|
Pedagogning professional kompetentligi va mahorati2.3.PedagogningNoyob qobiliyatlar
– shaxsga xos individual psixologik xususiyatning
shunday turi bo„lib, u juda kam sonli shaxslardagina kuzatiladi va ko„p
uchraydigan psixologik hodisa sanalmaydi
Nutq apparati
– nutqni hosil qilishda ishtirok etuvchi organlar.
Nutqli
(yoki tovushli)
nafas olish
(fonatsion, yunon. “phono” – “tovush”) –
nafasning nutq jarayonidagi olinishi
Nutq madaniyati
– o„z fikrini nutq yordamida mantiqli, to„g„ri, obrazli,
aniq va ifodali etkazib berish malakalarining o„zlashtirilganlik darajasi
Nutq texnikasi
– nutqni tinglovchi yoki o„quvchiga etkazishda
qo„llaniladigan vositalar majmui
Nutq hosil qiluvchi organlar
– nutqni hosil qilish jarayonida ishtirok
etuvchi organlar (o„pka, ikkita bronx, traxeya, kekirdak, bo„g„iz, hiqildoq, halqum,
tishlar, burun bo„shlig„i, lablar)
Pantomimika
– pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni
alohida ajratib ko„rsatishga, ma‟lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi
gavda, qo„l va oyoqlarning harakati
Paralingvistik tizim
(yunon. “pará” – yaqin, nem. “linguistik” – til) –
muloqot tarkibida so„zli, nazariy ma‟lumotlarniso„zsiz vositalar bilan birgalikda
uzatilishi anglatuvchi tizim.
Pedagogik bilim
– bolalarni o„qitish va tarbiyalash, ta‟lim hamda tarbiya
jarayonini tashkil etish asosida shaxsni har tomonlama kamol toptirishga doir
tizimlangan ma‟lumotlar yig„indisi
Pedagogik bilimdonlik
– 1) pedagog tomonidan mutaxassislik bilimlarining
puxta egallanganligi; pedagogning bilag„onligi; 2) pedagogning kasbiy faoliyatni
mavjud ijtimoiy talab, huquqiy me‟yor va standartlarga muvofiq tashkil etishga
bo„lgan qobilligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi
Pedagogik boshqarish
– pedagogik jarayonlarni tashkiliy-metodik jihatdan
uyushtirish (talabalar faoliyatni boshqarish; talabalar jamoasini boshqarish)
Dostları ilə paylaş: |
|
|