Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
68-
sahifa
Adolat
–
muayyan voeqa-hodisa, jarayon, shuningdek, shaxs xatti-
harakatlarini ularning tub mohiyatiga ko„ra haqqoniy baholash.
Anglash qobiliyati
– o„qituvchilarning ta‟lim va tarbiya jarayoni mohiyati,
qonuniyatlari,
talabalarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, ta‟lim
ishtirokchilari o„rtasidagi munosabat mazmuni, pedagogik
faoliyatni samarali
tashkil etish shartlari hamda kutiladigan natijalarni anglashga imkon beradigan
individual psixologik xususiyat.
Artikulyasiya
(lot. “articulation” < “articulare” – “aniq talaffuz qilmoq”)
nutq organ (a‟zo)larining tovush hosil qilishdagi harakatlari holati.
Baholash madaniyati
– pedagogning u yoki bu pedagogik voqelik, hodisa,
jarayonlar bo„yicha ularning mohiyatidan kelib chiqqan holda to„g„ri xulosa
chiqarish, oqilona qaror qabul qilish qobiliyatiga egaligini anglatuvchi sifat.
Bilish qobiliyati
– o„qituvchining ta‟lim jarayonining ishtirokchilari –
talabalar, ota-onalar, hamkasblar va ta‟lim muassasasining rahbarlari bilan oson
muloqotga
kirishish, ular bilan munosabatni to„g„ri yo„lga qo„yishga yordam
beradigan individual psixologik xususiyat.
Dostları ilə paylaş: