«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

 

HUKUMAT 

Departament 

prefekti 

Region 


prefekti 

Prefekt Yordamchisi 

(su-prefekt) 

Prefekt Yordamchisi 

(su-prefekt) 



17 

 

ustidan nazoratni kuchaytirish imkonini beradi. Byudjetning g’azna ijrosidagi o’rni 



yangi  byudjet  tamoyillarining  uzviy  davomi  hisoblanadigan  byudjetni  tartibga 

soluvchi qonunga ovoz berishi bilan belgilanadi.



 

Hukumatga davlat siyosatining yo’nalishlarini aniqlash va uni yuritish bilan 

birga  moliyaviy  ajratmalar  miqdorini  o’zgartirish  huquqi  ham  beriladi,  lekin  bu 

hamisha  Parlament  nazorati  ostida  amalga  oshiriladi.  Fransiya  Moliya  vaziri  va 

uning  o’rnini  bir  vaqtning  o’zida  ham  davlat  boshqaruvida,  ham  ma’muriy 

boshqaruvda ko’rish mumkin.  

Moliya  vazirining  davlat  boshqaruvidagi  roli  ham  juda  muhim  hisoblanadi, 

quyidagi uchta yo’nalishning foaliyatini muvofiqlashtiradi.  

1.

 

Soliq boshqarmalari; 



2.

 

Iqtisodiyot boshqarmalari; 



3.

 

Iqtisodiy siyosat va G’aznachilik bosh boshqarmasi.  



Soliq  boshqarmalari  asosan  quyidagi  soliq-moliya  tashkilotlaridan  iborat: 

Bojxona  va  davlat  bojlari  bosh  boshqarmasi;  Soliq  bosh  boshqarmasi;  Davlat 

buxgalteriya hisobi bosh boshqarmasi.  

Iqtisodiyot  boshqarmalari  tarkibiga  ikki  turdagi  boshqarma  kiritiladi. 

Birinchisi, Raqobat boshkarmasi, Istemolchilar huquqini himoya qilish va soliqqa 

oid  jinoyatlarga  qarshi  kurash  bosh  boshqarmasidir.  Ikkinchisi  esa  o’z  navbatida 

bir  qancha  ilmiy  o’rganish  xarakteridagi  ichki  kismlarga  bo’linib  ketadi.  Bular 

quyidagilardan iborat : iqtisodiy hisob-kitob bilan shug’ullanadigan «Iqtisodiyotni 

ilmiy  o’rganish  va  milliy  statistika  Instituti»,  «Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  bosh 

boshqarmasi,  Sanoat,  energetika  va  Atom-yadro  stantsiyalarini  joylashtirish  va 

xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasi». 

 Iqtisodiy  siyosat  va  G’aznachilik  bosh  boshqarmasi  o’ziga  xos  alohida  o’ringa 

ega.  Chunki  u  davlat  sektori  va  iqtisodiyot  faoliyatni  tartibga  solib  turuvchi 

moliyaviy  tizim  yuzasidan  davlat  siyosatining  ustuvor  yo’nalishlarini  belgilashda 

asosiy  rol  o’ynaydi.  Bu  boshqarma,  xususan,  moliyaviy  va  iqtisodiy  o’zgarishlar 

yuzasidan  chuqur  tahlil  asosidagi  yaxlit  va  umumlashgan  tasavvur  beruvchi 

axborotlar bilan ta’minlab turadi. U ma’lum xodimlar soniga ega bo’lsada, hududiy 



18 

 

bo’linmalarga  ega  emas.O’z-o’zini  erkin  idora  etuvchi  rahbariyatlar tarkibiga o’z 



byudjetiga  ega  bo’lgan  hamda  byudjet  va  qonun  nazoratiga  bo’ysunadigan 

mahalliy  rahbariyatlar  kiradi  (Hududiy  jamoalar,  jamoa  tashkilotlari).  Davlat 

rahbariyati  yuritadigan  moliyaviy  faoliyat  davlat  moliya  siyosatiga  muvofiq 

ravishda amalga oshiriladi. Ushbu moliyaviy siyosat esa real moliyaviy faoliyatni 

ifodalaydigan  bir  qancha  davlat  moliyaviy  daromadlari  va  xarajatlari,  moliyaviy 

nomutanosiblik,  byudjet  taqchilligi  hamda  taqchilligini  boshqarish  kabi 

tushunchalarni o’zida qamraydi. 

Fransiya davlat moliyasini boshqarishda uch turdagi asosiy qonun-qoidalar va 

ularga tegishli bo’lgan tushunchalar mavjud. Bular quyidagilardan iborat:  

-

 



byudjet tuzilishiga tegishli byudjetga oid qonun-qoidalar;  

-

 



byudjet ijrosiga oid buxgalteriya va hisobot qonun-qoidalari;  

-

 



davlat byudjeti daromadlari va soliqlar yuzasidan fiskal qonun-qoidalar. 

«Byujet»  tushunchasi  davlat  va  jamoa  tashkilotlarining  daromad  va 

xarajatlari ko’zda tutilgan va ushbu daromad va xarajatlar ruxsat etilgan hujjat yoki 

hujjatlar  to’plami  sifatida  tushuntiriladi.  Byudjet  eng  avvalo  «hisobot » 

tushunchasidan  tubdan  farqlanadigan  «prognoz  aktidir».  Shuningdek,  byudjet, 

Kengash  rahbariyati  tomonidan  ijrochi  rahbariyatga,  ya’ni  siyosiy  rahbariyat 

tomonidan ma’muriyatga beriladigan «ruxsat»ni ham ifodalaydi. 

FransiyaMoliya qonunlari to’plami bir necha turdagi moliyaviy qonunlardan 

iborat.Fransiya  Bosh  moliya  qonuni  davlat  hayotining  eng  muhim  hujjati 

hisoblanadi, uning tayyorlanishi uchun bir yil kerak. Faqat mana shu hujjatdagina 

kelgusi  yil  uchun  har  bir  vazirlikka  tegishli  byudjet  ajratmalari  va  soliq 

qonunchiligidagi  muhim  yangi  o’zgartirishlar  aks  ettiriladi.  Tartibga  soluvchi 

moliya  qonunlari  yil  mobaynida  Fransiya  Bosh  moliya  qonunida  ko’zda  tutilgan 

ajratmalarga  o’zgartirishlar  kiritish  imkonini  beradi.  Bu  esa  hukumat  uchun, 

iqtisodiy-ijtimoiy,  siyosiy  shart-sharoit  va  boshqa  parametrlarni  hisobga  olib 

dastlabki  byudjet  ajratmalarini  o’zgartirish  va  tartibga  solib  turish  vositasi  bo’lib 

xizmat  qiladi.  Ushbu  qonunlar  va  ularda  ko’zda  tutilgan  ajratmalar  Parlament 

roziligi asosida bo’lishi shart. Shuningdek ushbu qonunlar, jiddiy siyosiy o’zgarish 




19 

 

yuz bergan hollarda Fransiya Bosh moliya qonuni o’rnida amal qilishi mumkin. 



To’g’rilovchi  qonun  maqsad  va  mazmun  jihatidan  Fransiya  Bosh  moliya 

qonuni  va  tartibga  soluvchi  moliya  qonunlaridan  farq  qiladi.  Unda  moliyaviy 

natijalar qayd etiladi va byudjet ijrosi bo’yicha hisobot tasdiqlanadi. To’g’rilovchi 

qonunning  ahamiyati  shundaki,  u  ma’lum  byudjet  yilidagi  haqiqiy  byudjet 

taqchilligini  o’zida  aks  ettiradi.  Chunki  ko’pincha  Bosh  moliya  qonunida  ko’zda 

tutilgan va ruxsat etilgan byudjet ajratmalari va to’g’rilovchi qonunda qayd etilgan 

natijalar  o’rtasidagi  tafovut  juda  sezilarli  bo’ladi.  Maxsus  moliya  qonunlari 

Fransiya  Bosh  moliya  qonunini  ishlab  chiqish  va  taqdim  etish  kechikkan 

hollardagina qabul qilinadi. Byudjet ajratmalari xarajat qilish uchun ruxsat etilgan 

miqdorni  belgilaydi  va  yuridik  tushuncha  hisoblandi.  Lekin  buni  moddiy 

tushuncha  hisoblanadigan  kassadagi  mablag’  tushunchasidan  farqlash  lozim. 

Chunki  byudjet  ajratmalari  etarli  miqdorda  mablag’  mavjud  bo’lmasada  ruxsat 

etilishi  yoki  etarli  mablag’  bo’lsa  ham  to’lovdan  rad  etilishi  mumkin.  Ushbu 

ajratmalar  aniq  bir  tashkilot  rahbariyatiga  aniq  bir  maqsad  yo’lida,  aniq  bir  davr 

mobaynida va aniq bir miqdorda sarflashi uchun ajratiladi.  

Fransiyabyudjet  tizimini  boshqarishda  belgilangan  tamoyillarga  rioya  qilish 

talab etiladi. 

Byudjetning  bir  yillik  tamoyili  faqatgina  bir  yil  mobaynida  byudjet  ishlab 

chiqishni  va  ijro  etishni  talab  etadi.  Fransiyadabir  byudjet  yili  bir  kalendar  yili 

bilan mos tushadi. O’z- o’zidan ravshanki, ushbu tamoyil, eng avvalo ma’lum bir 

siyosiy  asoslarga  ega  bo’lib,  byudjet  rahbariyati  tomonidan  davlat  mablag’larini 

yanada  yaxshiroq  boshqarilishiga  imkon  beradi.  Undan  so’ng  esa  tartibga  solish, 

solishtirib  tekshirish  zarurati  va  boshqa  shu  kabi  amaliy  sabablarga  ham  ega, 

ko’zda tutilgan byudjet ajratmasining yil oxirida ortib qolgan qismi bekor qilinadi. 

Faqatgina  uchta  asosiy  sababga  ko’ra  bir  yillik  byudjetni  o’zgartirishga  yo’l 

qo’yiladi.  Bular ba’zi operatsiyalarning uzoqqa  cho’zilishi,  byudjetlar ko’lami  va 

murakkabligi sababli hamda byudjet ajratmalarining noqonuniy ishlatilishini oldini 

olish maqsadida egiluvchan boshqaruvga ruxsat berish zaruratidir. Bularni amalga 

oshirishning  bir  qancha  yo’llari  mavjud.  Birinchidan,  hukumatning  siyosiy 



20 

 

dasturiga  muvofiq  bir  yillik  yoki  uch  yillik  byudjet  qabul  qilish.  Ushbi  uslub 



Fransiyada  qo’llaniladi.  Ikkinchidan,  ko’p  yillik  byudjet  ajratmalari  usulini 

qo’llash.  Ushbu  usul  Fransiyada  qo’llaniladigan  asosiy  usul  bo’lib,  amalda 

«Qo’shma  byudjet  ajratmalari»  deb  ataladi.  Qo’shma  byudjet  ajratmalari  byudjet 

ajratmalari  va  byudjet  to’lovi  kabi  ikki  tushunchani  o’zida  qamraydi.  Byudjet 

ajratmalari  har  yili  byudjetda  ko’zda  tutiladigan  ya’ni  xarajat  qilishga  ruxsat 

etilgan  mablag’  miqdorini  bildirib  zarurat  tug’ilganda  bir  yildan  ikkinchi  yilga 

o’tkazilishi  mumkin.  Byudjet  to’lovi  esa  faqatgina  bir  yil  mobaynida  to’lanishi 

ko’zda  tutilgan  mablag’  miqdorini  anglatadi.  Uchinchidan,  global  rejalashtirishni 

nazarda  tutuvchi  yoki  davlat  sektori  bo’yicha  dasturlar  ishlab  chiqish  orqali  ko’p 

yillik asosda bir yillik byudjet qabul qilish. 

 Byudjetning  ixtisoslashganlik  tamoyili  ikki  holatni  nazarda  tutadi:  xuquqiy 

jihatdan  ixtisoslashganlik  hamda  buxgalteriya  nuqtai-nazaridan  ixtisoslashganlik. 

Buxgalteriya  nuqtai-nazaridan  ixtisos-lashganlik  shuni  anglatadiki,  har  bir 

so’ralgan  byudjet  ajratmalari  va  xarajat  qilinishi  ko’zda  tutilgan  ish-faoliyat  eng 

mayda  detallarigacha  aniq  qilib  ko’rsatilgan  bo’lishi  kerak.  Ya’ni  bu  tamoyil 

xarajatlarning  turi  va  dastur  jihatidan  etarli  darajada  aniqlashtirilgan  bo’lishini 

talab  etadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  tamoyil  xarajatlarning  manzillik 

yo’nalishi 

bo’yicha 

ixtisoslashuvidir.Xuquqiy 

jihatdan 

ixtisoslashganlik 

tushunchasi  har  bir  xarajat  turi  tarkibini,  uni  olgan  byudjet  tashkiloti  tomonidan 

byudjet  rahbariyati  ruxsatisiz  o’zgartirilishiga  yo’l  qo’yilmasligini  nazarda  tutadi 

va  har  bir  xarajat  turi  turli  mayda  qismlarga  bo’lib  aniqlashtirilishi  shartini 

qo’yadi.Byudjet  birligi  tamoyili  byudjetning  yagona  hujjat  ko’rinishiga  ega 

bo’lishini  talab  etadi.  Lekin  zamonaviy  byudjetning  juda  keng  ko’lamliligi  va 

murakkabligi  Fransiya  moliyaviy  ma’muriyati  oldiga  bitta  bosh  byudjet  hamda 

unga  ilova  qilinadigan  bir  qancha  ixtisoslashgan  byudjetlar  ishlab  chiqish 

majburiyatini  qo’ymoqda.  Ushbu  ilova  qilingan  byudjetlar  rivojlanishga  oid 

hujjatlarni o’zida jamlagan holda ishlab chiqiladi.  

Byudjetning umumiylik tamoyili ma’lum bir aniq daromad turini ma’lum bir 

aniq xarajat turining manbasi sifatida ko’rsatilishini taqiqlaydi. Ya’ni byudjetning 



21 

 

barcha  daromadlari  yagona  hisobraqamiga  kelib  tushishini  va  xarajatlarning 



taqsimlanishini,  byudjetni  mablag’  bilan  ta’minlab  turgan  daromadlar  manbasini 

hisobga olgan holda amalga oshirilishini talab etadi.  

Haqqoniylik  va  xolislik  tamoyili  tushunchasi  byudjet  parametrlarining 

haqqoniyligi hamda byudjetni baholashdagi xolislikni o’zida ifodalaydi. Byudjetni 

baholashdagi  xolislik  byudjet  daromad  va  xarajatlarini  to’g’ri  baholashni  talab 

etadi.  Byudjet  prognoz  hujjati  bo’lgani  uchun  haqqoniylik  tushunchasi  ushbu 

xolatda  nisbiy  ko’rinish  kasb  etadi.  Byudjet  perimetrlarining  haqqoniyligi  esa 

byudjetda  undan  manfaatdor  tashkilotlar  faoliyatining  barcha  jihatlari  ko’zda 

tutilgan  bo’lish  shartini  qo’yadi.  Bundan  tashqari  Fransiya  o’ziga  xos  ma’muriy, 

siyosiy  va  tashkiliy  tuzilishga  ega  bo’lib,  davlat  moliya  tizimi  ham  shunga  mos 

ravishda tashkil etilgan. Demak, moliya tizimi va byudjet tizimini chuqur o’rganish 

uchun davlat tuzilishini ham bilish talab etiladi. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə