«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

Byudjet federalizmi  

modellari

 



13 

 

alohida hududlarni teng bo’lmagan rivojlantirish boshlandi. 



Byudjet  federalizmi  markaz  va  hududlar  o’rtasidagi  byudjet  munosabatlarini 

bildiradi.  Mahalliy  byudjetlarning  umumdavlat  xarajatlaridagi  ulushini  ko’rsatadi. 

O’zbekistonda  bu  ko’rsatkich  ancha  yuqori,  mahalliy  byudjet  xarajatlarining 

kattagina  qismini  byudjet  tashkilotlari  xodimlarining  ish  haqi  xarajatlari  va  ish 

haqidan  yagona  ijtimoiy  to’lov  tashkil  etadi.  Byudjet  federalizmi  to’g’risidagi 

nazariy  fikrlarda qayd  etilishicha, byudjet  federalizmining  samaradorligi  mahalliy 

o’z-o’zini boshqarish organlari o’z xarajatlari haqida o’zlari qaror qabul qilinganda 

va  ularni  mahalliy  soliqlar  hisobiga  qoplanganda  yuzaga  keladi.  Boshqacha  qilib 

aytganda,  markazlashtirishning  barcha  afzalliklarini  qo’lga  kiritish  va  risk 

ehtimolini  iloji  boricha  kamaytirish  uchun  tegishli  moliyaviy  resurslar  va  soliq 

daromadlarini to’g’ri shakllantirish hamda ulardan foydalanish sohasida xarajatlar 

vakolatlari bilan mustahkamlanishi kerak. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev  ta’kidlaganidek, 

«..Mamlakatimizda inson manfaatlari bilan bog’liq masalalarni hal etishda bizning 

saylovoldi  dasturimizdan  joy  olgan,  hozirgi  kunda  ishlab  chiqilayotgan  maqsadli 

dasturlar muhim o’rin tutadi. Bu dasturlar odamlarning turmush darajasi va sifatini 

yanada oshirishni ta’minlashga qaratildi. O’zbekiston Respublikasida «nafaqat eng 

kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi sub’ekt-

larda  ham  o’rtacha  ish  haqi  miqdorini,  pensiya,  stipendiya  va  ijtimoiy  nafaqalar 

hajmini  bosqichma-bosqich  ko’paytirish  e’tiborimiz  markazida  bo’ladi»

5

.Mazkur 


xarajatlar respublika byudjeti tomonidan belgilanadi va nazorat qilinadi. 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə