“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#124535
1   2   3   4   5   6   7
113-118

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-33, Issue-2, May-2023
 
117
bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta 
ahamiyat beriladi. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli 
usullar bilan yechish, ifoda bo‘yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko‘ra 
masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar 
kiradi.Ma’lumki, matematika fani abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha 
inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday 
abstrakt tuzilishi, o’zini o’zi boyitib borishi, ya’ni yangidan yangi matematik 
tushunchalar va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati 
qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Xatto 
matematik masalalarni yechish musobaqalari o’tmishda inson aqlini peshlash vositasi 
bo’lgan. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, matematikafanining eng asosiy vazifasi 
aynan o’quvchilarni o’ylashga, to’g’ri, mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga 
o’rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik 
o’quvchilarni o’ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli 
tuman masala, muammo va jumboqlarni yechish orqali o’quvchilar to’g’ri fikr yuritish, 
mantiqiy fikrlashni o’rganadilar. Maktabda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi 
o‘quvchi yoshiga mos kundalik turmushda va mehnat faoliyatida qo‘llaniladigan, 
kelajakda ta’lim olishni davom ettirishda zarur bo‘lgan matematik bilimlar va 
ko‘nikmalarini ongli ravishda mustahkam egallashni ta’minlashdan iborat. Matematika 
o‘qitish metodikasi fani bevosita falsafa, psixologiya, pedagogika, didaktika, 
matematika fanlari, chizmachilik, mantiq, tarix va boshqa fanlarga asoslanadi. 
Matematika fani nazariyasi va uni o’qitish bilan bog’liq muammolarni tadqiqot 
qilishda matematika fani va uning o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga 
olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Zamonaviy ta’limda ta’lim oluvchi uchun dars 
jarayonidan tashqari vaqtlarda ham o’z ustida ishlashlari, bilimlarini kengaytirish va 
chuqurlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə