|
Pedagogning professional kompetentligi va mahorati2.3.PedagogningDiapazon
(yunon. “diapason” – “barcha (torlar) orqali”) – tovush hajmi
bo„lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi.
Diksiya
(lot. “diction” – “talaffuz qilish”) – so„zlarning aniq talaffuz
qilinishi.
Jest
(gavda, qo„l va oyoq harakatlari) – muayyan hodisa yoki ob‟ektga
nisbatan munosabatning gavda, qo„l va oyoq harakatlari yordamida ifodalanishi.
Ijtimoiy kompetentlik
– ijtimoiy munosabatlarda faollik ko„rsatish
ko„nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub‟ektlar bilan muloqotga
kirisha olish.
Individual rivojlanish dasturi
(IRD) – har bir shaxs yoki mutaxassisning
o„zida ma‟lum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish
ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur.
Innovatsion kompetentlik
– pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta‟lim
sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi
g„oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish.
Intuitsiya
(lot. “intuition” < “intueri” – “sinchiklab, diqqat bilan qaramoq”)
– mantiqiy bog„lanmagan yoki mantiqiy xulosaga kelish uchun etarli bo„lmaganda
qidiruv yo„nalishlari asosida masalani echishning tarkibini bo„lgan evrestik
(unumli ijodiy fikrlash) jarayoni.
Informatsion kompetentlik
– axborot muhitida zarur, muhim, kerakli,
foydali ma‟lumotlarni izlash, yig„ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli,
o„rinli, samarali foydalanish.
Kasbiy bilimlarni puxta o„zlashtirish madaniyati
– pedagog tomonidan
mavjud pedagogik bilimlarni puxta o„zlashtirish yo„lida amaliy harakatlarning
tashkil etilayotganligini anglatuvchi sifat.
Kasbiy ziyraklik
– o„quvchilar ruhiy holatlarini, dars, tarbiyaviy tadbirlarni
o„tkazishga bo„lgan ishtiyoqlarini to„g„ri baholash, ularning o„zaro yoki
pedagoglar bilan ziddiyatlarini anglash, o„quvchi va guruhga ta‟sir ko„rsatishda
qulay vaziyatini tanlay bilish.
|
|
|