadir. Metodikasining modifikatsiyalashtirilgan turida maxsus setka, ya`ni javob varog`i ko`zda

tutilgan. Unda 1 dan 128 gacha bo`lgan raqamlar shunday ballarni hisoblashga

va tez bajarishga imkon beradi. Sinaluvchi o`zini punktlar bo`yicha baholayotganda setkada o`ziga mos keluvchi tavsiflarning 1 raqami bilan belgilashi, o`ziga to`g`ri kelmagan savollarni esa ochiq qoldirishi mumkin.

Tajribada quyidagi ko`rsatmadan foydalanish sinaluvchilarga taklif etiladi: sizning qarshingizda insonga xos turli fazilatlar jamlangan savollar varog`i turibdi. Siz ularning har birini diqqat bilan o`qib chiqishingiz va ular sizga to`g`ri kelishi yoki kelmasligini aniqlashingiz zarur. Aniqlashingiz zarur. Agar u to`g`ri kelsa, sizning javoblaringizni qayd etuvchi maxsus setkada kerakli tartib raqamiga «1» sonini qo`ying, mabodo to`g`ri kelmasa, u holda hech qanday belgi qo`ymang. Iloji boricha diqqat bilan oshkora bajaring. Toki sizni qaytadan tadqiq etish zarurati tug`ilmasin. Shunday qilib, «siz, qanday

shaxs – siz?». Shu o`rinda biz olingan ma`lumotlarni qayta ishlash uchun metodikaning ba`zi bir muhim tomonlarini tushuntirib o`tamiz.

0 dan 16 gacha bo`lgan oktantlar bo`yicha son ko`rsatkichlari oktantning raqamiga mos keladigan koordinataga joylashtiriladi. Ular orasidagi masofa 4 ga bo`linadi: 0, 4, 8, 12, 16 har bir oktant bo`yicha olingan ballarga muvofiq satxda chiziqlar tortiladi. Ko`proq belgilangan oktantlar individning shaxslararo munosabatlarining ko`pincha namoyon bo`ladigan xususiyatlariga to`g`ri keladi.

8 balldan oshmagan xususiyatlar uyg`un rivojlangan shaxslarga taaluqliligini

bildiradi. 14-16 sathga etadigan ballar ijtimoiy moslashuvning qiyinligidan

dalolat beradi. Shaxslar orasidagi munosabatlarning birinchi tipi – I, II, III, IV, ya`ni I va II oktantlar fikrlashda mustaqillik, o`z nuqtai nazarini himoya qilish, liderlikka, ustunlikka moyillik bilan farqlansa, III va IV oktantlar esa salbiy oqimlarning ortiqliligi va janjalga, konfliktga, nizoga moyilligi bilan tavsiflanadi.

Qolgan boshqa 4 ta oktantlar V, VI, VII, VIII, - umumiy qarama-qarshi ko`rinishga ega. Bu oktantdagi ballarning mavjudligi atrofdagilarga qo`shilish,

murosaga moyillik, qat`iyatsizlik xususiyatlarining namoyon bo`lishi bilan

farqlanadi.

Shuni eslatib o`tish joizki, bu eksperiment ob`ektidagi maktablarning 226

nafar yuqori sinf o`quvchilaridan taxminan 80 nafari pedagogik-psixologik tajriba uchun tanlab olinadi. Bulardan tashqari boshqa ob`ektlarda ham qo`shimcha tajribalar o`tkaziladi va qo`shimcha metodikalardan foydalaniladi. Ushbu test bo`yicha olingan natijalar 1-jadvalda mujassamlashtirildi. Har ikkala guruh o`quvchilarining har bir oktantlar bo`yicha to`plagan ballarining yig`indisini ularning soniga bo`lib, so`ng har ikkala guruh qatnashchilarida mazkur hislatlarning qay darajada rivojlanganligini o`rtacha arifmetik qiymati hisoblab chiqildi.




Olingan natijalardan ko`rinib turibdii, Ustunlilik – hokimlikka intilish hislatlari uchun tajriba guruhi 8,9 ball, nazorat guruhi 8,7 ballni to`plashga erishgan. Bu degani, ya`ni 8 balldan yuqorisi o`z imkoniyatlarini oshirishni, tanqidni yoqtirmaslikni bildiradi. Har ikkala guruh o`quvchilarida bu xususiyatlar juda rivojlanmagan bo`lsa-da, lekin hislatlarni yo`q deyishga xulq atvor xaqqimiz ham yo`q.

Mustaqillik-xudbinlik hislatlari uchun to`plangan ballar soni har ikkala

guruhda ham 8 balldan kichik, ya`ni bu omil o`quvchilarda o`ziga ishonch,

mustaqillik, kurashuvchanlik hislatlarining shakllanganligini ifodalaydi.

Talabchanlik-tajovuzkorlik kabi hislatlar tajriba guruhi o`quvchilarida 8,7

ballni tashkil qilgan, ya`ni ularda qaysarlik, jahldorlik, o`zini tuta olmaslik,

tundlik hislatlari mavjuddir. Nazorat guruhida esa 7,1 ball yig`ilgan bo`lib,

mazkur guruh a`zolarida samimiylik, to`g`riso`zlik, mqsadga erishishda sobitqadamlilik mavjudligini bildiradi.

Ishonchsizlik-shubhalanuvchanlik hislatlari bo`yicha olingan natija har

ikkala guruhda ham yig`ilgan ballarning qiymati 8 balldan kichik, demak har

ikkala guruh a`zolarida fikrlash va xatti-harakatlarning aniqligi, shubhalanish va

olmaslik hislatlari mavjud ekanligidan dalolat beradi.

Uyatchanlik-yuvoshlik sifatlari bo`yicha to`plangan ballar yig`indisi har

ikkala guruhda ham 8 balldan yuqori, ya`ni bo`ysunuvchanlik, o`zini pastga

urish, ko`p hollarda o`zini aybdor deb xis qilish kabi xususiyatlar shu guruh

o`quvchilariga xosdir.

Ishonuvchanlik-tobelik hislatlari yuzasidan tajriba guruhida umumiy

ballar 10,1 ko`rsatgichni bergan bo`lsa, nazorat guruhida bu raqam 10,2

ko`rsatgichni tashkil qiladi. Har ikkala guruhda buhislatni, ya`ni boshqalar fikri

bilan ish ko`rish, kelishuvchanlikni juda yuqori darajada rivojlanganligini

ko`rsatadi.

Rahmdillik-hamkorlik hislatlari ham ikkala guruh o`quvchilarida 8

balldan yuqori ko`rsatkich mavjuddir. Kelishuvchanlik, o`z do`stligini xaddan

ziyod bildirib turish, boshqalar manfaati yo`lida tinim bilmaslik kabi xususiyatlar har ikkala guruh o`quvchilarida bir xil shakllanganligi namoyon

bo`ldi.

Xushmomilalik-fidoyilik hislatlari tajriba guruh o`quvchilarida 10,4 ballni

tashkil qilgan bo`lsa, nazorat guruhida u 10,2 ballga egadir, ya`ni har ikkala

guruh o`quvchilarida ko`ngilchanlik, javobgarlik, o`zgalar manfaati uchun kurashish, al`turizm kabi xulq-atvorning sifatlari shakllanganligi bo`yicha yaqinlik, o`xshashlik mavjuddir.

Eksperiment natijalari metodikada nazarda tutilgan hislatlarning har ikkala guruh o`quvchilarida deyarli bir xil rivojlanganligini aniqlab berdi. Bu yuqorida berilgan oktantlar bo`yicha xulq-atvorning o`zbek etnik xarakteriga xos bo`lgan hislatlarni ham ko`rishimizmumkin, bular: hamkorlik, tobelik, uyatchanlik, kamsuqumlik, itoatkorlik, bo`ysunuvchanlik, kelishuvchanlik, xukmronlik, javobgarlik, mas`uliyatlilik, mehmondo`stlik, kengfe`llik kabilardir. Bu hislatlarning xulq-atvorda mavjudligi o`zbeklar milliy xarakteri va psixik qiyofasidagi eng asosiy xususiyatlaridan bo`lmish o`troqlik darajasining yuqori ekanligi xatti-harakat, xulq shakllarini tanlashda qo`ni-qo`shnilar, qarindosh-urug`lar, mahalla ahliga moslashtirish ko`nikmalarining kuchliligi bilan izohlanadi.

O`tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari tahlili orqali o`quvchilarda mustaqillik, ustunlilik, o`ziga ishonch xususiyatlarining etarli darajada shakllanmaganligini ko`rishimiz mumkin. Xuddi shuningdek, xulq-atvorning

salbiy hislatlari, ya`ni illatlari: ishonchsizlik, shubhalanuvchanlik, o`zgalar bilan

kelisha olmaslik, tez-tez tushkunlikka tushib qolish kabilarning mavjudligi,

tobelik, o`ta itoatkorlik o`quvchilarning xarakterida rivojlanganligi ham

tajribada aniqlandi.

Xulosa

Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning xulq atvor shakllanishida tashqi muhitning, ya`ni milliy an`ana va urf-odatlarning ta`siri uqidagi mavjud qarashlar, nazariyalar va yo`nalishlar tahlili bu muammoni davr



uchun dolzarb ekanligini dalillab berdi. Birinchidan, tajriba natijalariga ko`ra, xulq atvor tasavvurlari faoliyatning u yoki bu turiga nisbatan munosabatidaaks etishidan kelib chiqib, milliy an`ana va urf-odatlarga ilk o`spirinlarning munosabatini tekshirish, ular xulq-atvorida namoyon bo`ladigan kelishuvchanlik, hukmronlik, mustaqillik, mas`uliyatlilik, bo`ysunuvchanlik, hamkorlik, tobelik, uyatchanlik, shubhalanuvchanlik, ishonchsizlik, jamoatchilik, tashkilotchilik singari hislatlar ustuvorligi namoyon bo`ldi.

Ikkinchidan, shaxs xulq atvor tasavvurlarining shak llanishi uning xulq-atvorida ma`lum sifatlarni namoyon qilish mumkinligi borasidagi mustaqil davlatlar xamdo`stligi mamlakatlari va respublikamiz olimlari tomonidan olib

borilgan ilmiy nazariyalar va ilmiy qarashlarga tanqidiy yondoshildi va o`rganildi. Ularning bu borada olib borgan ilmiy ishlarining salmog`i belgilandi.

Uchinchidan, kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning xulq atvor tasavvurlariga milliy an`analar va ijti.moiy omillar ta`sirini o`rganishning muhim metodologiyasi hamda tadbiq etish usullari maqsadli tarzda ishlab

chiqildi. Aniq maqsad va mazmunga ega ijtimoiy ta`sirlar dars va darsdan

tashqari tashkil etilgan tadbirlar o`quvchilar hulq atvor tasavvurlariga bevosita

ta`sir etishi va undagi adaptiv-o`zgaruvchan va moslashuvchan sifatlarini shakllantirishi isbot qilindi. Ya`ni adaptiv hislatlarning ayni vaziyatlarda takrorlanishi shaxsning hulq atvor fazilatlari shakllanishiga asos bo`ldi. To`rtinchidan, mahalla, oila, maktab muhitida milliy urf-odat va an`analar o`spirin hulq atvor tasavvurlaridagi barqaror hislatlar shakllanishi uchun shartsharoit ekanligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlandi. Olingan natijalar tahliliga qaraganda, oila ta`sirida kelishuvchanlik, bo`ysunuvchanlik, tobelik, uyatchanglik, itoatkorlik hislatlarining shakllanishi muqarrardir. Tajribalarda

to`plangan ma`lumotlarga binoan maktab va mahalla jamoatchiligi ta`sirida

hukmronlik, mustaqillik, hamkorlik, javobgarlik, mas`uliyatlilik, ustunlilik,

kelishuvchanlik, boshliqlik, rahbarlikka intilish, xushchaqchaqlik, vazminlik

kabi hislatlar, shuningdek, shaxsning o`z-o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalovchi manmanlik, shubhalanuvchanlik, ishonchsizlik kabi illatlar o`spirinlar xulq-atvorida shakllanishi ko`zga tashlandi. Etik suhbatlarda milliy

odob-ahloq namunalari aks etgan materiallar, donishmandlarning tarbiya borasidagi qarashlari, rivoyat va afsonalari, o`quvchilarning fikr-mulohazalari,

uni o`z xatti-harakatiga tadbiq qilishlari kuzatildi. Bularning barchasi ilgari

surilgan gipotezalarning tasdiqlanishiga to`la imkon yaratdi. Darslardagi milliy

urf-odatlar, udumlar aks etgan o`zbek yozuvchilarining asarlaridagi milliy

xususiyatlarga e`tibor hozirgi kunimizdagi urf-odatlarga solishtirilib, xalqimiz

tomonidan ularga amal qilinayotganligi, o`quvchilar esa ularga bevosita kundalik xayotda ahamiyat berayotganliklari tug`risidagi fikrlar ijobiy ta`sir

natijasidir. Asar qahramonlarining milliy madaniyati va ma`naviyatiga alohida

e`tibor berilib, hozirgi kundagi kishilar hulq atvor tasavvurlari bilan solishtirilishi evaziga sinaluvchilarda milliylik tuyg`usi shakllandi. Mashg`ulotlardagi o`zbek milliy urf-odatlari va udumlarining kelib chiqishi,

mohiyati, kishilar xulqini boshqarishdagi roli to`g`risidagi ma`lumotlar, rolli

o`yinlar ularda hulq atvor tasavvurlarini barqarorlashtirishga ta`sirchan vosita

ekanligini ko`rsatdi. Mahalla jamoatchiligi ta`sirida uning faollari ko`magi bilan

uyushtirilgan ijtimoiy faollikka etaklovchi tadbirlar (hasharlar) taqlid, ta`sirot,

ta`sirga berilish vositalari ijobiy hislatlar tarkib toptirishga olib kelishi dalillandi.

Noan`anaviy darslar ta`sirida o`quvchilarni mustaqil dars tashkil qilishlari, faol

ishtirok etishlari, mavzuga oid adabiyotlarni mustaqil ravishda o`rganishlari, o`z

fikrlarini bayon etishlari, o`zaro qo`llab-quvvatlashlari, o`rtoqlari fikrini tinglashlari va mulohaza qilishlari hulq atvor tasavvurlari shakllanayotganligidan dalolat beradi.


Yüklə 144,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə