“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#152142
1   2   3   4   5   6   7
79-84 (1)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-28, Issue-1, February - 2023
 
81
o‘ng va chap yarimshardan iborat bo‘lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan 
tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan 
tashkil topgan tashqi po‘stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. 
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qavatining qalinligi 2,5—3,0 mm 
bo‘ladi. Po‘stloq tekis bo‘lmasdan pushta va egatlardan iborat. Miya po‘stlog‘ining 
bunday tuzilishi unda nihoyatda ko‘p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon 
beradi. Binobarin, miya po‘stlog‘ida 14—16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan. 
Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir xil, 
lekin ularning tuzilishi bamisoli qo‘l kafti chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. Agar 
miya po‘stlog‘ining pushta va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 1468—
1670 sm 2 ni tashkil qiladi. Miya katta yarimsharlari peshana, chakka, tepa, ensa 
qismlariga bo‘linadi. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i mikroskopda 
tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo‘lib joylashganligi aniqlangan. 
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining turli qismlarida joylashgan nerv 
hujayralarining po‘stloq sathi funksiyasiga ko‘ra, uchta zonaga bo‘linadi: sezish, 
harakat va assotsiativ zonalar. 
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to‘plami odam tanasining barcha 
sezgi organlarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, ko‘rish, eshitish, hid 
va ta’m bilish kabi sezgi organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi. Bosh miya katta 
yarimsharlari po‘stlog‘ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to‘plami muskullar, 
paylar, bo‘g‘imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining 
barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi. 
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to‘qima va organlari bilan 
nerv yo‘llari orqali bog‘lanmagan, ular miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv 
hujayralarini (nerv markazlarini) bir-biri bilan bog‘laydi. Bu zonalar sezgi va 
harakatlanish organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi. 
Bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining 
fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, o‘zlashtirishi, eslab qolishi
boshqalar bilan muomala qilishi, madaniyati, bilim olishi, hunar o‘rganishi, murakkab 
harakatlarni bajarishi miya po‘stlog‘ining faoliyatidir. Miya po‘stlog‘ining turli 
qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. Chunonchi, 
po‘stloqning ensa qismida ko‘rish, chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki 
ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa 
markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari joylashgan 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə