«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

 

Birinchi bob bo’yicha xulosa 

Fransiyadavlat  moliyasini  boshqarishda  Parlamentning  o’rnivaahamiyatini  uchta 

asosiy yo’nalishida ko’rish mumkin. 

 



soliq siyosatiga rozilik berishda; 

 



yangi byudjet tamoyillariga rioya qilishda; 

 



davlat byudjetning g’azna ijrosida. 

Fransiya Moliya vazirining ma’muriy boshqaruvdagi o’rnini ikki ko’rinishda 

guruhlash  mumkin.  Birinchidan,  Moliya  vazirining  byudjet  tizimidagi  katta 

ahamiyatga  ega  bo’lib,  Byudjet  boshqarmasi  vositasida  moliya  qonuni  loyihasini 

tayyorlash  va  byudjet  ajratmalarini  to’g’ri  taqsimlashni  ta’minlaydi.  Ikkinchidan, 

Hisob  palatasi  va  uning  hududiy  bo’linmalari  bilan  birgalikda  davlat  moliyaviy 

nazoratini ta’minlovchi bosh bo’g’in hisoblanadi. 

Fransiya  moliya  tizimida  ikki  darajadagi  byudjet  mavjud  bo’lib,  davlat 

byudjeti va mahalliy byudjetlardir. Mahalliy byudjet turli darajadagi jamoalarning 

byudjetlarini  ifodalab  unda  mahalliy  daromad  va  xarajatlar  aks  ettiriladi.  Davlat 

byudjeti  davlat  soliqlari,  turli  yig’imlar  hamda  qarzlar  orqali  moliyalashtiriladi, 



22 

 

Fransiya byudjeti hududiy jamoalarga dotatsiya va subventsiyalar uchun ajratmalar 



va  boshqa  turli  xarajatlarni  ko’zda  tutadi.  Davlat  byudjeti  bir  qancha  qismlarga 

bo’lingan bo’lib,  bular  bosh  byudjet  hamda  bir  guruh  maxsus  hisobraqamlar  va 

qo’shimcha byudjetlardir. Ushbu maxsus hisobraqamlar va qo’shimcha byudjetlar 

bosh  byudjetdan  farqlanadi.  Birnecha  yilni  nazarda  tutadigan  yoxud,  uzluksiz 

ravishdagi  aniq  bir  turga  mansub  daromad  va  xarajatlarni  o’zida  aks  ettiruvchi 

davlat byudjetining ma’lum qismlaridir. Har bir maxsus hisobraqam va qo’shimcha 

byudjetlarning  daromadlar  va  xarajatlari  o’rtasidagi  farq  orqali  byudjet  qoldig’i 

(saldo)  hisoblanadi.  Ayni  vaqtda  ushbu  qoldiqlar  umumiy  davlat  byudjeti 

qoldig’ining tarkibiy qismlari hisoblanadi. 

Fransiyabyudjet tizimini boshqarishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish talab 

etiladi: 

1.

 



Byudjetning bir yillik va ko’p yillik tamoyili. 

2.

 



Byudjetningixtisoslashganlik yoki aniqlik tamoyili. 

3.

 



Byudjet birligi tamoyili. 

4.

 



Byudjetningumumiylik tamoyili. 

5.

 



Byudjetning haqqoniylik (xolislik) tamoyili. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə