«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

 

 

BYUDJET TIZIMI 

 

 

 

 

 

Davlat

 byudjeti 

 

Byudjet jamg’armasini shakllantirish va foydalanish munosabatlari  



 

 

   

   

   

   

 

Byudjet tuzilishi 

 

Byudjet  mexanizmi  va  jamg’armalarni  shakllantirishning  boshqaruv 

darajalari bo’yicha me’yorlari 

 

 

 

   

   

   

   

 

Byudjet siyosati 

 

Hokimiyat  organlarining  ma’lum  bosqichda  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

samaradorlikka  erishish  maqsadida  byudjet  funktsiyalarini  amalga  oshirish 

uchun  byudjet  jarayonlarini  boshqarish  sohasidagi  harakatlari  va  tadbirlar 

tizimi 

 

 

   

   

   

   

 

Byudjet mexanizmi 

 

Byudjetga  mablag’  to’plash  va  byudjetdan  mablag’  ajratish  hamda 

byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish usullarining yig’indisi 

 

 

   

   

   

   

 

Yuridik me’yorlar 

 

Moliya  va  byudjet  sohasidagi  qonunlar,  mahalliy  o’z-o’zini  boshqaruv 

organlarining munitsipal huquqiy aktlari 

 

 

 

   

   

   

   

 

Moliya-byudjet apparati 

 

Byudjet-soliq  jarayonini  amalga  oshiradigan  davlat  va  mahalliy  hokimiyat 

organlari tarkibi 

 

 

1-rasm. Xorijiy davlatlarda byudjet tizimining tarkibi

2

 

 

Yuqoridagi  rasmda  xorijiy  davlatlardagimoliyaviy,  huquqiy  va  tashkiliy 



xarakterdagi  elementlardan  tashkil  topgan  byudjet  tizimining  tarkibi  ko’rsatilgan. 

Byudjet  tizimi  murakkab  mexanizm  bo’lib,  muayyan  mamlakatning  o’ziga  xos 

xususiyatlari,  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzulishi,  shuningdek,  davlat  qurilishini  aks 

ettiradi. Mazkur tizim muayyan davlatni tavsiflaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy 

                  

 

2



Зарипова И.Р. Хафизова В.Р. История развития и современное состояние межбюджетных  

отношение в России. УФА. ГП Принт. 2016. -С 45

.  



 

xususiyatlarning butun majmui asosida shakllanadi. 



 Iqtisodchi  V.Rodionovaning  so’zlari  bilan aytganda,  byudjet  tizimi  munosabatlari – 

jamiyat  iqtisodiy  tuzilishining  ajralmas  qismidir,  byudjet  tizimini  amal  qilishi davlat 

tomonidan  unga  tegishli  funktsiyalarni  bajarishi  uchun  zarur  moddiy-moliyaviy 

bazani  shakllantirish  bilan  ob’ektiv  ravishda  bog’lanadi.  Byudjet  tizimi  –  iqtisodiy 

munosabatlar, davlat tuzilishi va qonun normalariga asoslangan davlat, ma’muriy-

hududiy tuzilishi, byudjet munosabatlarida mustaqil bo’lgan davlat tashkilotlari va 

jamg’armalarining majmuidir. Byudjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet 

mablag’lari  oluvchilar  yig’indisini,  byudjetlarni  tashkil  etishni  va  tuzish 

printsiplarini,  byudjet  jarayonida  ular  o’rtasida,  shuningdek,  byudjetlar  o’rtasida 

vujudga keladigan o’zaro munosabatlarni o’zida ifodalaydi. 

Byudjet amaliyotida turli darajadagi mahalliy byudjetlarning mustaqilligidan 

kelib  chikqib,  ularni  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlanadi,  mintaqaviy 

daromadlar  manbalari  belgilanadi,  mahalliy  byujetlar  daromadlarini  o’z 

daromadlari  yoki  biriktirilgan  soliqlar  va  tartibga  solinuvchi  soliqlar  hisobiga 

shakllantirildi.  

Davlat byudjeti o’z iqtisodiy mohiyatiga ko’ra – YaIMni taqsimlash va qayta 

taqsimlash jarayonida paydo bo’ladigan pul munosabatlari bo’lib, davlat ixtiyoriga 

kelib  tushadigan  va  bevosita,  ijtimoiy  ta’minot,  mudofaa,  boshqaruv  ehtiyojlari 

uchun  foydalanadigan  pul  resurslarini  shakllantirish  bilan  bog’liq  jamiyat 

boyligining  bir  qismidir.  Davlat,  korxonalar,  birlashmalar,  tashkilotlar, 

muassasalar,  turli  darajadagi  byudjetlar  va  fuqarolar  byudjet  munosabatlarining 

sub’ektlari  bo’lib  hisoblanadi.  Byudjet  asosiy  moliyaviy  reja  sifatida  quyidagi 

belgilar bilan tavsiflanadi. Byudjet universal moliyaviy reja sifatida mamlakat yoki 

tegishli  hududning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyotining  barcha  sohalari  va 

yo’nalishlarini to’la kamrab oladi. Davlat byudjeti boshqa turdagi moliyaviy rejaga 

nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi. 

Jahon  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  iqtisodiyotda  byudjet  quyidagi  vazifalarni 



10 

 

bajaradi



3



-



 

mamlakatda yaratilgan YaIMni qayta taqsimlash; 



-

 

iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish; 



-

 

byudjetlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish; 



-

 

byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash;  



-

 

mamlakatda davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; 



-

 

markazlashtirilgan  pul  mablag’lari  jamg’armalarini  shakllantirish  va  undan 

foydalanishni nazorat qilish. 

 Unitar  davlatning  byudjet  tizimi  ikki  bo’g’indan  –  davlat  byudjeti  va  mahalliy 

byudjetlardan tashkil topadi. Masalan, Fransiya, Turkiya, Italiya, Yaponiya, Buyuk 

Britaniya,  Ispaniya  ikki  bo’g’inli  byudjet  tizimiga  ega.  Federativ  davlatlarning 

byudjet tizimi uch bo’g’indan iborat:  

-

 

Federal byudjet (markaziy hokimiyat byudjeti); 



-

 

Federatsiyalar byudjeti (AQShda –  Shtatlar,  Germaniyada  –  Erlar  (landlar), 

Kanada – Provintsiyalar); 

-

 

munitsipal byudjetlar. 

 Davlat  byudjeti  daromadlariga  ta’sir  qiluvchi  omillar  juda  ham  ko’p,  ularga 

quyidagilarni  misol  qilish  mumkin.  Makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar,  jumladan, 

YaIM  hajmi,  narxlarning  o’sish  darajasi,  aholining  ish  bilan  bandligi,  aholi 

daromadlari.  Shuningdek  davlatning  fiskal  siyosatini  keltirish  mumkin,  masalan, 

soliq  stavkalarini  o’zgartirish,  ular  bo’yicha  imtiyozlar  berish,  xarajatlarni 

kamaytirish yoki ko’paytirish. 

Xorijiy davlatlarning byudjet tizimi tuzilishida uchta model ko’p uchraydi.  

-

 

markazlashgan 

model– 

bu 


modelda 

xarajatlarni 

moliyalashtirish 

markazlashgan xarakterga ega, bunda quyi byudjet vakolatlari minimallashtiriladi;  



-

 

markazlashmagan model – regional va munitsipal byudjetlar mustaqil bo’lib, 

xarajatlarini 

daromadlaridan 

o’zi 

qoplaydi, 



markazdan 

aralashuv 

minimallashtiriladi; 

                  

 

3

Марченко Г.В., Мачулская О.В. Финансовие механизми межрегионалного виравнивания 



// Финанси и кредит. 2016. № 1. С. 15. 


11 

 

-



 

aralash model– byudjetni balanslashtirishda gorizantal va vertikal usullardan 

foydalaniladi, federal markazning javobgarligi oshiriladi. 

 AQSh  Konstitutsiyasiga  muvofiq,  soliq  solish  huquqini  faqat  federal  va  hududiy 

hukumatlarga  beriladi,  bu  paytda  mahalliy  organ  boshqaruvi  shtatlar  boshqaruvi 

organlari qarorlariga muvofiq soliqni belgilash va yig’ish huquqini olishadi. AQSh 

soliq  tizimining  alohida  xususiyati  shundan  iboratki,  har  bir  bo’g’in  byudjeti 

faqatgina  o’ziga  tegishli  bo’lgan  soliqlar  tushumini  hisobga  oladi  va  taqsimlash 

huquqiga  ega.  Shunday  qilib  AQShda  soliq  yig’imlari  tushumining  bir  hukumat 

tomonidan  boshqariladigan  va  turli  xil  byudjetlar  o’rtasida  taqsimlanadigan 

amaliyoti  yo’q.  Bunday  tartib  ko’p  jihatdan  turli  xil  bo’g’inlardagi  boshqaruv 

organlariga  yirik  fiskal  mustaqillik  va  o’zlariga  biriktirilgan  soliqlar,  ularning 

stavkasi va bazasi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatini beradi. 

AQShda  Kongress  Bosh  nazorat  boshqarmasi  va  Kongress  Byudjet  Boshqarmasi 

bevosita  Kongress  tarkibiga  kiradi,  Kongress  tasdiqlagan  byudjet  mablag’lari 

sarflanishini  nazorat  qiladi  va  Kongressga  uzluksiz  hisobot  beradi.  Germaniyada 

Byudjet  komissiyasi  byudjet  ijrosi  bo’yicha  hukumat  yig’ilishlarida  qatnashadi, 

joriy  nazoratni  olib  boradi,  jumladan  Moliya  vazirligining  byudjet  mablag’lari 

sarflanishi  to’g’risidagi  choraklik  hisobotini  tinglaydi  va  hukumat  uchun  kredit 

berish  masalalarni  hal  qiladi.  Fransiyada  Hisob  palatasi  har  yil  yakuni  bo’yicha 

byudjet  ijrosi  bo’yicha  hisobotni  tekshiradi  va  xulosani  Parlamentga  va 

Prezidentga topshiradi. Yaponiyada esa Hisob palatasi har yili Parlamentga byudjet 

ijrosi  to’g’risidagi  hisobot  beradi  va  bu  hisobot  Hukumatning  byudjet  ijrosi 

to’g’risidagi hisobotiga xulosa sifatida qabul qilinadi. 

 Jahon  tajribasining  ko’rsatishicha,  byudjet  federalizmi  nazariyasiga  ko’ra 

resurslarni  markazlashtirmaslik  usullari  hamda  o’z-o’zini  boshqaradigan  hududiy 

birliklar  miqyosini,  ularning  byudjetini  to’ldirish  va  xarajatlarini  moliyalashtirish 

mexanizmlarini  oqilona  tanlash  tamoyillariga  javob  beradigan  tendentsiyalar 

mavjud.  Byudjet  federalizmi  nazariyasi  iqtisodiy  samaradorlik  tamoyiliga  javob 

beradigan  byudjet  tuzilmalarining  o’zaro  munosabatlari  va  ta’sirini  ko’rsatadi. 

Quyidagi rasmda byudjet federalizmi modellari berilgan. 



12 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə