“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#152142
1   2   3   4   5   6   7
79-84 (1)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-28, Issue-1, February - 2023
 
80
Katta miya 
(cerebrum)
markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan 
eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning bo‘ylama yorig‘i 
(fissura longitudinalis cerebri)
uni o‘ng va chap yarimsharlarga ajratadi. 
Yarimsharlar o‘zaro qadoq tana 
(corpus collosum) 
vositasida qo‘shilgan. 
Yarimsharlar orqa tomonda ko‘ndalang yorig’ (
fissura transversa cerebri)
vositasida 
miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi 
egatlar 
(sulci cerebri)
joylashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni bo‘laklarga 
(lobi 
cerebri)
ajratsa, mayda egatlar pushtalarni 
(gyri cerebri)
chegaralaydi. 
Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismida 
joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik 
xususiyatlariga bog‘liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning 
yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog‘liq. 
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya 
katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev ko‘prigi 
(miya ko‘prigi), o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi. 
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi orqa 
miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3—3,5 sm, 
massasi o‘rtacha 7 g bo‘ladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va 
yurak ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. 
Miya ko‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan 
o‘rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko‘prigida uchlik, ko‘z 
soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan. 
O‘rta miya Varoliyev ko‘prigining yuqorisida joylashgan bo‘lib, unda to‘rt 
tepalik: to‘rt tepalikning oldingi 2 tasida po‘stloqosti ko‘rish markazlari, orqadagi 2 ta 
tepalikda esa po‘stloqosti eshitish markazlari joylashgan. 
Oraliq miya o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya katta 
yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish 
do‘mboqlari (talamus), do‘mboqosti soha (gipotalamus) kiradi. 
Miyacha bosh miya katta yarimsharlari ensa bo‘lagining tagida joylashgan, 
massasi 150 g. 
U odam tanasidagi barcha muskullarning harakatlarini tartibli bajarilishi, 
muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. Agar miyacha shikastlansa yoki kasallansa, tana 
muskullari bo‘shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni 
bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakat qiladi. Bosh miya 
yarimsharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning ustki qismida kulrang modda 
to‘plami bo‘lib, u ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targ‘il tana. 
Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini boshqaruvchi nerv 
markazi hisoblanadi. U o‘zidan pastda joylashgan oraliq va o‘rta miya funksiyalarini 
boshqaradi. Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining tarangligi ortib, qo‘l-
oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz muskullarining tarangligi ortib, go‘yo yuzga 
niqob kiygandek bo‘ladi, ya’ni odamning har xil emotsional (xafa, xursand) holatlarini 
aniqlab bo‘lmaydi. Targ‘il tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ‘il tana 
kasallansa, oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskullarining tarangligi 
pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo‘ladi. Bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miya 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə