Pedagogika va psixologiya yo’nalishi


II BOB Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq atvoriga



Yüklə 144,98 Kb.
səhifə5/7
tarix31.12.2021
ölçüsü144,98 Kb.
#81638
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi kichik

II BOB Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq atvoriga

ta`sirini o`rganishning metodologiyasi

2.1 O`quvchilar xulq atvoriga ta`sirini o`rganishning metodologiyasi

Har bir xalqning psixologik xususiyatlari milliy xarakterida, qobiliyatlari,

didida, uning ijtimoiy tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanib kelayotgan

barqaror hislatlarida mavjud bo`ladi. Xalqning ruhiy holati uning milliy

madaniyatida, tilida, ya`ni adabiyotida, me`morchiligida, qo`shiq, musiqa,

kiyinish va urf-odatlarda aks etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot xalq madaniyatining umumiy mazmunini

o`zgartirsa ham, ajdodlar yaratgan ma`naviyatdagi ilg`or mazmun va shakllarini,

xalqning milliy va ruhiy xarakterini ifodalovchi va bashariyatga xizmat qiladigan tomonlarini saqlab qoladi. Ana shularga ko`ra an`analarni avlodlar

birligi va bolanishini ifoda etuvchi vosita sifatida talqin qilish maqsadga

muvofiq.

An`analar tarixiga nazar tashlasak, madaniyatshunos olim U.Qoraboevning ma`lumot berishicha, an`analarning ilk shakllari ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Olim o`sha paytdagi «Orgaist bayramlar»ni misol qilib

keltiradi. Bu an`anadagi «erkaklikka o`tish» marosimini u quyidagicha ta`riflaydi: «O`spirin bu marosimga uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rib, o`zining

hayotga tayyorligi va kuchini namoyish qilishga intilgan. U marosimda qiynalgan, sinalgan, xullas, imtixondan o`tkazilgan. So`ng esa u bolalik odatlarini tashlab, kattalarga qo`shilgan, birga ovga borib mehnat qilgan».

Urf-odat – ma`lum sharoit ta`sirida vujudga kelib, kishilar turmushiga

singib ketgan, kundalik hayotda uchrab va ma`lum muddatda takrorlanib

turuvchi xatti-harakat, ko`pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalaridir.

Marosim-inson hayotida muhim burilish daqiqalarini qayd etadigan,

rasmiylashtiradigan, bevosita kishilar guvohligida va ruhiy ko`tarinkilik vaziyatida o`tadigan, bajarilish qat`iy ketma-ketlikda talab qilinadigan, o`zining

umum qabul qilingan ramziy harakatlariga va tuzilishiga ega bo`lgan hayotiy

tadbirdir. Milliy an`analar va urf-odat ahamiyat jihatidan bir-biriga yaqin

tushunchalardir, lekin teng kuchli tushunchalar deya olmaymiz. Chunki birinchidan, milliy urf-odat va an`analarning umumiyligi hulq atvor hayot

mahsulidir. Ikkinchidan, avloddan-avlodga o`tib boradi, uchinchidan, kishilar

fikri va tuyg`ularini mustahkamlaydi, qolaversa, ularni birlashtirib turuvchi

kuchli vositaga aylanib qolishligidir.

Tashqi qo`zg`atuvchilar bo`lib hisoblanmish milliy urf-odatlar va an`analarni bola o`zlashtirmaganiga qaramay, unga ta`sir eta oladi. Inson

odatlarni to`liq o`zlashtirib olganidan so`ng uningichki boshqaruv funktsiyasiga

aylanadi.

Har bir harakat va faoliyatga undovchi kuch bu motiv hisoblanadi.

Ehtiyoj, esa harakatga undovchi anglanilgan motiv vazifasini bajarishi mumkin.

An`analar tarkibidagi odatni ado etish kezida shaxsning hulq atvor ehtiyojini

milliy urf-odatlar va an`analarni bajarish vujudga keltiladi. U yoki bu urf-odat

va an`anani bajarish uchun shaxsda unga nisbatan qiziqish tuyg`usi paydo

bo`lishi lozim, bu esa o`z navbatida uning xulqini ma`lum qoidalar asosida

tartibga solib turadi. Ehtiyoj bilan uzviy bog`liq bo`lgan motivlar uni harakat

qilishga undaydi. Masalan: milliy urf-odat hisoblanmish hasharni olib qaraylik.

Ko`pchilik, umumiyat bilan bajarilgan hamkorlikdagi mehnat hamisha qatnashchilarda jo`shqinlik, xo`sh kayfiyat, o`z kuchiga ishonch tuyg`ularini

uyg`otadi. Bu esa o`z navbatida mehnat mahsulini mukammal, puxta, chidamli

bo`lishini ta`minlaydi. Hasharda shaxslararo munosabatning tub mohiyatini

yuzaga kelishi tufayli norasmiy liderlar paydo bo`lishi natijasida kimdir maslahatchi bo`ladi, kimdir boshqaradi, yana kimdiro`zining nimaga qodirligini

namoyish qilishga intiladi. Umumiyat bilan ijro etilgan faoliyat mahsulining

sifati yuksak bo`ladi. Hasharda qatnashish orqali shaxslarning bir-biri bilan

muomila va muloqotda bo`lish ehtiyoji qondiriladiki, bunday ruhiy holatlar

hazil-mutoiba, olqish-duolar va ma`qullash shaklidaamalga oshiriladi. Ularning

hayotiyligi, ruhiy taskin bera olishi, ishtirokchiga nisbatan psixologik ta`sir

o`tkazishning eng o`tkir, eng kuchli vositalaridan biri hisoblanganligi bilan

odamlarni umidvorlikka, ijobiy hislatlar sari chorlaydi. Shaxs tomonidan urf-odatlar va an`analarning nechog`lik o`zlashtirilganligi, ongga singdirib yuborilganligi uning xulqini boshqaruvchanlik omilligidan dalolat beradi. Inson u yoki bu tarzdagi aniq harakatni amalga oshirishda motivlar kurashi yuz beradi, lekin haqiqiy qo`zg`atuvchi kuch uning qiziqishi va ehtiyojlaridayotadi.

Muayyan mezonni tanlashda kishi o`z xatti-harakativa ahloqiga mos ibrat namunasini, ma`lum bir harakatni amalga oshirish uchun tayyorgarlik bosqichini

boshidan kechiradi. Agarda motivlar undovchi yunktsiyani bajarsalar, u holda

odatlar tartibga soluvchi vazifani ijro etadilar. Insonning hayoti davomida urfodatlar va an`analarning uzluksiz va ko`p muddatli ta`sir etishi natijasida aniq bir ahloqiy tayyorgarlik, ya`ni uni faoliyatga yo`naltiruvchi tayyorgarlik

vositalarini shakllantiradi. Masalan, har bir millat, elatning uyatga nisbatan qarashi bir-biridan keskin farq qiladi. Uyat tushunchasi nihoyatda nisbiy xususiyatga egadir. Janubiy Amerikadagi qadimgi hindular bir umr yalong`och yurganliklari sababli kiyim kiyishdan uyalishar ekan. O`zbek milliy urf-odatlarimizda esa (uyatning sodda ko`rinishlari) dasturxonga kattalardan oldin qo`l uzatish, kattalarni yoki mehmonlarning gapini bo`lish, voyaga etgan qizning o`z otasiga tik boqishi kabi xatti-harakatlar uyat hisoblanadi. Uyat u yoki bu xatti-harakatni nazorat etib turuvchi yuksak tuyg`udir. Muayyan urf-odat tusini olgan baror qoidadan chetga chiqish odamda ana shu tuyg`uni darhol ishga solib yuboradi, natijada regulyativ yugktsiya faoliyat ko`rsata boshlaydi.

Kichik maktab yoshi davridagi asosiy va etakchi faoliyat turi o`qishdan

iborat. Bundan tashqari, bu yoshda ularda o`zini-o`zi anglashdagi siljish ko`zga

yaqqol tashlanadi. Bu davrda o`z ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aqlzakovatlarini, qobiliyati hamda imkoniyatlarini anglashga intilish kuchayadi, faollashadi. Xulq-atvorini boshqarish, xis-tuyg`ulari va ichki kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi. Yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo`la boshlaydilar. O`zini-o`zi anglash kegizida o`zini-o`zi tarbiyalash istagi tug`iladi. O`z-o`zini tarbiyalashda ilk o`spirinlik o`zida mavjud bo`lgan nuqsonlarini yo`qotishga harakat qiladi va o`zida ijobiy sifatlarni shakllantirishga intiladi. Bunday faoliyatda o`spirinning eng muhim individual-psixologik xususiyatlari hamda hulq atvor hislatlari shakllanadi.

Odatda har bir shaxsning xulq atvor xususiyati va ularga bog`liq tasavvurlari juda xilm-xil bo`lib, bular uning irodaviy va ahloqiy sifatlariga

uzviy bog`liqdir. Bu hislatlarga iroda kuchi, mustaqillik, qat`iylik, chidamlilik, matonat, o`zini tuta bilish kabilar kiradi. Xulq-atvorning ahloqiy-hulq atvor

sifatlari–intizomlilik, mas`uliyatlilik, muruvvatlilik, samimiylik, haqqoniylik,

insonpavvarlik, kamtarlik, kengfe`llilik, tortinchoqlik, kelishuvchanlik, mehnatsevarlik kabilardan iboratdir.

Insonda ma`lum bir hulq atvor hislatning paydo bo`lishi va shakllanishi ma`lum bir qadriyatga moslanishi (yo`nalishi), ularga taxminiy baho berishida o`z aksini topadi. Sub`ekt ma`lum bir hislatni ongida loyihalashtirib olganidagina qadriyatga yo`naltirish haqida gap ketishi mumkin. Qadriyatga nisbatan yo`naltirishning shakllanishi ehtiyoj hamda faoliyatga moslashish orqali faollashadi. Ma`naviyat to`g`risidagi mulohaza yuritiladigan odamlarning xatti-harakatlariga e`tibor beriladi. Xuddi shu boisdan ma`naviyatning mohiyati xatti-harakatlarda to`la aks etadi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchining psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, oila, mahalla va ta`lim jarayonining talablari darajasi bilan u erishgan psixik kamoloti o`rtasidagi ziddiyatdan iborat bo`lib, ushbu qarama-qarshiliklar uni xulq atvor tasavvurlarining tezkor o`sishi orqali bartaraf qilinadi. «Xulq atvor tasavvur» shaxsning umumiy tasavvurlari tarkibida bo`ladi. Tasavvur – shaxsning atrof borliq to`g`risidagi bilimlari, uning shaxsiy tajribasi bilan bog`liq hodisalar tizimi. U yoki bu ob`ekt yoxud hodisa bilimning yo`qligi tasavvurning ham yo`qligidan darak beradi. Hulq atvor tasavvurlar «ma`naviyat» tushunchasi bilan uyg`unlashib, jamiyatning, millatning hamda aynan shaxsning ichki ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushunchadir.

Xulq atvor tasavvurlar – shaxsning shunday tasavvurlari tizimiki, ular

vositasida shaxs «ma`naviyat» tushunchasi atrofdagi barcha hodisa va ob`ektlarni tushunadi va ularga nisbatan ma`lum munosabatni shakllantirgan

bo`ladi. Ular ijtimoiy bo`lgani uchun ham «ma`naviyat»ning deyarli barcha

sohalarini: Vatan taqdiri bilan o`zini bog`lash, o`z Vatani tarixi bilan faxrlana olish, fan, din, diniy va milliy qadriyatlar, an`analar, insoniyat yaratgan xulq atvor durdonalar haqidagi tasavvurlarni o`z ichiga oladi.

Xulq atvor tasavvurlar ijtimoiy tasavvurlarning bir tarmog`i bo`lib, u

qotib qolgan ma`lum kognitiv narsalar emas, balki ular doimiy rivojlanishda,

harakatda va taraqqiyotda bo`ladi. Uning dastlabki bosqichi idrok qilish bosqichi

bo`lib, unda bevosita ongda aks etadigan ma`lumotlar qabul qilinishi, ular

anglanganlik va shaxs uchun zarurat nuqtai nazaridan saralanishi ro`y beradi.

Undan so`ng ikkinchi bosqich – assotsiativ bog`lanishlar bosqichi ro`y beradi,

ya`ni bunda ongdagi yangi xabarlar eskilar bilan solishtirilib, assotsiativ va xulq

atvor bog`lanishlar o`rgatiladi. Yuqoridagi ikkinchi bosqichning umumiy xususiyati umumlashtirish– generalizatsiyadir. Keyingi bosqichlar ko`proq tafakkur va tushunchalar sohasiga taaluqli bo`lib, unda har bir ma`lumot yoki xabar differentsial holda individ uchun ahamiyatlilik nuqtai nazaridan ajratiladi va shu asosda ma`lum ustanovkalar shaklida shaxs xulq-atvori yo`nalishini belgilaydi.

Ijtimoiy tasavvurlarning qayta takomillashini haqida shuni aytish lozimki,

bu jarayonda bizning fikrimizcha, qaytarilish usulimuhim rol` o`ynaydi. Lekin qayta-qayta idrok qilinayotgan narsa o`sha tinglovchi uchun ham xissiy, ham

intellektual ahamiyatga ega bo`lish kerak. Ma`lum shaxsiy ma`no va mazmun

kasb etgan qaytarishlar tasavvurlarning e`tiqotlar darajasida mustahkamlanishiga

olib kelishi mumkin. Bu o`rinda shuni hisobga olish lozimki, agar shaxsning

idrokiga etib kelayotgan ma`lumot uning ilgari sub`ektiv tasavvurlariga mos

kelsa, u to`g`ri ob`ektiv real deb tan olinadi-da, tasavvurlar tizimidan o`rin oladi,

agarda ustanovka aksincha bo`lsa va berilayotgan ma`lumotlar shaxs qarashlariga mos kelmasa, ularni «yolg`on» sifatidaqabul qilmasligi mumkin.

Ayniqsa, yoshlarda tasavvurlarning qayta qurilishi va qarashlarning o`zgarishi ancha oson kechadi. Bizning o`zbek psixologiyamizda ham milliy qadriyatlarga bo`ysunish bilan bir qatorda, avtoritetli shaxslar va guruhlar

fikriga ergashish, ularni tanqidsiz qabul qilishga moyillik yo`q emas. Shunday qilib, xulq atvor tasavvurlarning o`zgarishi avvalo tashqi omillar ta`siriga bog`liq bo`lib, bu o`zgarish jarayonida bir qancha bosqichlarni ajratishimiz mumkin.

1-bosqich. Ma`lumotlar oqimining idrok qilishini va ulardan shaxsga

ma`lum ma`noda ahamiyatlilarini ajratib olinishi.

2-bosqich. Ajratib olingan ma`lumotlarning eskilari bilan solishtirilishi va ular orasida o`zaro bog`liqliklarining qondirilishi.

3-bosqich. Kognitiv tizimda yangidan ma`lumotlarning tabaqalanishi va klassifikatsiyasini ajratilishi va unga ahamiyatsiz ma`lumotlarning qaramaqarshi qo`yilishi.

4-bosqich. Tasavvurlar «yadrosi»ning tashkil topishi va uning xulq-atvor shakllarida mustahkamlanishi.

Shunday qilib, shaxs ijtimoiy tasavvurlar tizimidan joy olgan milliy an`analar, urf-odatlarga xissiy munosabatining ijobiy va salbiy ta`siri xulqatvorda namoyon bo`ladi. Kishilarda xulq atvor qarashlar va tasavvurlar muayyan ijtimoiy madaniy shart-sharoitlarda, ijtimoiy ta`sirlar majmuining xulosasi sifatida shakllanadi. Bu jarayonda avvalo shaxsdagi ahloq normalari va qadriyatlar to`g`risidagi tushunchalar mazmuni va ularga shaxsiy munosabati muhim rol o`ynaydi. Metodologik nuqtai nazardan muhim bo`lgan ushbu holatni aniqlash maqsadida tadqiqotda kuzatish va suhbat, anketa metodlaridan foydalanish mumkin. Bu o`rindagi asosiy metodologik talab shuki, tadqiqotda muayyan guruh va davr psixologiyasiga mos, sub`ektning hayot tarzida o`z o`rni va salohiyatini olgan milliy an`analar yoki udumlar, faoliyat shakllari tanlab olinishi zarur. Masalan, o`zbek xalqi ruhiyatiga mos va tanish bo`lgan milliy an`analardan bo`lmish hashar kabi jarayonlarga shaxsning munosabatini aniqlash, bu boradagi bilimlari ko`lamini bilish, milliy an`analar va urf-odatlar orasida eng keng tarqalgan va hayotiy zaruratga aylanganlarini tarbiya vositasida qo`llash samarali omillardandir. Metodologik nuqtai nazardan yana bir jihat muhimki, xulq atvor tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo`luvchi ijtimoiy omillarning har biri aniq maqsadlarga bo`ysundirilgan bo`lishi, har birining shaxsdagi qaysi xulq-atvor ko`rinishlarini keltirib chiqarilishi kuzatilishi zarur. Masalan, maqsadli va aniq mantiqqa yo`naltirilgan darslar va darsdan tashqaritadbirlar muayyan hulq atvor tasavvurlarning boyishi va xulqda hamda shaxsdagi oddiy sifatlardan fazilatlarga aylanmog`i darkor. Maqsadli uchrashuvlar, baxslar va treyning mashg`ulotlari uchun tanlangan mavzularning aniq tuzilgan senariysi bo`lishi va u tarbiyachilar tomonidan bir necha marotaba o`quvchilar bilan faol muloqot jarayonida sinab ko`rilishi darkor. Ana shunday maqsadga bo`ysundirilgan tadbirlar, senariylar hamda dars va muloqot shakllarigina o`spirinlardagi xulq atvor hislatlarga ta`sir ko`rsatib, ularni o`zgarishiga sabab bo`ladi. Tadqiqot davomida o`quvchilardagi adaptiv hislatlar maxsus testlar va statistik usullar vositasida o`lchandi. Adaptiv sifatlar shunday sifatlar majmuiki, ular ma`lum ijtimoiy ta`sirlar (shaxsiy ta`sir, avtoritet ta`siri, guruh ta`siri yoki tazyiqi) oqibatida sharoitga va talabga mos holda shakllanadigan sifatlardir.

Demak, maxsus eksperimentlar jarayonida shakllangan xulq atvor tasavvurlar shaxs ma`naviyati asosini tashkil etadi va jamiyatning xulq atvor

barqarorligini ta`minlaydi. Ya`ni o`zbek milliy an`analari va qadriyatlarining

eng nodir durdonalari ta`lim-tarbiya jarayoniga kiritilsa, ular ushbu jarayonlardagi barcha tarbiya va hulq atvor-ma`rifiy tadbirlarga asos qilib olinib,

takrorlansa, yaqqol sharoitda shaxs hulq atvor tasavvurlari egiluvchanligi va

o`zgarishini, maqsadga yo`naltirishini ta`minlaydi. Zero, Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, «... o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga

muhabbat va hurmatini tarbiyalamasdan turib, o`z xalqiga millatlarning butun

jaxon hamjamiyatidagi tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni o`z

Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas».


Yüklə 144,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə