Pedagogikaga fanida yangi innovatsion jarayonlar kechimi va uning qonuniyatlari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#137496
növüАнализ
1   2   3   4   5   6   7   8
253-260

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
16-to’plam mart 2023 
 
255 
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini 
o‘zaro farqlaydilar. Ular;
1. Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya’ni innovatsion jarayonda 
unga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart 
sharoitlari tizimi, usullari va yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.
2. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan 
faoliyat mahsuli hisoblanadi. 
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni 
belgilashimiz mumkin bo‘ladi:
− madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) 
yondashuv;
− shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv; 

ko‘p subyektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni 
insonparvarlashtirish;
− 
individual-ijodiy 
(o‘qituvchi 
va 
talaba-o‘quvchilarning 
o‘zaro 
munosabatlari) yondashuv. O‘qituvchi va talaba-o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot 
namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi 
munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi 
unsurlardan xoli bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, 
o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Yana, ular munosabatlaridagi eng 
muhim xususiyati bu o‘qituvchi va o‘quvchining ijoddagi hamkorligidir. 
Innovatsion kasbiy faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi va 
farqlanadi:
− kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
− me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; 
− kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
− dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə