«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

 

   

 

 




23 

 

2-BOB. FRANSIYA DAVLAT BYUDJETI VA BYUDJET JARAYONI 



BOSQICHLARINI HOZIRGI HOLATINING TAHLILI 

 

2.1. Fransiya davlat byudjetini tayyorlashning ma’muriy bosqichlari 

 

Fransiyada  eng  samarali  va  mukammal  byudjet  tayyorlash  uchun  iqtisodiy 

ko’rsatkichlar  moliyaviy  holat  bilan  hisobga  olinadi.  Bu  o’z  navbatida 

demokratiya  talablariga  xizmat  qiladi.  Shu  maqsadda  Fransiya  Moliyaviy 

boshqaruvi  yangicha  tarzda  isloh  qilindi,  «Moliyaviy  Me’yorlar  Bosh  Qonuni» 

(MMBQ)  deb  nomlanuvchi,  byudjet  tuzilishi  va  boshqaruviga  oid  yangi 

me’yorlar  ishlab  chiqildi.  «Moliyaviy  Me’yorlar  Bosh  Qonuniga  ko’ra, 

«iqtisodiy  prognozlar»  iqtisodiy  faoliyatni  harakatga  keltiruvchi  muhim 

generator bo’lganligi uchun byudjet tayyorlanishida uning hisobga olinishi o’ta 

dolzarb  deb  belgilandi.  Iqtisodiy  prognozlar  iqtisodiyotning  turli  sohalarida 

joriy  va  keyingi  yillarda  erishilishi  mo’ljallangan  va  zarur  bo’lgan  natijalarni 

yoritib  beruvchi  bir  qancha  dasturlarni  o’z  ichiga  oladi.  Davlat  byudjetining 

bosh  maqsadi-  qisqa  muddatli  davlat  iqtisodiy  siyosatini  yoritib  berishdan 

iborat.  Uzoq  va  o’rta  muddatga  mo’ljallangan  rejalar  davlat  dasturidan  o’rin 

oladi.  Bu  prognozlar  «Iqtisodiyotni  ilmiy  o’rganish  va  milliy  statistika 

instituti»ning  amaliy  yordami  bilan  Prognozlar  boshqarmasi  tomonidan  ishlab 

chiqiladi.  Yil  mobaynida  moliyaviy  siyosat  va  iqtisodiy  siyosatning  yangi 

yo’nalishlari  va  o’z  garishlarini  aniqlash  va  byudjet  tayyorlanishini  ularga 

muvofiqlashtirish maqsadida bir necha marta qayta ko’rib chiqiladi.  

Davlat  byudjetining  asosi  hisoblanadigan  ushbu  prognozlarning  qanchalik 

haqiqatga  yaqinligi  iqtisodiy  ekspertlardan  tuzilgan  Milliy  iqtisodiy  qo’mita 

tomonidan  ko’rib  chiqiladi.  Shundan  so’ng  esa  moliyaviy  qonun  loyihasiga 

ilova qilinadigan «Ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy hisobot»ga qo’shib qo’yiladi. 

Ushbu  ma’lumotlar  ovoz  berish  jarayonida  Parlament  uchun  oddiy  axborot 

vositasini  bajarsada,  Hukumat  uchun  iqtisodiy  va  byudjet  siyosatining 

yo’nalishlarini  belgilashda  juda  muhim  hisoblanadigan  dastur  bo’lib  xizmat 




24 

 

qiladi.  Iqtisodiy  byudjetda  N-1  va  N  (o’tgan  va  joriy)  yillarga  tegishli  uch 



toifadagi ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Bular mamlakatdagi moddiy ne’matlar va 

xizmatlar  tengligidir,  ya’ni  talab  va  taklifning  yoki  resurslar va  iste’molning 

o’zgarishi demakdir. Uchinchi toifadagi ma’lumotlar turli iqtisodiy sohalardagi 

o’zgarishlar  va  moliyaviy  operatsiyalarni  o’z  ichiga  oladi.  Uchinchi  toifada 

malumotlar  esa  asosan  o’ta  muhim  iqtisodiy  muvozanatlarga  qaratilgan  bo’lib, 

bularga mamlakatdagi moliya va valyuta muvozanati, tashqi savdo aylanmasi va 

davlat moliyasiga oid axborotlar aks etadi.  

Davlat 


moliyaviy 

prognozlari 

Fransiyaning 

yangi 


«moliyaviy 

konstitutsiyasi» sifatida e’tirof etilayotgan «Moliyaviy Me’yorlar Bosh Qonuni» 

(MMBQ)  vositasida  jiddiy  o’zgartirildi.  MMBQ  ning  bosh  g’oyasi  -  bu 

(byudjetdan ajratilgan mablag’larni nazarda tutuvchi) « mablag’ » tushunchasini 

(eng  avvalo  erishilishi  zarur  bo’lgan  natijalarni  inobatga  olib  ish  ko’ruvchi 

xususiy  tashkilot  falsafasiga  o’xshab  ketadigan)  «natija»  tushunchasi  bilan 

bog’lashni nazarda tutadi.  

MMBQ nafaqat samaradorlikka asoslangan yangi turdagi byudjetni ishlab 

chiqishni  nazarda  tutadi,  balki  yangi  boshqaruv  shaklini  yo’lga  qo’yish  hamda 

yangicha hisob yuritish va hisobotlar tizimining yaratilishini ham belgilaydi. 

Shunday  qilib  MMBQ  davlat  va  jamiyat  boshqaruvida  chuqur  va  izchil 

islohotlar 

o’tkazish 

zaruratini 

keltirib 

chiqaradi. 

Mutaxasislarning 

ta’kidlashicha, MMBQning eng katta yutug’i.  

Jamiyat  boshqaruvining  o’zgartirilishi  va  byudjet  sohasnni  isloh 

qilinishidadir.  «Moliyaviy  Me’yorlar  Bosh  Qonuni,  qonun  chiqaruvchi  va  ijro 

etuvchi  hokimiyatlar  o’rtasidagi  kuchlar  nisbatining  muvozanatini  belgilab 

beradi.  Darhaqiqat,  Parlament  MMBQning  barcha  bosqichlarida,  hoh  byudjet 

tasnifini ishlab chiqishda bo’lsin, hoh erishilishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlar va 

natijalarning  belgilanishida  bo’lsin  Milliy  Assambleya  va  Senat  qoshidagi 

moliyaviy  komissiyalar  yordamida  faol  qatnashadi.  Bundan  tashqari, 

«Moliyaviy Me’yorlar Bosh Qonunining yana bir kuchli jihati uning demokratik 

ahamiyatida bo’lib, u xalqning davlat faoliyatiga bo’lgan ishonchini yuksaltirish 



25 

 

maqsadida  davlat  byudjetining  fuqarolar  uchun  ochiq  va  tushunarli  bo’lishini 



taminlaydi.  

Xulosa  qilib  aytganda,  byudjetga  nisbatan  bunday  yangicha  yondoshuv  bir 

vaqtning o’zida quyidagi ijobiy jihatlarga ega.  

 



davlat ma’muriy boshqaruv xodimlarining samaradorligini oshirish; 

 



Hukumat  va  Parlamentning  byudjet  jarayonlarida  o’rnini  muvozanatga 

keltirish; 

 

byudjetning  fuqarolarga  tushunarli  va  ochiq  bo’lishini  ta’minlash  orqali 



demokratiyani mustahkamlash.  

Byudjetni  prognozlashtirish  moliyaviy  byudjetning  ishlab  chiqilishining 

boshlanishi  ifodalaydi  hamda  daromad  va  xarajatlarning  baholanishini  o’z 

ichiga  oladi.  Daromadlarning  baholanishijuda  aniq  modellar  vositasida 

to’g’ridan- to’g’ri amalga oshirilib, bir vaqtning o’zida iqtisodiy faoliyatga ham, 

ko’zda  tutilayotgan  tadbirlarga  ham  ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan  ta’sirini 

aniqlashga imkon beradi.  

Xarajatlarning  baholanishini  muhim  rivojlangan  bosqichga  ko’tarish  nazarda 

tutilgan.  Odatda  kelgusi  yil  xarajatlari  o’tgan  (N-1)  yildagi  byudjet  ajratmalari 

va  kelgusi  yilda  ko’zda  tutilgan  yangi  tadbirlar  asosida  aniqlanadi.  Kelgusi  yil 

uchun  so’raladigan  byudjet  ajratmalarini  o’tgan  yilgi  xarajatlarga  tayanib 

aniqlanadigan  hamda  byudjet 

mablag’larining  harakatsizligini  keltirib 

chiqaradigan  ushbu  usul  qattiq  tanqid  qilindi.  Fransiya  tajribalari  shuni 

ko’rsatadiki,  byudjet  tashkiloti  rahbari  uchun  tashkilotdagi  mablag’ga  bo’lgan 

ehtiyojning 

kamayishini 

tan 


olish 

juda 


qiyin. 

«MoliyaviyMe’yorlarBoshQonuni»  o’tgan  yillarda  tasdiqlangan  xarajatlarga 

tayanib  ish  ko’rishni  bekor  qilish  bilan  birga  «so’nggi  evropacha 

byudjetlashtirish» 

tamoyiliga 

amal 


qiladigan 

«maqsadli 

dasturli 

byudjetlashtirish» tushunchasiga asoslangan tizimni o’rnatdi.  

MMBQning  asosiy  yangiligi  byudjet  ajratmalarini  yo’naltirilgan 

maqsadliligi bo’yicha guruhlovchi yangi byudjet tasnifini ishlab chiqilishidadir. 

Parlament  tomonidan  byudjetdan  ajratilgan  mablag’larning  barcha  miqdorini 



26 

 

«Missiya» vositasida nazorat qilinadi, «Dastur»ga mas’ul shaxsdan xarajatlarni 



«maqsadli  dasturli  byudjetlashtirish»nitalab  qilishga  imkon  yaratadi.  Demak, 

o’tgan  yilgi  ma’lumotlarga  tayanib  ish  ko’rish  metodi  yo’q  qilindi,  uning 

o’rniga  har  yili  ushbu  yil  uchun  ishlab  chiqilgan  dasturlar  talab  etadigan 

mablag’larni asoslab berish talab etiladi. MMBQ davlat byudjetini har bir soha 

bo’yicha olib borilayotgan davlat siyosatiga mos keluvchi birliklar va missiyalar 

bo’yicha  tuzish  va  ovozga  qo’yishni  talab  etadi.  Missiyama’lum  bir  davlat 

siyosati  bilan  belgilanadi.  Bu  Parlament  uchun  ovoz  birligi  hisoblanib,  byudjet 

siyosatini tanlashda muhim asos bo’lib xizmat qiladi.  

Har  bir  byudjet  missiyasi  bir  qancha  dasturlarni  o’z  ichiga 

oladi.DasturParlament  tomonidan  ruxsat  etilgan,  biror  vazirlik  tomonidan  olib 

borilayotgan davlat siyosatiga mos keluvchi maxsus byudjet birligidir. Dasturga 

mas’ul bo’lgan rahbar shaxs « dastur javobgari » deb ataladi. Har bir dastur bir 

qancha  aksiyalarga  bo’linadi.  Har  bir  vazir  har  bir  dastur  bo’yicha  aniq 

maqsadga mo’ljallangan xarajatlarni ishlab chiqishi va shuningdek, bu xarajatlar 

narx,  erishilishi  ko’zlangan  natijalar  va  ko’rsatkichlar  (indikatorlar)  tarzida 

yillik  samaradorlik  loyihasida  aks  ettirilishi  zarur.  Yillik  samaradorlik 

loyihasida byudjet loyihasida so’ralgan byudjet ajratmalarini  asoslashda hamda 

yillik  samaradorlik  hisoboti  deb  nomlanuvchi  byudjet  ijrosi  yuzasidan 

tayyorlanadigan  yillik  hisobotni  ishlab  chiqishda  muhim  manba  bo’lib  xizmat 

qiladi.  Yillik  samaradorlik  hisoboti  odatda,  kelgusi  yilMMBQning  ijro  etilishi 

oldidan, tugayotgan yil byudjeti ijrosining tahliliga bag’ishlangan To’g’rilovchi 

moliya qonuni loyihasiga ilova qilinadi. 

Byudjet  xarajatlari  davlat  dasturlarini  tavsiflash  bilan  birga  bajarilgan 

vazifalar, 

iste’molchilarga 

ko’rsatilgan 

xizmatlar 

hamda 


davlatning 

iqtisodiyotga aralashish siyosatining maqsadini aniqlaydi. Bu esa, har bir dastur 

tarkibidagi  xarajatlar,  byudjetdan  ajratilgan  mablag’larni  shu  dasturning 

maqsadiga  muvofiq  bo’lgan  ma’lum  toifalarga  guruhlashtirish  orqali 

tushuntiriladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə